Tuxumdonlar (ovaria) - ayol gonadlari. Tuxumdonning ichki sekretsiya qismi follikulalar – sariq tanachalardan iborat. Tuxumdonlarning asosiy gormonalari – estrogenlar (estradiol, estriol, estron) ikkilamchi ayollik jinsiy belgilarini ta`minlaydi; progestinlar (progesteron) - sut emizuvchilarda homila rivojlanishi va jinsiy siklni normal kechishini boshqaradi; tuxumdon hujayralarida qisman androgenlar ham hosil bo`ladi.
Buyrak usti bezlari (glandula suprarenalis) - juft organ, yuqori umurtqalilarda buyrakning yuqori qutblari yaqinida joylashgan. Ikkita mustaqil endokrin bezlaridan iborat: po`stloq va mag`iz qismlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |