Toshkent kimyo -texnologiya instituti «vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi»



Download 0,69 Mb.
bet1/12
Sana13.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#788804
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5231056663703721633


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT KIMYO -TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«VINOCHILIK TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI»
FAKUL’TETI
BIOTEXNOLOGIYA” KAFEDRASI

¶Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari biotexnologiyasi” fanidan



KURS LOYIHA

Mavzu: ISTEMOL ZAMBURUG’LARDAN OQSIL AJRATIB OLISH TEXNALOGIYASI LINYASINI TAANLASH VA ASOSLASH (PLEUROTUS OSTREATUS VA SHAMPNION)

Bajardi: Ikromova Risolat Nuriddin qizi
Rahbar: Kattta o’qituvchi Nazarov. G’.A

Kafedra mudiri: dots. Normatov A.M.

Toshkent 2022




MUNDARIJA

Kirish…………………………………………………………………………….



  1. NAZARIY QISM




    1. Texnologik jarayonning nazariy asoslari………………………………

    2. Texnologik sxemani tanlash va uni asoslash………………………….

    3. Texnologik sxemaga izoh……………………………………………..




  1. XISOBLASh QISMI




    1. Texnologik uskunalarni tanlash va ularning ishlash prinsipi …………

    2. Xomashyo tayyor mahsulot va yordamchi materiallar tavsifi…………

    3. Texnologik liniyadagi uskunalarni hisoblash va loyihalash……………

    4. Texnik-kimyoviy nazorat ……………………………………………..

    5. Xulosa…………………………………………………………………

    6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………….

Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida
Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, ushbu sohalarda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integrastiyasini ta’minlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani ilg’or biotexnologiyalar asosida rivojlantirish, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2020 — 2024 yillarda biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Biotexnologiyalar sohasida 2020 — 2024 yillarda bajariladigan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Innovastion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) Fanlar akademiyasi (B.S. Yuldashev), Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi (I.U. Madjidov), Sog’liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibaev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 2021 — 2024 yillarda biotexnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovastiya ishlarini rivojlantirishning maqsadli ko’rsatkichlarini Fan va texnologiyalar bo’yicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[ОКОЗ:
1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.01.00.00 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси (шунингдек, 01.11.00.00га қаранг) / 02.01.06.00 Вазирлар Маҳкамасининг комиссиялари ва бошқа органлари. Захира жамғармаси]
3. Vazirlar Mahkamasi huzurida Biologik xavfsizlik kengashi (keyingi o’rinlarda — Kengash) tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini tashkil qilish;
xavfli biologik omillar ta’siridan aholini himoya qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xavf-xatarlarning oldini olish, biologik xavflarni monitoring qilish tizimini yaratish va rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar va takliflarni tayyorlash, ekspert baholash hamda ko’rib chiqish;
O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlaridan biri. Markaziy Osiyo hududining 11 foizdan sal ortiqrog’i egallagan xududda mintaqa aholisining 41 foizi istiqomat qiladi. Respublikada sanoatning ko’pgina tarmoqlari – engil va oziq-ovqat sanoati korxonalari, to’qimachilik kombinatlari, go’sht, sut, qandolat ishlab chiqarish, konservalash va ko’plab boshqa korxonalar ham keng rivojlangan. O’zbekiston mintaqaning asosiy un bazasi va dunyodagi eng yirik un mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud davlatlardan biri.
Yurtimiz oziq-ovqat ta’minotining asosiy tayanchi bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning hajmini oshirishga katta e’tibor qaratilgan holda uning xavfsizligini ham ta’minlashga katta e’tibor bermoqda.
Iqtisodiy islohot izchil amalga oshirilayotgan hozirgi davrda axolini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirish va bu sohadagi ta’minotni tubdan yaxshilash eng dolzarb masalalaradan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni muvoffaqiyatli xal etishda ayniqsa, don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdek muhim vazifaga alohida e’tibor berish talab qilinadi.
Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida etakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni moderniatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning samarasi haqida so‘z yuritar ekanmiz, shuni tan olishimiz kerakki, bu yo‘nalishda eskidan qolgan va hali beri ro‘y berib kelayotgan oqsoqlik holatlari borligi, birinchi navbatda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning material va energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolayotgani ayon bo‘ladi.
Respublikamizda yashovchi aholining 60 % dan ko‘prog‘i qishloq xo‘jalik maxsulotlarini etishtirish bilan shug‘ullanadi.
Qishloq xo‘jaligida etishtirilayotgan maxsulotlarini qayta ishlash, qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan tayyor va yarim tayyor maxsulotlarni eksport qilish, hamda xalqimiz iste’moli uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli, arzon maxsulotlarni etkazib berish, etishtirilayotgan maxsulotlarni uzok muddatda saklash uchun yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash dolzarb muammoli vazifalardan bo‘lib kelmokda.
Asosan bugungi kundagi moliyaviy inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo‘limlari belgilangan bo‘lib, bunda kompleks chora-tadbirlardan, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish vazifalarini hal etishga qaratilgan. Bu o‘rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o‘tish bo‘yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi ko‘rilmoqda. O‘z navbatida, bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqeyiga ega bo‘lishini taminlash imkonini beradi.
Yurtimizda qalpoqchali zamburug‘larning 200 dan ziyod turi mavjud bо‘lib, ulardan 150 dan ziyod botanik turi zaharli, atigi 25 turigina iste’mol uchun yaroqli hisoblanadi. Zamburug‘larning yesa bо‘ladigan ana shu turlarini “qо‘ziqorin” deb ataymiz. Ayrimlar “qо‘ziqorin kaloriya jihatidan gо‘shtdan ham yuqori turadi”, deb mubolag‘a qiladilar. Bu bejizga emas. Iste’molga yaroqli qо‘ziqorinlar ma’danli moddalar, oqsil hamda “S” va “V” guruhlariga mansub vitaminlarga juda boydir. Uning eng asosiy ustunligi oqsilning koni ekanida: qо‘ziqorinda oqsil tuxumdan 2, gо‘shtdan 3 barobar kо‘p. Fosfor va kalsiy borasida baliq qatori. Shu bilan birga, u juda tо‘yimli bо‘lib, ozgina yesangiz ham darrov qorningiz tо‘yib qoladi. Qо‘ziqorinli taomlar bilan birga organizm vitamin, aminokislotalar, mikroelementlarning katta miqdorini qabul qiladi.
Mamlakatimiz agrosanoat majmui tarmoqlarida bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islohatlar jadal olib borilmoqda. Xususan, qishloq xо‘jaligini boshqarish tizimida tub tarkibiy о‘zgarishlar amalga oshirilib, bozor iqtisodiyoti mexanizmlari va tamoillari joriy etilmoqda. Ushbu ijobiy о‘zgarishlar bilan birga yechimini kutayotgan muammolarni hal qilishda iqtisodiyotni modernizatsiyalash asosida innovatsion faoliyat samaradorligi oshirish muhim ahamiyatgaega.
Respublikamizning ba’zi jamoa va shirkat xо‘jaliklariga maxsus issiqxonalarda iste’mol uchun yaroqli bо‘lgan "veshenka" va "shampinyon" qо‘ziqorin turlarini yetishtirish va savdo qilish uchun ruxsat berilgan. Bu xо‘jalik va shirkatlarda yetishtirilayotgan qо‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan konserva mahsulotlari sanitariya-epidemiologiya xizmati laboratoriyalarida tahlil qilinib, ular inson sog‘ligi uchun zararsiz bо‘lgan taqdirda har bir mahsulot uchun gigiyenik sertifikat beriladi. Ana shunday gigiyenik sertifikatga ega bо‘lgan
qо‘ziqorin va undan tayyorlangan mahsulotlarni savdo shaxobchalaridan xarid qilish hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Uy sharoitida qо‘ziqorin yetishtirish natijasida nafaqat bir oila ajoyib oziqa bilan ta’minlanadi, balki bu rо‘zg‘orga tuzukkina daromad ham keltiradi.
Ushbu malakaviy bitiruv ishi mahalliy xom ashyolar asosida iste’molga yaroqli zamburug‘larni yetishtirishga bag‘ishlanadi.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish