26-MA’RUZA
XO‘JALIK VA ATIR SOVUN ASOSLARINI TAYYORLASh
Reja: Davriy usulda sovun asosini tayyorlash. Sovun pishirish qozoni. Davriy
usulda xo‘jalik sovuni asosini tayyorlash sxemasi. Xo‘jalik sovuni asosini uzluksiz
usulda TNB-2 uskunasida pishirish.
Xo‘jalik sovunining asosini tayyorlash. Davriy usulda sovun pishirish. Bu
usul hajmi 200 m
3
gacha bo‘lgan qozonlarda amalga oshiriladi.
Gidrolizlangan yog‘lar va yog‘ o‘rniga ishlatiladigan xomashyodan xo‘jalik sovunini
asosini davriy ishlaydigan apparatlarda tayyorlash bevosita yoki bilvosita usul bilan
bajariladi. Yog‘li aralashmaning yog‘ kislotalarini neytrallash, toza qozonda, sifati
yaxshilangan soapstok yadrosi yoki qozonda oldingi pishirishdan qolgan sovun
qoldig‘i ishtirokida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |