Toshkent moliya instituti amanov a. M


Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibining tahlili



Download 2,75 Mb.
bet21/25
Sana27.03.2022
Hajmi2,75 Mb.
#512560
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
2 5323626712309699883

3. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibining tahlili
Ma’lumki, soliq qonunchiligida soliqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchilar ikkiga bo‘lingan, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarga. Jismoniy shaxslarga – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga bo‘linadi.
Amaldagi Soliq kodeksining 19-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O‘zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning quyidagilar sifatida turgan davri uning O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda turgan vaqtiga kiritilmaydi:

  • diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo‘lgan shaxs sifatida;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomaga ko‘ra tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida;

  • diplomatik yoki konsullik maqomiga ega bo‘lgan shaxslarning oila a’zosi sifatida, bunday jismoniy shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirmagan taqdirda;

  • faqat bir chet davlatdan boshqa chet davlatga O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘tish (tranzit o‘tish) uchun;

  • agar bu jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasida faqat turist sifatida, davolanish yoki dam olish maqsadlari bilan turgan bo‘lsa.

Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida byudjet tushumlaridan salmoqli o‘rinni egallaydigan soliq bu – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idir. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1991-yilning mart oyidan boshlab
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida”gi Qonuni asosida joriy etilgan.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbalaridan biri bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, soliq jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Bugungi kunda jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar va yig‘imlar davlat byudjeti daromadlarining qariyib 15-20 foizini tashkil etmoqda.
Soliq kodeksining 167-modasiga ko‘ra moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning – O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga Soliq kodeksining 182-moddasida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda va stavkalar bo‘yicha soliq solinadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish obyekti hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;

  • O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish obyekti bo‘lmaydi.
Soliq kodeksining 170-modasiga muvofiq soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.
Agar soliq to‘lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko‘ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ko‘pgina mamlakatlardagi singari O‘zbekistonda ham progressiv soliq hisoblanadi. Ushbu soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlar va boshqa daromadlariga solinadigan tabaqalashgan progressiv soliq stavkalari;
-jismoniy shaxslarning dividend va foiz tariqasida oladigan daromadlariga
soliq stavkasi;
-norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov manbaida solinadigan soliq stavkalari;
Soliq qonunchiligiga binoan 1998 yildan respublikamizda jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlaridan soliq stavkasi 15,
25, 35, 40, 45 foiz, ya’ni 5 pog‘onali qilib belgilandi. 2000-yildan boshlab 4 pog‘onali, ya’ni 15, 25, 36, 40 foiz, 2001-yildan esa 3 pog‘analiga o‘tildi, uning stavkasi 12, 25, 30 foizni, 2002-yildan 13, 23, 33 foiz qilib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-
5468-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 2019-yil 1-yanarda yagona 12 foiz miqdorida belgilanishi nazarda tutildi va buning natijasida daromad solig‘ining stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasida aniq belgilab qo‘yildi.

1-rasm. Daromad soligʻi stavkalarining yillar boʻyicha tahlili1


Yuqoridagi 1-rasm ma`lumotlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 1991-yil joriy etilgan boʻlib, to 2014-yilgacha biz Yevropa andozasi asosida stavkalarni joriy etdik, lekin bizning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolimiz bunga tayyor emasligi tufayli toʻrt pogʻonali soliq solish tizimi yo‘liga oʻta boshladik, chunki biz fuqarolar orasida tengsizlik va tabaqalanishni oldini olish maqsadida 2001-yildan to 2006-yilgacha 2-3-pogʻonadagi stavkalarni 18 va 25 foizgacha tushirildi, keyin 2008-yildan to 2012-yilgacha bu stavkalar koʻrsatkichi 16 va 22 foizgacha tushirildi, quyi stavka esa 7,5 foizgacha tushirildi. 2014-yilga kelib mamlakatimizning quyi ijtimoiy qatlamlari holatini yaxshilash maqsadida aholi daromadining 1 barobari miqdori daromad soligʻidan ozod etildi. Ushbu soliqning eng yuqori stavkasi 2018-yil 22,5%, vaholanki 1998-yil ushbu soliqning eng yuqori stavkasi 45% yani ikki barobar yuqori qilib belgilangan edi. Hozirgi kunda jismoniy shaxslar daromadini oshirish maqsadida ushbu soliq yagona 12 foiz etib belgilandi.
Jismoniy shaxsning – O‘zbekiston Respublikasi norezidentining O‘zbekiston Respublikasidagi daromadlar manbaidan olingan, daromadlariga manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:

  • dividend va foizlarga – 10 foiz;

  • xalqaro tashishlarda transport xizmatlari ko‘rsatishdan olinadigan daromadlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) – 6 foiz;

  • mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar – 20 foiz.

O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 54-bobida soliq bo‘yicha imtiyozlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:

  • jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari (378-modda);

  • jismoniy shaxslarni soliq solishdan to‘liq ozod qilish (379-modda);  Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarning jami daromadini kamaytirish, yani solq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod qilish (380-modda).

Imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar kalendar yili davomida vujudga kelgan taqdirda, imtiyozlarga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo‘llaniladi. Agar jismoniy shaxs bir nechta asos bo‘yicha imtiyoz olish huquqqa ega bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta imtiyoz beriladi.
Imtiyozni qo‘llash jismoniy shaxsning asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi bo‘lmagan taqdirda – yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. Imtiyozga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda, jismoniy shaxs imtiyoz yo‘qotilgan paytdan e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak. Imtiyozlar jismoniy shaxslarning foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyi bo‘yicha hisoblansa, imtiyozni qo‘llash asosiy ish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi, agar foizlar va dividendlar asosiy bo‘lmagan ish joyi bo‘yicha hisoblansa, imtiyoz jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan qo‘llaniladi. Shunga o‘xshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining hisoblab chiqarilgan summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
Jismoniy shaxsning asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan sovg‘a, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya topshirganda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda, jismoniy shaxs joriy yilda o‘ziga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyidagi buxgalteriyaga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, o‘qish) joyidan ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, soliq soliq Kodeksi 378-moddasi 1-bandining uchinchi xatboshisida va 380-moddada nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilmagan holda ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilgan taqdirda, soliq summasi ilgarigi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan buyon ilgarigi va yangi ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilingandan keyin xodimga ilgarigi ish joyidan to‘lov amalga oshirilganda, bunday to‘lovlar ushbu Kodeks 378-moddasi 1bandining uchinchi xatboshisida va 380-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qo‘llanilmagan holda soliqqa tortiladi.
Jismoniy shaxslarning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan soliqning yakuniy summasi jami yillik daromad to‘g‘risida taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari bo‘yicha soliq organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
Soliq agentlari o‘zlarining soliq bo‘yicha hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:

  1. soliq davri tugaganidan keyin o‘ttiz kun ichida – soliq organlariga to‘lov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi ma’lumotnomani;

  2. har oyda, hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa – yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida hisoblangan va haqiqatda to‘langan daromadlar summalari hamda ushlab qolingan soliqning summalari to‘g‘risidagi –O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi ma’lumotlarni. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar yil yakunlari bo‘yicha hisoblangan va amalda to‘langan daromadlarning summalari hamda ushlab qolingan, soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bo‘lgan, xodimlari 25 nafardan ortiq bo‘lgan alohida bo‘linmalarga va (yoki) filiallarga ega soliq agentlari, bundan yirik soliq to‘lovchilar mustasno, ushbu alohida bo‘linmalar va (yoki) filiallar xodimlariga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq hisobotini – alohida bo‘linmalar va (yoki) filiallar hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan soliq agentlari, agar soliq Kodeksining 57bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘zlarining yollanma xodimlariga oid soliq Kodeksining 389-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq hisobotini o‘zi soliq bo‘yicha hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
To‘lov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq to‘lovchiga daromadlarni to‘lash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan to‘lanadi.
Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida to‘lanadi.
Agar soliq Kodeksining 57- bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchining daromadidan ortiqcha ushlangan soliq summasi soliq to‘lovchining yozma arizasiga asosan qaytarilishi lozim.
Soliq agenti tomonidan bir soliq davri ichida ortiqcha ushlangan soliq summasi qaytariladi.
Soliq to‘lovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish daromadlaridan bunday soliq agenti tomonidan ushlab qolinadigan soliq to‘lovchi bo‘yicha ham, boshqa soliq to‘lovchilar bo‘yicha ham kelgusi to‘lovlar hisobidan byudjet tizimiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ushbu soliq summasi hisobidan, soliq agenti soliq to‘lovchining tegishli arizasini olgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchining arizasida ko‘rsatilgan bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Soliq agenti bo‘lmaganda yoxud soliq Kodeksining 391-moddasining beshinchi bandning ikkinchi qismida belgilangan soliq davri tugaganda, soliq to‘lovchi soliq davrining yakuniga ko‘ra soliq deklaratsiyasini bir vaqtning o‘zida taqdim etgan holda, ilgari soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlangan va byudjet tizimiga o‘tkazilgan soliq summasini qaytarish to‘g‘risida soliq organiga ariza berishga haqli.
Soliq davrida O‘zbekiston Respublikasining rezidenti maqomini olgan soliq to‘lovchi ushbu soliq davrida norezident maqomida to‘lagan soliq summasini qayta hisob-kitob qilishga va qaytarib olishga haqli. Soliq summasini soliq to‘lovchiga qaytarish soliq to‘lovchi soliq Kodeksining 397-moddasida belgilangan tartibda ko‘rsatilgan soliq davri yakuniga ko‘ra soliq deklaratsiyasini taqdim etgan taqdirda yashash joyi (turgan joyi) bo‘yicha hisobga qo‘yilgan soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu deklaratsiyaga mazkur soliq davrida O‘zbekiston Respublikasining rezidenti maqomini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinishi kerak.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish