Davriy usulda xo‘jalik sovuni asosini tayyorlash sxemasi (51-rasm). Natriy
karbonat va kaustik soda eritmalari, osh tuzi va suv, (1,3,4 va 7) o‘lchagichlardan (8,9
va 10) qozonlarga kelib tushadi. Bu eritmalar (24, 21 va 18) sig‘imlarda tayyorlanadi
va (23, 20 va 19) nasoslar orqali tegishli o‘lchagichlarga uzatiladi. Yog‘ kislotalari,
sintetik va naften kislotalari omborxonadan (2, 5 va 6) sig‘imlarga kelib tushadi va
o‘z oqimi bilan sovun pishirish qozoniga tushadi. Kanifol bilan yog‘ kislotalari
aralashmasi (15) aralashtirgichda tayyorlanadi va (16) nasos yordamida qozonga
yuboriladi. (8) va (9) sovun pishirish qozonlarida yog‘li chiqindilarning sifatini
yaxshilash jarayoni olib boriladi. Tiniq yadro bu qozonlardan (14) nasos orqali (10)
sovun pishirish qozoniga uzatiladi. Sovun osti yelimi va sovun osti ishqori (12) nasos
orqali (8 yoki 9) rdamchi qozonlarning biridan ikkinchisiga uzatiladi. Ayni shu nasos
bilan (10) asosiy qozondagi sovun osti yelimi qayta ishlash uchun (8 va 9) qozonga
beriladi. Qozon (8 va 9) lardagi sovun osti ishqori (13) sig‘im ga tushadi, bu yerda
sovun ajratilgandan keyin u keyingi ishlov berishga yuboriladi.
Yog‘, sintetik va neft kislotalarining karbonatli sovunlanishi va kaustik tugal
sovunlanishi (10) bo‘sh qozonda yoki tozalangan yadro ishtirokida (9 va 10)
qozonlarda boradi. Tayyor bo‘lgan sovun asosi (9 va 10) qozonlardan filtr orqali (17)
nasos yordamida (11) sovun yig‘gichga uzatiladi, u yerdan (22) nasos bilan sovutish,
quritish va mexanik ishlov berishga jo‘natiladi.
51 – rasm. Davriy usulda xo‘jalik sovuni asosini tayyorlashning texnologik
sxemasi
158
Sovun pishirishning bevosita usuli bo‘yicha ikkita ketma-ketlikdagi jarayon
o‘tkaziladi: natriy karbonat (Na
2
CO
3
) eritmasi bilan karbonatli sovunlash va neytral
yog‘ni o‘yuvchi ishqor (NaOH) eritmasi bilan sovunlash (kaustik tugal sovunlash).
Karbonatli sovunlashda qozonga, ishchi konsentratsiyasi 28-30% bo‘lgan, natriy
karbonat eritmasining hisoblangan miqdori solinadi, qaynaguncha ochiq bug‘ bilan
qizdiriladi va avval qaynoq tabiiy yog‘ kislotalari va yog‘ o‘rnini bosuvchilar, keyin
sintetik yog‘ kislotalari beriladi.
Karbonat angidridning ko‘p miqdorda hosil bo‘lishi natijasida, sovunli massani
toshishini oldini olish maqsadida kislotalar asta-sekinlik bilan yaxshilab aralashtirib
turgan holda beriladi. Teskari tartibda, ya’ni qozonga avval yog‘ kislotalari so‘ngra
soda eritmalari solib bo‘lmaydi. Bunday holda nordon sovun hosil bo‘lib qolishi
mumkin. Yog‘ kislotalarining neytrallash reaksiyasi issiqlik ajralishi bilan borganligi
sababli, reaksiya ketayotgan massani faqatgina jarayonning boshlanishidagina
isitiladi. Sovun massasini aralashtirish va karbonat angidridni oson ajralishi uchun
qozonga davriy ravishda ochiq bug‘ yoki siqilgan havo berib turiladi. Yog‘li
aralashmalar berib bo‘lingandan so‘ng, SO
2
to‘liq ajralib chiqishi uchun bir qancha
vaqt mobaynida massaga juda kam miqdorda bug‘ berib qaynatib turiladi. Sovunli
massaga bug‘ berish to‘xtatilgandan so‘ng, uning hajmi o‘zgarmasligi va yuzasiga
pufakchalar chiqmasligi karbonatli sovunlanish tugaganligini bildiradi. Massa
tarkibidagi Na
2
CO
3
miqdori 0,5% dan ko‘p bo‘lmaganda karbonatli sovunlanish
tugagan hisoblanadi. Natriy karbonat konsentratsiyasi ko‘payib ketgan taqdirda
massaga (qozonga) hisoblangan holda yog‘ kislotalari qo‘shiladi yoki qo‘shimcha
qaynatiladi. Karbonatli massada yog‘ kislotalar miqdori 67-70% bo‘lishi kerak.
Karbonatli sovunlanish tugagandan so‘ng, tugal sovunlash uchun, qozonga
konsentratsiyasi 40-42% bo‘lgan natriy gidroksid (NaOH) eritmasi kam-kam
miqdorda massani qaynatib, bug‘ bilan aralashtirib turgan holda beriladi. Sovunlash
jarayonida nordon sovun hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida massada ortiqcha
ishqor miqdori bo‘lishi shart. Jarayon oxirida ishqor miqdori 0,1-0,2% dan ko‘p
bo‘lmasligi kerak. Tugal sovunlanishda birinchi navbatda qozondagi yog‘ kislotalar
neytrallanadi (shuningdek, nordon sovunlar va natriy bikarbonatlarni ham, agar ular
bor bo‘lsa), keyin neytral yog‘ sovunlanadi. Sovunli massani 30 minut davomida
qaynatilgandan so‘ng uning tarkibidagi erkin ishqor miqdori o‘zgarishsiz qolgan
taqdirda, kaustik sovunlanish tugagan hisoblanadi. Shu usul bilan pishirilgan sovun
yelimi quyiluvchan, bir xil tarkibli, yupqa qatlamda tiniq ko‘rinishga ega bo‘lishi,
yog‘ kislotalari miqdori 60% dan kam bo‘lmasligi, o‘yuvchi natriy miqdori 0,2% dan
ortiq bo‘lmasligi va erkin natriy karbonat miqdori 1% dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Uni sovun uchun sig‘imga uzatiladi va sovitish quritish, mexanik ishlov berish uchun
yuboriladi.
159
Do'stlaringiz bilan baham: |