Yorug‘lik koeffitsiyenti deb, xonada o‘matilgan romlaming yorug‘lik tushadigan oyna sathini xonaning pol sathiga boigan nisbatiga aytiladi. Oyna sathi qanchalik katta bo‘lsa, xona shunchalik yorug’ bo‘ladi. Turar joylarda, sanoat korxonalarida yorug‘lik koeffitsiyenti 2/5 va 1/15 boiishi, tibbiy muassasalarda 1/2, 1/8 boiishi mumkin.
Ish joylariga yorugiikning deraza va tuynuk oynalaridan tushish burchagini aniqlash katta ahamiyatga ega.
Yorug ‘lik tushish burchagi deb, deraza tagidan hamda deraza tepasidan ish joyigacha tushirilgan burchakka aytiladi, bu burchak 27° dan kam bo'lmagani ma’qul.
Yorug 'lik tushish tuynuk burchagi deb, ish joyiga o'matilgan rom oynasining tepasidan burchak orqali tushayotgan nurlar taramiga aytiladi, bu burchak 5°dan kam bo’lmasligi kerak. Burchakning darajasi oynaga tushadigan soyaga (imorat yoki daraxt borligiga) bog’liq.
Tabiiy yorug'lik koeffitsiyenti — TYK tashqi va ichki tabiiy yorug‘likni bir yo‘la o’lchab aniqlanadi:
SUN’IY YORITISH. Ish joylarida yorug‘lik me’yorini aniqlashda ko‘rish a’zolarining bevosita ishtiroki hamda gigiyenik talablar hisobga olinadi: bunda ko'rish a’zolarining aniq ish bajarishdagi ishtirokini, ishlanadigan qismlar kattaligini, ish bajariladigan joyning rangi va undagi buyumlar rangining farqi va hokazolar hisobga olinadi.
Korxonada bajariladigan ishlar uchun umumiy hamda ish joylarini yoritish uchun alohida yorug‘lik me’yorlari qabul qilingan,
Aniq ishlarni bajarish uchun umumiy yoritish bilan birga ish joyini ham yoritish tavsiya qilinadi:
1. Yorug‘lik yetarli darajada bo’lishi kerak, aks holda ko‘z charchab qoladi.
2. Ish joylari bir tekisda yoritilmasa, ko‘z toliqib, ish jadalligi, binobarin, unumi pasayadi, xatolar ko‘payadi.
3. Ko‘zni yorug’likning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishidan asrash kerak. Juda ravshan yorug’lik ko‘z nervi hamda mushak sistemasiga salbiy ta’sir qilishi natijasida markaziy nerv sistemasida o‘zgarishlar paydo bo’ladi.
4. Yorug’lik manbaini bajariladigan ish turiga qarab to‘g‘ri tanlash kerak. Matolarga tushiriladigan rasm lar rangini tanlashda va tushinshda, bo'yoqlami tanlaganda kunduzgi yorug’likni beruvchi (lyuminestsent) lampalar, lekin rangli metallardagi nuqsonlarni aniqlashda cho‘g‘lanuvchi lampalardan foydalangan ma’qul.
5. Yorug’lik yo‘nalishini shunday tashkil qilish kerakki, ish joyiga ishchining yoki moslamalaming soyasi tushmasin.
Shovqin - tebranish jarayoni natijasida paydo bo'ladigan, chastotalar darajasida har xil bo'lgan tovushlar to'plamini tartibsiz harakati. Umumiy biologik ta’sir xususiyatini beruvchi sifatida shovqin nafaqat eshitish apparatlariga ta'sir qiladi, balki yurak-qon tomir va asab tizimining buzilishiga olib kelishi mumkin, gipertenziya paydo bo'lishiga yordam beradi. Qolaversa, bu ishchining tez charchashining sabablaridan biri, u bosh aylanishiga olib kelishi mumkin, bu esa o'z navbatida baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin.
Doimiy shovqin ta'siridan kasbiy kasallik, kasbiy karlik havfi paydo bo'lishi mumkin. Ko'p ishchilar kun davomida shovqin darajasining oshishiga duch kelishadi: qozonxonalar, perchinlar, temirchi, traktorchi, kombaynchi, ta'mirlash ustaxonasi ishchilari.
Inson 16 dan 20000 Gts chastotali tovushli tebranishlarni sezadi. 16 Gts dan past chastotali tovushlarga infratovush va 20000 Gts dan yuqori - ultratovush deyiladi. Infra va ultratovush ham odamga ta'sir qiladi, lekin uni odamlar eshitmaydi.
Shovqin kuch (intensivlik) va baland ovoz bilan tavsiflanadi. Ovoz kuchi bir soniyada sirt maydoni birligi orqali uzatiladigan tovush energiyasi bilan belgilanadi. Odam tomonidan qabul qilinadigan tovushning minimal intensivligi odatda eshitish chegarasi deb ataladi - bu beldagi shovqin intensivligi mos keladigan o'lchov shkalasining shartli nol nuqtasi (B).
Bir bel (1 B) shovqin intensivligining 10 barobar oshishiga mos keladi. Bu miqyosda quloqlarda og'riqni keltirib chiqaradigan tovush intensivligi 13-14 bel (B) yoki 130-140 debel (dB) ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |