13.5. Endokrinologiyaning mavzusi va vazifalari
Endokrin sistema gormonlari bevosita nerv, immun va to`qima nazorat sistemalari ishtirokida periferik organ va to`qima hujayralarining metabolizmiga, fiziologiya va morfologiyasiga turli yo`nalishlarda ta`sir ko`rsatadi. Gormonlar hujayralarda oqsil va DNKning sintezlanish darajasi, ularning mitotik faolligi, to`qima differentsirovkasi va organizmning o`sishi, moslanishi, metabolik gomeostazning doimiyligi, xulq-atvorini belgilaydi. Endokrin sistemaning birorta bo`g`imini buzilishi patologiyaga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |