Toshkent moliya instituti amanov a. M


Hozirgi sharoitda jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibini takomillashtirish masalalari



Download 2,75 Mb.
bet22/25
Sana27.03.2022
Hajmi2,75 Mb.
#512560
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
2 5323626712309699883

4. Hozirgi sharoitda jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibini takomillashtirish masalalari
Respublikamizda soliqlar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo‘lib xizmat qilar ekan, kelgusi davrda davlat oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishi uchun zarur mablag‘lar istiqbolini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ayniqsa, byudjet daromadlarida salmoqli o‘rin egallab turgan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha istiqbolga mo‘ljallangan prognozlarning ishlab chiqilishi, nafaqat byudjet daromadlari nuqtai nazaridan zarur, balki kelgusida aholi turmush darajasining oshirilishi jihatidan ham muhimdir. Biroq, soliq-byudjet amaliyotining bahs-munozarali masalalaridan biri, hozirgi kunda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini zarur mablag‘lar bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib, u hududlar soliq tushumlari istiqbolini hisoblash zarurligini, davlatning hududiy rivojlanish dasturlari vazifalarini o‘zaro muvofiqlashtirishni hamda davlat moliyasini uzoq muddatli prognozlash zaruriyatini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solishning hozirgi zamon amaliyoti aynan iqtisodiyotning barcha jabhalarida istiqbolga mo‘ljallangan prognozlashni kompleks tarzda amalga oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlamoqda.
Shuningdek, jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda quyidagi imtiyozli variantlarni belgilash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
-mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni soliqqa tortishda plastik kartochlarga yo‘naltirilgan summalarga rag‘batlantiruvchi omilni kiritish lozim.

  • ipoteka kreditiga ega bo‘lgan, to‘lov kontrakt asosida farzandalarini o‘qitayotgan ota-onalar daromad solig‘i hisob-kitoblarida imtiyozlarga ega hisoblanadilar. Ushbu tartibni oqilona belgilangan deyish mumkin. Lekin uning qatoriga aholining shaxsiy jamg‘armaga yo‘naltirgan mablag‘larini, kommunal to‘lovlarga yo‘naltirgan qismini ham kiritish lozim.

  • deklaratsiyalash tizimiga bosqichma bosqich o‘tish, shuningdek minimal ish haqini yil oralig‘idagi o‘zgarishlarini soliq hisob-kitoblariga ta’sir etmaganligi sababli daromad solig‘i hisob-kitoblarini osonlashtirish maqsadida daromadlarni jamlash tartibidan voz kechish lozim.

Ish haqidan ajratmalar, ushlanmalar qatorida bir manzilli to‘lovlarni umumlashtirish va bitta to‘lovda shakllantirish lozim. Amaldagi tartib bo‘yicha (2014-yil byudjet parametrlari bo‘yicha) ularning quyidagi tarkiblari belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy to‘lov (24,8 foiz ), pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badali (6,5 foiz), shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti (1 foiz), soliqqa tortish obyektlaridan pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar (1,6 foiz). Ya’ni bir manzillli 4 ta to‘lov joriy etilgan.
To‘lovlarni plastik kartochkalar asosidagi aylanmalar xajmiga yagona soliq to‘lovchilar 5 foizlik imtiyozga ega hisoblanadi. Ya’ni to‘lovlar xajmi umumiy belgilovdan 5 foizga kam to‘lanadi. Bu bilan savdo aylanmasida plastik kartochkalar aylanmasiga rag‘batlantiruvchi omil belgilangan. Lekin bank tashkilotlari uchun naqd pul tushumi doimo muammoli masala hisoblanadi. Bunday imkoniyatni esa unga xizmat ko‘rsatuvchi bank turli imtiyozlar yaratish orqali o‘zi rag‘batlantirib boradi. Shu sababli bu tartib imtiyozlarni qonuniy jihatdan bir hilda hal etish lozim. Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalar orqali aylanmalari summasiga turli bonuslarni joriy etish lozim. Ya’ni imtiyozdan birinchi navbatda uning shaxsiy egasi foydalanmog‘i lozim.
Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti yo‘naltirilgan bir foizli ushlanma xodimning daromad solig‘iga yo‘naltirilgan mablag‘i hisobidan qoplanishi sababli ishchi-xizmatchining qo‘liga oladigan qismiga ta’sir etmagandek ko‘rinadi. Majburiy ajratmaning bu shakli davlat g‘aznasiga kelajakda olinishi kafolatlangan kechiktirilgan majburiyat xalos. Ushbu tartibni amalda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotining ixtiyoriylik mezonlariga o‘tish va bu kabi to‘lovlarni soliqlar to‘lovidan to‘la ozod etish orqali rag‘batlantirish lozim. Ya’na bir muhim jihat nafaqa ta’minotini shakllantirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘yagona ijtimoiy to‘lovlardan ozod qilinmog‘i lozim. Bu tartib ham ish beruvchini ham hodimni qonoatlantiradigan holat. Bu jihat ishlab chiqarish xarajatlariga ham ma’lum ma’noda sezilarli ta’sir etadi. Albatta, tadbirkorlar sinfi paydo bo‘lgach, ularning safi tobora kengayib, daromadlari oshib boradi. Bu, jismoniy shaxslarning ushbu qatlamidan o‘z-o‘zidan daromad solig‘i tushumi ko‘payib qoladi degani emas. Bu erda yana bir omil – bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan, jismoniy shaxslar ishlab topgan daromadlarining manbaidan qat’iy nazar, progressiv va adolatli tarzda soliqqa tortilishini ta’minlashi kerak bo‘lgan bir omil mavjudki, u soliqqa tortishning mexanizmi bo‘lib, o‘z ichiga jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda huquqiy va uslubiy asoslarni qamrab oladi. Ma’lumki, davlatimizning xazinasini moliyaviy resurslar bilan to‘ldiruvchi asosiy manba soliq bo‘lganligi sababli, u jamiyatimiz oldida turgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy va boshqa ko‘pgina vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda pul mablag‘i bilan ta’minlanishi lozim. Milliy daromadning ma’lum bir bo‘lagini xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha qayta taqsimlashda, shuningdek, maorif, madaniyat, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, sport va ijtimoiy ta’minot masalalarini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy soha, kam ta’minlangan fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishda soliq tizimi muhim o‘rin tutadi.
Bilamizki, mamlakatimiz byudjetining xarajatlarida maorif sohasining ulushi yuqori, undan keyingi o‘rinlarda esa sog‘liqni saqlash va kam ta’minlangan aholi qatlamiga nafaqa va moddiy yordam ko‘rsatish masalalari turadi.
Bulardan ko‘zlangan asosiy maqsad, aholi turmush darajasini yanada oshirish, mehnatkashlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ta’lim va tibbiyot sohalarida byudjet tashkilotlaridagi xizmatchilarning ish haqi, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalarning infliyatsiya sur’atidan yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash, shu bilan birga aholi daromadlarini oshirish va turmush farovonligini yaxshilashdan iborat.
Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda va muhim tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida soliq tizimi rag‘batlantiruvchilik vazifasini bajaradi. Ushbu masalalarni hal qilishda soliq tizimi bo‘yicha islohotlar o‘tkazish zaruriyatini taqozo qilmoqda. Soliq tizimini yanada takomillashtirishda bosh tamoyil – turli mulkchilikka asoslangan korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish muhim o‘rin egallaydi.
Bizga ma’lumki, soliq yukining kattagina qismini soliqlar va ish haqi fondidan ajratmalar tashkil etadi. Bu esa tadbirkorlarni o‘z aylanmasining bir qismini yashirishga undaydi. Foyda solig‘ini yuqori darajada bo‘lishi esa korxona mablag‘larini ishlab chiqarishni rivojlantirishga, uni zamonaviy texnikalar bilan qayta jihozlashga va aylanma mablag‘larni to‘ldirishga sarflash imkoniyati pasayishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish hajmining pasayishiga va qisqarishiga, ishsizlik darajasining o‘sishi va aholi real daromadlarining cheklanishga, davlat byudjeti taqchilligining oshishiga olib kelishi mumkin.
Soliqlar bu nafaqat byudjet tushumining asosiy manbai, balki u bozor iqtisodiyoti tarkibining ham asosiy omili hisoblanadi. Faqat mukammal soliq tizimigina ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati, davlat byudjetini zarur miqdordagi moliyaviy resurslar bilan ta’minlash hamda uning samaradorligi oshishi mumkin bo‘lgan mablag‘larni shakllantira oladi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlarining etakchi o‘rin egallashi bir qator omillarga bog‘liqdir:

  • birinchidan, bu soliq shaxsiy daromadlardan olinadigan soliq bo‘lib, mazkur iqtisodiy sharoitda olinishi mumkin bo‘lgan taxminiy, o‘rtacha daromaddan undiriladigan soliq emas (yerga, mol-mulkka va shu kabilarga solinadigan soliqlar o‘rtacha daromad asosida belgilanadi);

  • ikkinchidan, daromad solig‘i soliqqa tortishning asosiy tamoyillarini maksimal darajada amalga oshirish imkonini beradi;

  • uchinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarning byudjet resurslarida daromad solig‘i ulushining ortishi, aholi daromadlarining, ya’ni soliqqa tortiladigan daromadning oshishiga bog‘liq bo‘ladi.

Yuqorida bayon qilinganlar bilan birga, jamiyat taraqqiyotida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqlarining muhim o‘rni borligini ham tasdiqlagan holda, shuni alohida ta’kidlash zarurki, soliqqa tortishning usullari va mexanizmlari takomillashib, daromadlar miqdori ko‘payib borgani sari, umumiy soliq yukida to‘g‘ri soliqlarning salmog‘i oshib boradi. Hozirgi kunda iqtisodiyotning samarali rivojlanishida jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning salmog‘ini oshirish uchun yangi ish o‘rinlari yaratilishi, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga keng yo‘l ochib berilishi va boshqa daromad olish manbalarining ko‘payishiga imkoniyatlar yaratilmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida respublikamizda fuqarolarning byudjet bilan munosabatlarini o‘rnatishda va fuqarolardan soliq undirishda, soliq to‘lovchi subyektlarning to‘g‘ri va aniq hisobining yuritilishi va hisobot ishlarining takomillashtirilishi soliq tushumlarining istiqbolini belgilovchi bosh omil bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, hozirgi kundagi qonunchilik jismoniy shaxslarning faqat soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan daromadlaridan to‘g‘ri va o‘z vaqtida ushlab qolinganligini nazorat qilish imkonini bermoqda. Biroq, jismoniy shaxslarning jami daromadlari hisobini yuritish zaruriyati, bugungi kunga kelib eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Soliq tushumlarining istiqboli soliq subyektlari va obyektlarini sifatli va to‘liq hisobga olinishi bilan chambarchas bog‘liqligini nazarda tutgan holda, bizning respublikamizda ham soliq obyektlarini hisobga olishdagi muammolarni nazariy jihatdan o‘rganilib borilmoqda.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish