Timus yoki ayrisimon bez (buqoq bezi). Toq limfoid organ, to`sh suyagi orqasida joylashgan, jinsiy balog`atga etish davriga kelib, involyutsiyaga uchraydi. Timus limfoidlar kabi T-hujayralari bilan bir qatorda timozin va timopoetin gormonlarini ham ishlab chiqaradi. Ular immun va o`sish jarayonlarining kimyoviy stimulyatorlari hisoblanadi.
Gipofiz - miyaning pastki ortig`i yoki pituitar bezi. Gipofiz bosh miya asos suyagidagi turk egarida joylashgan, anatomik jihatdan oraliq miyaning uchinchi miya qorinchasi osti bilan bog`langan. Gipofiz oldi, o`rta orqa qismdan iborat bo`lib, oldi va o`rta qismlari - adenogipofiz, orqa qismi – neyrogipofiz, deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |