25-jadval
Uzluksiz ishlovchi apparatlarni ko‘rsatkichlari
Uskunani
nomi
Unumdorligi,
t/soat
Bug‘ sarfi kg/t Elektroenergiy
a sarfi kVtch/t
Egallagan, m
2
TNB-2
7-10
190
7
90
BShM
7-10
180
4
85
DON
7-10
160
3
70
TNB-2 apparati barqaror texnologik ko‘rsatkichlari bilan boshqa apparatlardan
ajrab turadi.
Xo‘jalik sovuni asosini uzluksiz usul bilan tayyorlash (53-rasm). Xo‘jalik
sovuni asosini uzluksiz usul bilan tayyorlash pishirish jarayoni davomiyligini 10
martagacha, bug‘ sarfini, ishlab chiqarish maydonini qisqartiradi. TNB-2 apparatida
sovun asosini tayyorlash quyidagicha amalga oshiriladi.
163
53 – rasm. Xo‘jalik sovuni asosini uzluksiz usulda TNB-2 apparatida
tayyorlash sxemasi
Yog‘li aralashma galma-gal ishlayotgan (2,3) kompozitsion idishdan (1)
me’yorlovchi nasos orqali (7) quvurli issiqlik almashtirgichga yuboriladi. Bu yerda
104-115
0
C gacha isitilib, so‘ngra (11) TNB-2 apparatining aralashtirgichiga kelib
tushadi. Bu yerga (1) nasos yordamida (4) idishdan (6) isitgichda 95
0
C gacha
qizdirilgan, 27-30 % li Na
2
CO
3
eritmasi ham kelib tushadi.
Aralashtirgichda yog‘li aralashmaning karbonatli sovunlanishi sodir bo‘ladi.
Karbonatli sovunlash TNB-2 apparatning birinchi barabanida tugallanadi. Karbonatli
massa aralashtirgich bilan aralashib o‘tkir bug‘ bilan puflanadi. Bunda CO
2
intensiv
ajralib chiqadi va birinchi barabanning gaz yig‘gichidan (10) ko‘pik ushlagich orqali
(9) sovutgichga yuboriladi. So‘ngra karbon kislota sexiga tozalash va gazni
kompresslash uchun yuboriladi.
Karbonatli
massa
ikkinchi
barabanga
kelib
tushadi.
Bu
yerda
aralashtirilayotganda va o‘tkir bug‘ berilayotganda CO
2
to‘liq ajraladi. CO
2
ikkinchi
barabanning (2) gaz yig‘gichidan (10) ko‘pik ushlagich orqali (9) sovutgichga
yuboriladi.
164
Ikkinchi barabandan karbonatli massa tik quvur orqali uchinchi pastki
sovunlash barabaniga kelib tushadi. Bu yerda 39-42%-li NaOH eritmasi bilan
sug‘oriladi. Buning uchun (5) natriy gidroksid eritmasi idishdan (1) nasos yordamida
(8) isitgichda 90-95
0
gacha qizdirilib, apparatga yuboriladi.
Uchinchi barabanda aralashtirilayotganda karbonatli massa tugal sovunlanadi
va hosil bo‘lgan sovun massasi to‘rtinchi barabanga oqib tushadi va u yerda yana
aralashtirilib o‘tkir bug‘ bilan puflanishi mumkin.
Soapstok yadrosi mavjud bo‘lsa, u (2) sig‘imdan (1) nasos-dozator yordamida
uchinchi yoki to‘rtinchi barabanga berilishi mumkin.
Sovun yelimi to‘rtinchi barabandan gidrozatvor orqali (12) to‘g‘rilash qozoniga
okib tushadi. Qozonda sovun sifati NaOH yoki yog‘ kislotalarni qo‘shib bug‘ bilan
isitish va aralashtirish yo‘li bilan to‘g‘rilanadi.
Sovun massasini tarkibi quyidagicha, yog‘ kislotalar miqdori 60 % kam
bo‘lmasligi, erkin ishqor miqdori 0,2% dan va Na
2
CO
3
1% dan ko‘p bo‘lmasligi
lozim. Sovunli massa sovun yig‘gichlarga borib, so‘ngra sovutish quritish va mexanik
ishlov berish uchun yuboriladi.
Takrorlash savollari
1. Sovun pishirishning necha xil usuli mavjud?
2. Davriy usulda sovun pishirish haqida gapirib bering.
3. Uzluksiz usulda xo‘jalik sovuni tayyorlash haqida gapirib bering.
4. Atir sovun asosi qanday tayyorlanadi?
5. TNB-2 apparatining tuzilishi va ishlash prinsipi.
6. Bilvosita usulda sovun pishirish.
Tayanch so‘z va iboralar
1. Sovun yelimi. 5. Birinchi sovunlash.
2. Soapstok yadrosi. 6. Ikkinchi sovunlash.
3. Karbonatli massa. 7. Ikkinchi tuzlash.
4. Sovun osti ishqori. 8. Uchinchi tuzlash
165
Do'stlaringiz bilan baham: |