Buyrak usti bezlari po`stloq qismi (adrenal po`stloq yoki interrenal to`qima)
hujayralari shakli bo`yicha uch qismdan iborat. Ustki qismi gormoni - aldosteron Na+, K+ almashinuvi va N+ ekskretsiyasini boshqaradi; o`rta qismi - kortizon va
kortikosteron, ichki qismida esa - kortizon ishlab chiqaradi. Bu gormonlar uglevod va oqsillar almashinuvini boshqaradi, organizmning ichki va tashqi muhit sharoitiga nospetsifik moslanishida ishtirok etadi. Ichki to`rsimon qismida androgenlar qatorining ba`zi biologik faol bo`lmagan birikmalari (androstendion, adrenosterinlar) hosil bo`ladi. Periferiyada ushbu birikmalar erkaklik jinsiy gormonlarining faol shakllari – androgenlarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |