Sovun pishirish qozoni (50-rasm) silindrik korpus (1) dan, konussimon
taglikdan va qopqoqdan tashkil topgan. Hosil bo‘lgan CO
2
va ishlatilgan ochiq
bug‘ni atmosferaga chiqarib yuborish uchun qozonni qopqog‘ida so‘ruvchi patrubok
(5) bor. Qopqoq ostiga halqasimon purkagichlar (3 va 4) joylashtirilgan, ular orqali
yog‘ kislotalari, yog‘lar, ishqor eritmasi, tuz eritmasi, issiq suv qozonga beriladi.
Ko‘rish oynasi (6) sovun pishirish jarayonini kuzatish (ba’zan quruq tuzni solish
uchun) uchun xizmat qiladi. Tindirilgan sovun yadrosi nasosga ulangan sharnirli sifon
truba (7) orqali quyib olinadi. Sharnirli truba zanjir va lebyodka (2) yordamida
harakatga keltiriladi. Sovun yadrosini qizdirish uchun zmeevik (8) o‘rnatilgan.
Qozonni pastki qismida sovun osti ishqori va sovun osti yelimini bo‘shatish uchun
shtutser (9) mavjud.
50 – rasm. Sovun pishirish qozoni
157
Do'stlaringiz bilan baham: |