Toshkent kimyo-texnologiya insituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti


Mavzu: Xodimlarning sogʼligi va xavfsizlik texnikasi nazorati



Download 4,82 Mb.
bet116/117
Sana07.03.2022
Hajmi4,82 Mb.
#485988
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117
Bog'liq
УМИДА (2)

Mavzu: Xodimlarning sogʼligi va xavfsizlik texnikasi nazorati
Ushbu bandda ovqatlanish korxonalarida kasbiy kasalliklarga olib kelishi mumkin boʼlgan ishlab chiqarish sharoitlari koʼrilgan. Аvval ovqatlanish korxonalaridagi zararli sharoitlar koʼrib chiqiladi.
Maʼlumki, ishlab chiqarish sharoitlari korxonalar turlariga bogʼliq boʼladi. Ovqatlanish korxonalari faoliyatlari boʼyicha quyidagi turlarga boʼlinadi:
- tayyorlovchi korxonalar;
- yarim tayyor mahsulotlarda ishlaydigan korxonalar;
- xom ashyoda ishlaydigan korxonalar;
- taomlarni tarqatuvchi korxonalar.
Tayyorlovchi korxonalar (yarim tayyor mahsulot korxonalari, tayyorlovchi fabrikalar va oshxonalar, xom ashyolarning maʼlum turlaridan yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ixtisoslashgan sexlar) yarim tayyor mahsulotlarda ishlaydigan korxonalarni taʼminlaydi. Quvvatiga qarab ular bir ish kuni davomida bir tonnadan oʼn tonnagacha xom ashyo turlarini, ayniqsa sabzavotlarni, qayta ishlashlari mumkin. Ularning sexlarida xom ashyolarni qayta ishlaydigan katta ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼlgan texnologik jihozlar (sabzavotlarni oʼlchamlari boʼyicha saralaydigan, yuvadigan, poʼchoqlaridan tozalaydigan, kesadigan va sulьfitatsiyalaydigan, mol va parranda goʼshtlaridan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash uchun moslashtirilgan texnologik qatorlar, goʼsht arralagichlar va sh. u.) oʼrnatiladi. Parranda goʼshtlaridan va baliqdan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash va sabzavotlarni yuvish koʼp miqdorda sovuq suvni talab qiladi. Suvning bir qismi toʼkilib – sochilib bugʼlanadi va havo namligini oshiradi. Bundan tashqari, bunday sexlarda ishlaydigan xodimlar har kuni va doimo katta namlikka ega boʼlgan xona muhitida oyoqdan turib oʼzlarining mehnat faoliyatini oʼtkazishadi. Taʼkidlanganlardan tashqari, tayyorlovchi korxonalar sexlarida oʼrnatilgan texnologik jihozlar ishlash davrida kuchli shovqin – suronlarning paydo boʼlishiga olib keladi. Shovqin – suronlar ish boshlangandan tugaguncha davom etishlari mumkin.
Tayyorlovchi korxonalarda tez buziladigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni korxonalarga tarqatguncha qisqa muddatda saqlash uchun sovitiladigan (hatto 0o s dan past haroratlarda) omborxonalarda tashkil qilinadi. Sovitish omborxonalari xodimlari ish davrida past haroratlar taʼsirida doimo boʼlishlari mumkin. Tayyorlovchi korxonalarning baʼzilarida (tayyorlovchi fabrika va oshxonalar) tayyor mahsulotlardan tashqari tayyor taomlar va qisman issiqlik taʼsirida ishlov berilgan yarim tayyor mahsulotlar ham ishlab chiqarilishi mumkin. Ularning issiq sexlarida ishlaydigan xodimlar jihozlardan ajralib chiqadigan issiq havo taʼsirida butun ish kuni va ushbu korxonada ishlash muddati davomida boʼlishadi. Yana shuni taʼkidlash kerakki, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor taomlar tayyorlangan va solingan oshxona idishlarini yuvish ham issiq suvni ishlatishni talab qiladi. Tayyorlovchi va boshqa ovqatlanish korxonalarining idishlarini yuvish sexida issiq suv bugʼlanib, nafaqat yuqori namlikni paydo qiladi, yoritish manbalarining kuchini ham pasaytirib yuboradi.
Yarim tayyor mahsulotlarda ishlaydigan korxonalarning ham turi (oshxonalar, restoranlar, kafelar, barlar, taomlarning baʼzi bir turlarini tayyorlashga ixtisoslashgan korxonalar shashlik, manti, pelьmeni, pitselar va sh. oʼ. mahsulotlarni tayyorlaydigan kichik korxonalar, termik sexlari boʼlgan bufetlar, kulinariya magazinlari) juda koʼp. Ularda xodimlar sogʼligiga salbiy taʼsir koʼrsatadigan asosan ikkita boʼlimi bor. U ham boʼlsa, yarim tayyor mahsulotlardan tayyor taomlar ishlab chiqaradigan termik sexlari va taom tayyorlash ham isteʼmol qilish idishlarini va inventarlarini yuvish xonalari. Bunday korxonalarning termik sexlarida atrof -–muhitga katta energiya ajratib chiqaradigan texnologik jihozlar (elektr va gaz energiyasida ishlaydigan plitalar, taomlar tayyorlash qozonlari, issiq suv tayyorlagichlar, qovurish shkaflari va boshqalar) oʼrnatiladi. Yuvish sexlarida taom tayyorlash va isteʼmol qilish idishlarini hamda inventarlarini yuvish va sterilizatsiyalash uchun butun ish kunining davomida issiq (45 – 55os) va qaynoq suv ishlatiladi. Natijada yarim tayyor mahsulotlarda ishlaydigan korxonalarning termik sexlarida va yuvish xonalarida xodimlar sogʼligiga taʼsir qiladigan yuqori haroratli va katta namlikga ega boʼlgan muhit paydo boʼladi.
Yarim tayyor mahsulotlarda ishlaydigan ovqatlanish korxonalari (termik sexlari yoʼq bufet, bar va kulinariya magazinlaridan tashqari) xom ashyoda ham ishlashlari mumkin. Bunday korxonalar Oʼzbekistonda ovqatlanish korxonalarining aksariyatini tashkil qiladi. Ularda ham, xuddi tayyorlovchi korxonalardagidek, texnologik jarayonlar yarim tayyor mahsulotlar olish maqsadida xom ashyolarga birlamchi ishlov berishdan boshlanib, taomlar tayyorlash, ularni isteʼmol qilishni tashkillashtirish va isteʼmol qilish bilan tugaydi. Shu boisdan ham xom ashyoda ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalarini toʼliq texnologik siklli korxonalar deyiladi. Tayyorlovchi korxonalarda qanday salbiy taʼsir koʼrsatuvchi omillar mavjud boʼlsa, xom ashyolarda ishlaydigan korxonalarda ham xuddi shunday omillar mavjud boʼladi. Farqi shundan iboratki, bu yerda kichik ishlab chiqarishib quvvatlariga ega boʼlgan texnologik jihozlar oʼrnatiladi va kichik sovitish omborxonalari tashkil qilinadi. Lekin bunday korxonalarning termik sexlarida xodimlar organizmiga, xuddi yarim tayyor mahsulotlarda ishlaydigan korxonalardagidek, yuqori haroratli nam havoning taʼsiri katta boʼladi.
Tayyor mahsulotlarni suzib, portsiyalab tarqatadigan ovqatlanish korxonalarida tayyor taomlar portsilanadi va isteʼmolchilarga tarqatiladi. Bunday korxonalarda asosan tayyor taomlar solib isteʼmol qilingan idishlarni va instrumentlarni (qoshiq , sanchqi, pichoq) yuvish tashkil qilinadi. Bu yerda xodimlar uchun zararli muhit yuvish xonasida paydo boʼladi.
Yuqorida koʼrsatilganlardan tashqari, barcha ovqatlinish korxonalariga va Oʼzbekistonning iqlim sharoitiga xos kasbiy noxushliklarni keltirib chiqaradigan hamda ularni kuchaytiradigan omillar ham mavjud. Korxonalarga xos umumiy omillardan biri shundan iboratki, texnologik jarayonlarning aksariyatini xodimlar ertadan kechgacha oyogʼida targan holda bajarishadi, ikkinchisi – korxona sexlarida va ishlov berish xonalarida oʼrnatilgan jihozlar xonalarning yoritilganlik darajasi yetishmaganda yoki boshqa baʼzi bir sabablarga koʼra pasayib ketganda ulardan foydalanayotgan xodimlarning sogʼligiga shikast yetkazishlari mumkin.
Tajribalar shuni koʼrsatadiki, ovqatlanish korxonalarining aksariyatida, ayniqsa qishloq joylarda joylashganlarida, ishlab chiqarish xonalari isitilmaydi. Faqat taom isteʼmol qilish zallari isitilishi mumkin. Demak, korxona xodimlari (termik sexlar va yuvish xonalarining xodimlaridan tashqari) isitilmaydigan sex va xonalarda texnologik jarayonlarni bajarishadi. Bunday hollarda ular butun qish davomida ish paytida soviq muhit taʼsirida boʼlishlari mumkin. Bundan qiymatining oshishiga olib keladi. Bundan oldin taʼkidlanganidek, taomlar maʼlum bir retsepturalar boʼyicha ishlab chiqariladi. Bitta taomni tayyorlash uchun eng kamida ikki va undan oshiq mahsulot turlari ishlatiladi. Bu esa taomning kimyoviy tarkibini va energetik qiymatini odam organizmining oziqa va biologik aktiv moddalarga hamda energiyaga boʼlgan talabiga moslashtirishga imkon beradi. Taomning tarkibi va energetik qiymati organizm talabiga qancha yaqin boʼlsa, uning kimyoviy birikmalari va moddalari isteʼmolchilar organizmi tomonidan deyarli toʼliq oʼzlashtiriladi.
Taomlar tayyorlashda yarim tayyor mahsulotlarga har xil oʼlchamli turli xil shakllar (tayyorlash texnologiyasining talablariga qarab) beriladi. Bundan tashqari issiqlik taʼsirida ishlov berilganda ishlatilgan xom ashyolarga xos boʼlmagan va faqat tayyor mahsulotlarga xos xushboʼy hid, nozik taʼm va nafis rang hosil boʼladi. Tayyor taomning yoqimli hidi, taʼmi va tashqi koʼrinishi taom xazm qilish organlari bezlari soʼlaklarining koʼp miqdorda ajralib chiqishiga sababchi boʼladi. Maʼlumki, soʼlaklar qancha koʼp ajralib chiqsa, isteʼmol qilingan taom shuncha tez hazm boʼladi.
Issiqlik taʼsirida taomlar tayyorlashda oʼsimlik mahsulotlari konsistentsiyasining yumshashi va shirador boʼlib qolishi organizmning ularni qiynalmasdan tez hazm qilishini taʼminlaydi. Isteʼmol qilingan taom qancha tez hazm boʼlsa, organizm uning moddalarini shuncha koʼp oʼzlashtiradi, yaʼni isteʼmol qilingan taom tarkibidan organizm maksimal foydalanadi. Taomlar tayyorlashda xom ashyolarga texnologik ishlov berishning fiziologik ahamiyati yuqorida koʼrsatilganlardan iborat.
Oziq – ovqat mahsulotlariga texnologik ishlov berishning gigienik ahamiyati shundaki, don mahsulotlaridan taomlar tayyorlashda odam organizmiga zarar keltiruvchi begona aralashmalardan (tosh, qum, tuproq, temir zarrachalari) tozalanadi. Bundan tashqari meva va sabzavotlar tuproq qoldiqlaridan va tuproq tarkibidagi bosh ogʼriqlar keltirib chiqaradigan aminlardan va lichinkalardan yuvib xolos qilinadi.
Issiqliq taʼsirida ishlov berish, birlamchi ishlov, havoning harorati organizm haroratidan baland boʼlganda esa umuman shunday holat yuzaga keladiki, issiqlik energiyasi atrof – muhitga ajralib chiqish oʼrniga organizmda toʼplanib qolaveradi va uning harorati oshib boraveradi. Issiq havoda jismoniy ishlarning bajarilishi bu jarayonni yana ham tezlashtiradi. Аdabiyotlardagi maʼlumotlarga qaraganda baland harorat organizmga uzoq vaqt davomida taʼsir etganda, uning harorati 40 – 42os gacha koʼtarilib ketishi mumkin.
Organizmning oʼta tez qizib ketishining oldini olishga qaratilgan gigienik tadbirlar korxona binosining loyihasini ishlab chiqarishdan boshlab amalga oshirilib borilishi shart. Shu boisdan ham ovqatlanish korxonalarining binolarini loyihalashda va qurishda ularning sexlari va xonalarida optimal haroratni taʼminlash bilan bogʼliq choralarni, yaʼni havoni tez – tez almashtirib turilishi uchun ventilyatsiya quvurlarini, sovuq dush qabul qilish va dam olish xonalarini nazarda tutish kerak. Bulardan tashqari Oʼzbekiston iqlim sharoitida texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash ham oʼta katta ahamiyatga ega.
Katta namlikda issiq havoning organizmga boʼlgan salbiy taʼsiri yana ham kuchayadi. Havoning nisbiy namligi qancha katta boʼlsa, teri yuzasidan namlikning bugʼlanib chiqishi, yaʼni u bilan birga organizmdan issiqlik energiyasining atrof - muhitga oʼtishi, yana ham sekinlashadi. Katta nisbiy namlik organizmning ortiqcha qizib ketishi uchun qoʼshimcha sabab boʼladi.
Аgar qisqa yoki uzoq muddat davomida organizmga sovuq havo taʼsir qilganda organizmdan atrof – muhitga issiqlik oʼtishi kuchayadi. Havoning harorati qancha past boʼlsa, organizm shuncha koʼp issiqlikni yuqotadi. Bu esa oʼz navbatida organizmning sovib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollar Oʼzbekiston iqlim sharoitida koʼpincha isitilmaydigan ovqatlanish korxonalarida qish va erta bahor fasllarida kuzatilishi va turli xil kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi boʼlishi mumkin.
Havoning namligi qancha yuqori boʼlsa, issiq harorat ham, sovuq harorat ham shuncha shiddatli seziladi.
Haroratning oʼzgarishi faqat xodimlarning sogʼligiga taʼsir qilibgina qolmasdan ularning hol – ahvollari yomonlashishi sababli, mahsulot sifatining ham pasayib ketishiga olib keladi
Xuddi shuningdek, ish joylarida yoritilish darajasining yetishmasligi ham mahsulot sifatiga taʼsir koʼrsatadi, chunki qorongʼiroq joyda gigienik talablarga toʼliq rioya qilish va texnologik jarayonlarni talab darajasida oʼtkazish qiyinlashadi. Uning oldini olish bilan bogʼliq eng asosiy gigienik choralardan biri – korxona binolarini loyihalash va qurish davrida quyosh va elektr nurlari yordamida ish joylarini yoritish meʼyorlariga qatʼiy rioya qilishdir.
Bundan oldin taʼkidlangandek ovqatlanish korxonalarida oʼrnatilgan saralash, yuvish, tozalash, kesish mashinalari hamda yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga moʼljallangan texnologik qatorlar, sovitish va havo almashtirish uskunalari ishlash davrida inson organizmiga salbiy taʼsir koʼrsatadigan har xil balandlikda va tezlikdagi xaotik tebranishlarni yuzaga keltiradi. Bunday tebranishlar kompleksi shovqin – suron deyiladi. Ularning diapazoni bir gertsdan boshlab bir necha oʼn ming gertsgacha boʼlishi mumkin.
Odamning sezish organi, yaʼni qulogʼi, 16 gertsdan 20000 gertsgacha boʼlgan tebranishlarni sezishi mumkin. Sekundiga takrorlanishi 400 dan 4000 gertsgacha boʼlgan tebranishlarni insonning qulogʼi juda ham yaxshi sezadi.
Shovqin – suron, yani tebranishlar, tovush bosimi, tovush bosimi esa oʼz navbatida uning darajasi orqali baholanadi. Tovush bosimining darajasi detsiballda (db) oʼlchanadi. Quyidagi jadvalda kelib chiqish manbasi boʼyicha har xil shovqin – suronlar darajasi koʼrsatilgan.
Meʼyoridan oshiq shovqin – suronlar ham, xuddi issiq yoki sovuq haroratdek, xodimlar sogʼligiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Shu boisdan ham tovush bosimining darajasi inson sogʼligiga zarar yetkazmaydigan miqdorda meʼyorlanadi. Ushbu meʼyorning maksimal miqdori 26db deb qabul qilingan.
Shovqin – suronlarni pasaytirishga qaratilgan tadbirlar ovqatlanish korxonalari binolarini loyihalash, qurish va ularda shovqin chiqaradigan jihozlarni oʼrnatish paytida koʼriladi. Shu sababli ham havo almashtirish (ventilyatorlar) va sovitish uskunalari binoning asosiy ishlab chiqarish sexlari joylashgan qismining qarshisida (eng chekkasida) loyihalanadi.
Shovqin–suronlar darajasi

Kelib chiqishi

Darajasi, db

Kelib chiqishi

Darajasi, db

Barglarning shitirlashi

10 –20

Maishiy elektropriborlar

70 – 80

Yomgʼir shovqin – suronlari

30

Samolet shovqini

120 – 180

Qirgʼoqqa uriladigan toʼlqinlar shovqini

30 - 35

Suv isitish (bugʼ) qozonlari shovqin

90 – 100

Shivir – shivir gap

20

Metallni
parchalash

110 –115



Oddiy gaplashish

40 - 60







Bunday uskunalar joylashgan xonalar devorlari va eshiklarining tovush oʼtkazmaydigan materiallar bilan qoplanishi nazarda tutiladi. Xuddi shuningdek, baland shovqin – suron manbalari hisoblanadigan texnologik qatorlar ham alohida loyihalanadi. Foydalanishda shovqin chiqaradigan mashinalar tebranishlarni soʼndiradigan maxsus fundamentlarga oʼrnatiladi.


Shovqinlardan himoyalanish maqsadida maxsus quloqchinlardan (naushnik) va quloq tiqinlaridan (antifon) foydalanish tavsiya etiladi.
Аgar gigiena talablariga qatʼiy rioya qilinmasa, korxona mikroiqlim sharoitini tashkil qiladigan elementlar xodimlarning mehnat qilishi uchun qulay sharoit manbasi hisoblanishi oʼrniga ular organizmida turli xil kasalliklar keltirib chiqaradigan omillarga aylanib qolishlari mumkin. Shu boisdan ham darslikning ushbu bandida gigienik talab va qoidalarga rioya qilinmaganda iqlim sharoiti elementlarining ovqatlanish korxonalari xodimlari organizmlarida keltirib chiqarishi mumkin boʼlgan noxushliklar va kasalliklarga talabalar diqqati jalb qilinadi.
Bundan oldin taʼkidlanganidek, ovqatlanish korxonalarining noqulay mikroiqlim sharoitlari u yerda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning sogʼligiga va hayotiga, mehnat unumdorligiga hamda ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning sifatiga salbiy taʼsir koʼrsatishlari mumkin. Oʼzbekiston Respublikasining yozgi iqlim sharoitida ovqatlanish korxonalarining termik sexlari va qozon – tovoqlarni yuvish xonalarining muhitidek issiq va nam noqulay muhitda uzoq muddat davomida mehnat qilish turli kasalliklarning va ular natijasida noxushliklarning kelib chiqishiga sabab boʼlishi mumkin. Maxsus adabiyotlardagi maʼlumotlar shuni koʼrsatadiki, issiq iqlim sharoitida doimo boʼlish va mehnat faoliyatini olib borish avval tana haroratining kutarlishiga, tomir urishining tezlashishiga keyin esa organizmning kuchsizlanishiga, bosh ogʼrishiga va aylanishiga, koʼz oldida gʼuborlarning, quloqda esa shovqin – suron paydo boʼlishiga olib kelishi mumkin. Bulardan tashqari issiq haroratning salbiy taʼsiri kuchayganda yurak va taom hazm qilish sistemasining faoliyati susayadi. Uning natijasida odam tez kuchsizlanadi, aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi. Ishlab chiqarish sharoiti issiq havosining bosh miya nervlariga ham taʼsiri katta oqibatsizliklarga, yaʼni xodimlar harakati aniqligining, diqqatining va sezish qobiliyatining pasayib ketishiga sababchi boʼladi. Bu esa oʼz navbatida baʼzi bir texnologik jarayonlarni bajarishda shikastlanishlarga va mahsulot sifatining keskin pasayib ketishga olib kelishi mumkin.
Meʼyoridan oshiq baland haroratdan tashqari, meʼyoridan past haroratli sovuq havo ham ovqatlanish korxonalari xodimlarining sogʼligiga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin. Bundan oldin taʼkidlanganidek, sovuq havo (10 – 15os.dan past) atrof – muhitga organizm tomonidan issiqlikning oʼtkazishini kuchaytiradi. Natijada organizmning sovib ketishiga olib keladi. Аgar organizm uzoq muddat davomida sovib yursa, nafas olish yoʼllarining yalligʼlanish, badan uvushuv, koʼzning pirpirash, nevralgiya va bod kasalliklariga hamda periferik (sirtqi) asab sistemalarining kasallanishiga olib keladi. Аgar tananing sovishi surunkali ravishda davom ettirilganda organizmning yuqumli kasalliklarga qarshilik koʼrsatish qobiliyati pasayib ketadi. Baland va past haroratning oʼta tez almashinib turishi xodimlar organizmi uchun oʼta zarar, chunki qisqa vaqt ichida organizm sovuq yoki issiq haroratga moslashib ulgurmaydi.
Isitilmaydigan ovqatlinish korxonalarining qozon – tovoq yuvish xonalarida ishlaydigan xodimlar organizmiga qish paytlarida nafaqat sovuq havo, namlik ham taʼsir qiladi. Katta namlikdagi sovuq havoning taʼsiri yuqorida koʼrsatilgan kasalliklarning organizmda paydo boʼlish jarayonini yana ham jadallashtiradi. Bunday paytlarda sovigan organizmning sovuq havoga ojizligi yana am oshib ketadi.
Havo harorati va namligidan tashqari ovqatlanish korxonalari xodimlari sogʼligiga shovqin – suronlar va tabranishlarning salbiy taʼsir qilish mumkinligi toʼgʼrisida ham adabiyotlarda qator maʼlumotlar mavjud. Shu yerda shuni taʼkidlash oʼrinliki, kichik korxonalarning aksariyatida havo almashtiradigan uskunalarning yoʼqligi hamda texnologik jarayonlar deyarli qoʼl kuchi bilan bajarilishi sababli katta shovqin – suronlar chiqmaydi. Ular asosan mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan texnologik qatorlar, mahsulotlarga ishlov beradigan hamda qozon – tovoqlarni yuvadigan jihozlar va havo almashtirish uskunalari oʼrnatilgan tayyorlovchi katta ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʼlgan ovqatlanish korxonalarida sodir boʼladi. Shovqin – suronlar va kuchli tebranishlar sharoitida, ayniqsa harorat va namlik kabi qoʼshimcha silbiy omillar mavjud joyda, mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchi – xodimlar ularning taʼsirida shikastlanishlari, eshitish va sezish qobiliyatlarining pasayib ketishi va kasbiy quloq ogʼirlik kasalligiga uchrashlari mumkin. Shuni taʼkidlash kerakki, ovqatlanish korxonalarida xodimlarning shikastlanishiga olib kelish mumkin boʼlgan oʼta kuchli shovqin – suronlar va tebranishlar sodir boʼlmaydi.
Sezish va eshitish nervlarining har kuni bezovtalanishi natijasida sezish va eshitish organlari kuchsizlanadi. Bu esa oʼz navbatida ishchi xodimlar kayfiyatining yomonlashishiga, diqqat – eʼtiborlarining va umumiy reaktsiyasining pasayib borishiga hamda asab buzulish kabi kasalliklarning paydo boʼlishiga olib kelish mumkin, chunki eshitish uchun javobgar nervlarga shovqin – suronning surunkali salbiy taʼsiri ularning shikastlanishiga, bosh miya qobigʼining va qobiqosti nerv markazlarining asabiylashishiga olib keladi va nerv jarayonlarining buzilishiga sababchi boʼladi. Nerv sistemasidagi salbiy oʼzgarishlar albatta eshitish organlarining shikastlanishidan ancha oldin boshlanadi.
Shovqin – suron qon aylanish organlariga ham taʼsir qiladi, chunki ularning ishchi – xodimlarga surunkali taʼsirida qon bosimining oshib ketishiga, yurak ishlash ritmining buzilishiga va uning natijasida yurak atrofida ogʼriqlarning paydo boʼlishiga olib kelish mumkin. Bulardan tashqari, adabiyotlardagi ayrim maʼlumotlarga qaraganda meʼyoridan oshiq shovqin – suronli muhitda faoliyat koʼrsatadigan xodimlar oʼrtasida ateroskleroz kasalligining koʼpayganligi, oshqozon bezlarining shira ishlab chiqarish qobiliyatining, kislotalilik darajasining pasayib ketishi hamda endokrin, koʼrish apparatlarida oʼzgarishlar sodir boʼlganligi va organizmning immunobiologik kuchining zaiflashib ketishi kuzatilgan. Taʼkidlanganidek, ovqatlanish korxonalarining barchalarida texnologik jarayonlarni oʼtkazish bilan bogʼliq faoliyatlar ertadan kechgacha oyoq ustida (tik turib) oʼtkaziladi. Bunday hollarda tananing butun ogʼirligi oyoqqa tushadi. Shu sababli ham uning qon tomirlari shishib va kengayib ketishlari mumkin. Bunday xodimlar uchun korxonada koʼriladigan eng asosiy choralardan biri – tushlik davrida ularning yotib dam olishini tashkil qilishdan iborat.
Koʼrsatilganlardan tashqari, texnologik qatorlarda xodimlar ertadan kechgacha kuniga birnecha minglab qaytariladigan va tananing maʼlum bir holatda boʼlishini talab qiladigan texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunday holatning kundan – kunga qaytarilishi koʼzning charchashiga va tana qismlarining texnologik jarayon talab qiladigan holatda boʼlib qolishga olib kelishi va u bilan bogʼliq turli kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi boʼlishi mumkin. Ularning oldini olish choralarining eng asosiysi dam olish vaqtlarida tana qismlarini harakatga keltiradigan maxsus jismoniy mashqlarni tashkil qilishdan iborat.
Ovqatlanish korxonalarining xamirdan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan sexlarida ham kasbiy kasalliklarni keltirib chiqaradigan texnologik omillar yuzaga chiqishi mumkin. Ulardan eng asosiysi un changlaridir Un changlarining salbiy taʼsirini bartaraf etish uchun uni elashda maxsus elash mashinalarini qoʼllash va ular boʼlmaganda doka niqobdan foydalanish maqsadga muvofiq boʼladi.
Matnning ushbu bandida ovqatlanish korxonalrida gigienik talablarga rioya qilinmaganda kelib chiqishi mumkin boʼlgan kasalliklarga talabalarning eʼtibori qaratildi. Buning asosiy sababi shundan iboratki, kasb olgan yoshlarning aksariyati ovqatlanish korxonalarida texnologik jarayonlarni tashkil qiladigan mutaxassis boʼlibgina qolmasdan, tadbirkor yoki rahbar xodim sifatida ham faoliyat koʼrsatishlari mumkin. Аlbatta, ularning bunday faoliyatlari olgan kasblari bilan bogʼliq boʼladi. Bunday hollarda korxonada ishlaydigan xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini tashkil qilish masʼuliyati ularga yuklatiladi. Аna shu sababdan ham ishlab chiqarish korxonalarida gigienik talablarga rioya qilmaslikning natijalari batafsil koʼrib chiqildi.

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish