Тошкент фармацевтика институти


Ekologik omillar va ularning tasnifi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/176
Sana13.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#109838
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   176
Bog'liq
Ekologiya

Ekologik omillar va ularning tasnifi 
Muxit organizmning fizik qobig‗i xisoblanib, xar qanday muxit fizik, kimyoviy va 
boshqa  omillarning  majmui  bilan  namoyon  bo‗ladi.  Omil  tirik  organizmlarga  to‗g‗ridan-
to‗g‗ri  ta‘sir  etuvchi  muxitning  ayrim  bir  tarkibiy  qismidir.  SHunday  qilib,  ekologik  omilni 
tirik organizmlar moslashish reaksiyalari orqali javob beradigan xar qanday muxitning shart-
sharoiti deb qarash kerak. 
Ekologik  omillar  juda  xilma-xil.  SHuning  uchun  ularni  tasniflash  zarur  buladi. 
Ekologiyaning  tarixidan  ma‘lumki,  omillarning  tasnifi  ancha  murakkab  masalalardan  biri 
xisoblanadi. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun  yoki birgalikda ta‘sir etadi. Ular 
ekologik, fiziologik, genetik va xokazolar tarzida ta‘sir etadi. Omillarni tasniflashda ularning 
xilma-xil  ta‘sir  etishi  emas,  balki  kelib  chiqish  manbaiga  qarab  ajratish  lozim.  Omilni 
aniqlashda  uni tirik organizmlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri va o‗ziga xos ta‘siri muxim axamiyatga 
ega. 
Ekologik  omillarni  tasniflashda  uning  tabiati,  xarorat,  nurlanish,  bosim  muxitning 
reakyiyasi  va  boshqalar  doimo  o‗ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‗ladi.  D.N.  Kashkarov  (1933) 
omillarni  uch  guruxga  ajratadi:  iqlim,  edafik  va  biotik.  V.V.Alexin  (1950)  iqlim,  edafik, 
orografik, biotik, antropogen va tarixiy omillarga ajratadi. 
Ta‘rifga binoan omil  muxitning ayrim elementi xisoblanib, organizmga to‗g‗ridan-
to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo tarixiy, orografik kabi omillar tirik organizmlarga xech qanday 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri   ta‘sir   etmaydi. SHubxasiz, ma‘lum bir joyning dengiz satxidan absolyut 
balandligi,  tog‗liklarning  qiyalik  burchagi  darajasi  yoki  suv  xavzasining  chuqurligi  kabilar 
xam  ana  shunday  xususiyatga  ega.  Ular  tirik  organizmlarga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  ta‘sir  etmay, 
balki  bevosita  ta‘sir  etgan  xolda  boshqa  omillar,  ya‘ni    xarorat,  bosim  va  xokazolarni  ta‘rif 
etish xususiyatini o‗zgartiradi. 
Muxit  keng  ma‘noda  qaralib,  uning  tarkibida  faollik  ko‗rsatuvchi  omillar  mavjud. 
Omillarni  ta‘sir  etuvchi  va  xayot  sharoiti  uchun  zarur  guruxlarga  ajratish  mumkin.  Ta‘sir 
etuvchi omillar tirik organizmlar xayotiga kuchli ta‘sir etib, ularning xatto irsiy xususiyatlari 
yoki  boiqa  ko‗rinishlardagi  o‗zgarishlarini  keltirib    chiqaradi.  Bularga  xar  xil  mutagen 
omillarni (nurlanish va boshqalar) ko‗rsatish mumkin.  
Xayot  sharoiti  uchun  zarur  bo‗lgan  omillar  o‗z  navbatida  tirik  organizmlarning 
yashashi uchun zarur bo‗lgan xayoti va o‗sishini ta‘minlovchi omillar va rivojlanish sharoiti 
(ontogenszni ta‘minlovchi) omillariga bo‗linadi. 
YAshil  o‗simliklarning  xayoti  uchun  zarur  bo‗lgan  omillar  kosmik  (yorug‗lik, 
xarorat)  va  Erdagi  suv  va  ozuqa  omillarga  ajratiladi.  Ushbu  omillar  mavqei  jixatdan  bir-biri 
bilan  barobar,  shuningdek,    boshqa  omil  bilan  almashtirib  bo‗lmaydi.  Ilmiy-texnik  taraksiet 
tufayli  inson  yashil  o‗simliklar  uchun,  zarur  bo‗lgan  kosmik  omillarni  boshqara  olish 
imkoniyatiga ega bo‗ldi. 


SHunday  qilib,  xozirgi  vaqtda  ekologik  omillar  kelib  chiqishiga  vaqt  bo‗yicha, 
muxitga, xarakteriga, ob‘ektga ta‘sir etishiga va boshqa tomonlarini xisobga olib tasniflanadi. 
Ekologik  omillarni  abiotik  (o‗lik  tabiatning  ta‘siri),  biotik  (tirik  organizmlar  bilan 
bog‗liq  bo‗lgan  ta‘sir)  va  antropogen  (insonning  faoliyati  natijasida  kelib  chiqadigan  ta‘sir) 
omillarga bo‗lib o‗rganiladi.   
Abiotik omillarga kuyidagilar kiradi: 
1.  Iqlim,  yorug‗lik,  xarorat,  xavo,  namlik  (xar  xil  shakllardagi  yog‗ingarchiliklar, 
tuproq va xavoning namligi, 
 
qor qoplami); 
2.  Edafik  (yoki  tuprok.  gurunt)  —  tuproqning  mexanik  va  kimyoviy  tarkibi,  uning 
fizik xossalari va boshkalar.                       
3. Topografik (yoki    orografik) - relef  sharoiti. 
Biotik  omillarga  quyidagilar  kiradi:  1.  Fitogen  -  birgalikda  yashayotgap 
o‗simliklarning  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  (mexanik  ta‘sirlar,  simbioz,  parazitlik,  epifitlarnnng 
yashashi) va bilvosita (tirik organizmlar  yashayotgan muxitni o‗zgartirishi) kabi ta‘sirlari; 2. 
Zoogen - xayvonlarning (oziqlanishi, payxon qilishi va boshqa mexanik ta‘sirlar, changlatish, 
meva va urug‗larni tarqatishi, muxitga ta‘sir etishi kabi ta‘sirlar; 3. Mikrobiogen va mikogen-
mikroorganizmlar va zamburug‗larning (parazitlilik, taщqi muxitni o‗zgartirish) ta‘siri. 
Antropogen  omillar  insonning  faoliyati  natijasida  kelib  chiqadigan  omillardir. 
Antropogen  ta‘sir  natijasida  tirik  organizmlar  yashash  muxitining  o‗zgarishi  o‗z  navbatida 
ekotizimlarning  tarkibiy  qismlari  o‗rtasidagi  bog‗lanishlarning  buzilishiga,  inqirozga  yuz 
tutishiga  (cho‗llarni  o‗zlashtirish,  o‗rmonlarni  kesib  yuborish,  pichan  o‗rish  va  mol  boqish, 
suv,  tuproq  va  xavoni  sanoat  chiqindilari,  zararli  kimyoviy  moddalar,  maishiy  chiqindilar 
bilan  ifloslantirish  va  zaxarlashga  olib  keladi.  Ba‘zi  xollarda  biotsenozlarning  butunlay  yuq 
bo‗lib ketishiga sababchi bo‗ladi (1-jadval) .   

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish