Yer osti suvlaridan foydalanishda ulami ifloslanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1.Quduq bor joy o‘sha yeming relefidan yuqori va tuproqni ifloslantiradigan manbalardan iloji boricha olisroqda bo‘lishi kerak, u botqoqlanib qolmasligi yoki toshib ketmasligi lozim. Quduqdan foydalanishda uning atrofidagi maydon tuprog'ini ifloslanishdan muhofaza qilish zarur.
2.Quduq yoki kaptaj devori suv o'tkazmasligi kerak. Yer yuzasidagi suvlar suv saqlanadigan qatlamga yoki quduqqa inshootlar devori yaqinidan va shu devor orqali sizib o‘tib ketmasligi uchun quduq devorlarining yuqori qismi atrofiga paxsa kamar qilinadi.
3.Suv olinadigan quduq yoki kaptajning og‘zi berk turishi va ularga tashqandan iflos narsalar tushmasligi kerak. Ko‘p tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yer osti suvlari tuproq orqali filtrlangandagiga qaraganda quduq yomon qurilganda, qopqog'i bo‘lmaganda yoki har kim o‘z chelagida suv olaverganda mikroblar bilan ko‘proq zararlanar ekan.
Qishloq joylarda shaxta quduqlari quriladi. Ular uchun baland yerdan, quduqni ifloslantirishi mumkin bo‘lgan manba (masalan, hojatxona)dan, agar u quduqdan pastda bo‘lsa, kamida 20-30 m naridan, agar hojatxona quduqdan yuqorida joylashgan bo‘Isa, unda kamida 80-100 m naridan joy tanlanadi. Quduqni kovlaganda ikkinchi suvli qatlam (30 m chuqur) gacha yetib borishi kerak. Shaxta qudug‘ining tubi ochiq qoladi, yon devorlari esa suv o‘tkazmaydigan modda, ya’ni beton halqa yoki yoriqsiz yog'och bilan mahkamlab chiqiladi. Quduq devori yer sathidan kamida 0,8 m baland turishi zarur. Paxsa kamar qilish uchun quduq atrofi chuqurligi 0,7-1 m qilib kovlanadi va uni yaxshi pishitilgan loy bilan to‘ldiriladi. Quduqning yer ustki qismi atrofiga paxsa kamar ustiga 2 m radiusda qum solinadi va quduqdan suv
3-rasm. Ingichka quvurli quduq.
olganda to'kiladigan suv oqib ketishi uchun quduqdan atrofiga qarab nishab qilib, tosh g‘isht yoki beton yotqiziladi. Suv chiqarshning eng yaxshi usuli - nasos hisoblanadi. Nasos o‘matiladigan quduqlar "og‘zi" berkitilgan bo'lib, tashqa-ridan ifloslaranaydi; ulardan suv tortib chiqarish y e n g i l a s h t i r i lg a n , chig'ir g'altak yoki chakar yordamida suv olinadigan quduqlar og‘zi qopqoq bilan berkiladigan bo'lishi kerak. Hamma suv oladigan quduqlar atrofiga 5 m radiusda g‘ov qilinadi.
Yer ostidan suv olish uchun shaxta quduqlaridan tashqari har xil turdagi truba quduqlaridan foydalaniladi. Bunday quduqlaming afzalligi shundaki, ular har qanday chuqurlikda, devori suv o'tkazmaydigai trubadan qilingan bo'ladi, suv nasos bilan yuqoriga chiqariladi. Yer osti suvi ko'pi bilan 6-8 m chuqurlikda joylashganda debiti soatiga 0,5-1 m 3 ga yetadigan diametri kichik bo lgan trubadan quduqlar quriladi (3-rasm). Chuqur truba quduqlaridan aksan oziq - ovqat va sanoat korxonalari, sut-tovar fermalari, jamoa xo'jaliklari va aholi yashaydigan joylardagi vodoprovod tarmoqlarini suv bilan ta ’minlashda foydalaniladi.
Ochiq suv havzalari. Qor-yomg‘ir suvlari joylardagi tabiiy nishablardan oqib, ochiq suv havzalari, anhorlar, daryo va koMlami hosil qiladi. Ochiq suv havzalariga qisman yer osti suvlari ham qo'shiladi.
Barcha ochiq suv havzalari qor-yomg‘irlardan va aholi yashaydigan joylardan oqib chiqadigan qor suvidan ifloslanib turadi. Suv havzasining aholi yashaydigan qismi hamda sanoat korxonalaridan oqib chiqadigan suvlar kelib quyiladigan joylari ayniqsa yomon ifloslanadi. Epidemiologik jihatdan barcha ochiq suv havzalarining suvi xavfli hisoblanadi.
Shu sababdan ochiq suv havzalarini ifloslanishdan muhofaza qilishda O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan 0056-96 raqamli sanitariya qoida va me’yorlariga amal qilish zarur.
Suvi oqmaydigan yoki bir oz oqadigan suv havzalarining xususiyati shundan iboratki, ular yozda gullaydi, ya’ni havzalarda suv o‘tlari zo‘r berib o‘sa boshlaydi. Suv bo‘yalib ketadi va suv o‘tlarining qurishi natijasida suv hidlanib, ta’mi ham buziladi. Ba’zi suv o'tlari o‘zidan inson salomatligi uchun zararli modda ajratishi isbot etilgan.
Yuzadagi suvlar bir oz mineralizatsiyalashgach, yumshoq, biroq oqmaydigan ko'llar va suv omborlarida suv bug'lanishi tufayli tuz miqdori birmuncha oshib ketishi mumkin. Ochiq suv havzalari uchun suv sifatining o‘zgarib turishi xosdir. U mavsumiy, hatto ob-havoga qarab, masalan, yomg‘irdan keyin ham o‘z:gara boradi. Deyarli uzluksiz har xil iflos narsalar tushib turishiga qaramay, ko‘pchilik ochiq suv havzalarida suv sifati buzilishi sezilmaydi. Chunki bunday havzalarda o‘z-o‘zini tozalashning tabiiy fizik-kimyoviy va biologik jarayonlariga doim uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |