151
25-MA’RUZA
SOVUN PIShIRISh JARAYONI ASOSLARI
Reja: Neytral yog‘larni sovunlanishi. Yog‘ kislotalarini neytralizatsiyasi. Yog‘li
aralashmalarni sovunlash uchun ishqor sarfini hisoblash. Sovun pishirish usullari.
Neytral yog‘larni sovunlanishi. Neytral yog‘larni sovunlantirish ishqorlar
bilan amalga oshiriladi (NaOH, KOH). Neytral yog‘larni oddiy sharoitda karbonatli
soda sovunlantirmaydi.
Neytral yog‘larni sovunlantirganda ikkita reaksiya sodir bo‘ladi. Birinchi
navbatda uchglitserid gidrolizlanib, glitserin va kislota, keyin yog‘ kislota ishqor bilan
reaksiyaga kirishib, sovun va suv hosil bo‘ladi.
CH
2
OCOR CH
2
OH
|
|
CHOCOR + 3H
2
O CHOH + 3RCOOH
|
|
CH
2
OCOR CH
2
OH
RCOOH + NaOH RCOONa + H
2
O
Sovunlanish reaksiyasi sekin boradi, chunki yog‘lar ishqorli suvda erimaydi,
shuning uchun reaksiya tezligiga emulsiyalarni disperslanganligi ta’sir qiladi.
Masalan: mol yog‘ini sovunlantirish 35 %-li NaOH bilan 45
0
C da olib
borilganda disperslikni sovunlanish darajasiga ta’siri 48-rasmda ko‘rsatilgan.
Emulsiya dispersligini oshib borishi sovunlanish reaksiyasining tezligini 20-
30 marta ko‘paytiradi. Reaksiya muhitida sekin-asta sovun hosil bo‘lib borishi bilan
yog‘ni konsentrlangan sovun eritmasida erishi ortadi, sovunlanish tezlashadi va
reaksiya tezligi gomogen muhitdagi reaksiya tezligiga yaqinlashadi.
48 – rasm. Emulsiyani boshlang‘ich dispersligiga qarab
yog‘larni sovunlanish tezligini o‘zgarishi.
S
ovunlash
ish dar
ajasi
%
152
1-emulsiyani sovunlanishi emulgatorda olib borilganda; 2-sun’iy olingan emulsiya; 3-
turboaralashtirgich bilan sovunlantirish; 4-qo‘lda aralashtirish
Shunday qilib tutashish yuzasini kuchaytirish uchun, emulgator bo‘lishi kerak.
7.6-rasmdagi egri chiziqlardan ko‘rinib turibdiki, yog‘larni sovunlanishi, sovun
eritmasida bir necha marta tezroq boradi.
Emulgator vazifasini, dastlabki davrda hosil bo‘lgan yoki qo‘shiladigan sovun
bajaradi.
Sovunlanish tezligi, sovunlanadigan massada 20 % va undan ko‘proq sovun hosil
bo‘lganda juda tezlashib ketadi.
Haroratni ortishi reaksiya tezligini oshiradi, lekin emulsiyani buzulishiga olib keladi.
Shuning uchun reaksiya boshida harorat 60-80
0
SC bo‘lishi kerak va sovun to‘plangan
sari 100-105
0
C gacha ko‘tariladi.
Ishqor eritmasining konsentratsiyasi oshganda sovunlanish tezligi oshadi. Lekin
konsentrlangan eritma sovunni tuzlanishga olib keladi. Shuning uchun dastlab
konsentratsiyasi past bo‘lgan ishqor eritmasi, keyin konsentrlangan eritma ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: