7.
Kommensaliztik (+,0) — bunda bir populatsiya ikkinchi populatsiya bilan birlashganda
foyda ko'radi, bu birlashish ikkinchi populatsiya uchun esa ahamiyatsiz yoki uning uchun
bcfarq bo'ladi. Bu birlashish simbioz- ning shunday bir shakliki, bundagi partnyorlaming
bittasi ikkinchisiga (xo'jayiniga) tashqi muhitga bo'lgan munosabatlarini bajarishni yuklaydi,
o‗zi esa tashqi muhit bilan to'g‗ridan-to‘g‗ri bog'lanmaydi. Ular orasida antoganizm ham
bo‗lmaydi. Umumiy maydon, substrat, ozuqa, hara- katlanish-kommensial munosabatlaming
asosini tashkil etadi. Xo'jayinning tuzilishi va hayot kechirish holatlaridan kommensal o'zi
uchun ko'pincha bir tomonlama foyda ko'radi. Uning o‗zi «xo‗jayin» uchun ko'pincha be-
farq, ahamiyati yo'qday tuyuladi. Parazitlik yoki simbiozning boshqa shakllariga qaraganda
kommensalizm kamroq uchrab turadi. Masalan, daraxtlarda in qurib yashovchi qushlar,
akulalarda yopishib yashovchi lotsman baliqlari, axlatlar bilan oziqlanadigan sinantrop
yumronqoziq populatsiyalari va qushlar ham kommensalizmga misol bo'la oladi.
Kommensalizm ko'pincha okeanlardagi organizmlarda ko'proq uchrab turadi. Buni
okeanlardagi har bir qurt uyasida, har bir ikki chanoqli moluskalar chanog'ida, bulutlilarning
tanasida doimo chaqirilmagan meh- monlar, organizmlar yashab hayot kechiradilar. Lekin
ular o'zlari xo'jayinlariga zarar keltirmaydilar.
8.
Protokooperatsiya — bunda ikki populatsiya ham birlashgan asso- tsiatslyadan faqat
foyda ko'radilar, biroq bunday munosabatlar ular uchun shart emas.
9.
Kooperatsiya — ikki organizm bir-birlari bilan kooperatsiya hosil qiladilar. Bimday
kooperatsiya ikki organizm uchun ham ustunliklarga ega. Masalan, krablar bilan kovakichlilar
bunga misol bo‗la oladi. Kovakichlilar krablarning orqasiga yopishib olib (ba‘zan ularni
krablarning o'zlari o'tqazib oladilar) ularni dushmanlardan himoya qiladilar. Kovakichlilar esa
o‗z navbatida krablardan transport vazifasida foydalanadilar hamda ulardan qolgan ovqat
qoldiqlari bilan ovqatlanadilar.
10.
Mutualizm (+,+). Birlashgan ikki populatsiya ham faqat foyda ko'radi, bu birlashish
ular uchun fovdalidir, bunday birlashgan organizmlar tabiiy sharoitda biri ikkinchisiz hayot
kechira oimaydi. Masalan, termitlar va ularning ichaklarida yashovchi xivchinlilar bunga
yaqqol misoldir. Bunda xivchinlilar termitlar qabul qilgan kletchatkani hazm qilishga yor-
dam beradilar, chunki termitlar kletchatkani mustaqil o'zlashtira olmaydi- lar. Xivchinlilar
ham termitlarsiz yashay olmaydilar. Chunki, ular uchun yashash sharoiti termitlar ichaklaridir.
Xuddi shunday holatni lishayniklar misolida ham ko'rish mumkin.
11.
Turlar o'rtasidagi munosabatlaming ikki va undan ko‗p tur uchun qulaylik
tug'diradigan iilini
o'zaro )vrdam deyiladi. Masalan, hasharotlar yordamida changlanadigan
o‗simliklar, changni bir o'simlikdan ikkinchi o'simlikka olib o'tadigan va shu bilan
o'simliklaming chetdan clianglanishini ta‘minlaydigan hasharotlarga muhtojdir. Boshqa
hollarda turlar orasidagi o‗zaro munosabatlar bir-biriga qarama-qarehi tarzda bo'lishi mumkin.
Yirtqichlikda bir tur hayvonlar boshqa tur hayvonlami yeydi. Ikkala tur tashqi muhitning bir
xil sharoitician foydalansa-yu, o‗sha shart-sharoit miqdori chegaralangan bo‗lsa, bunda bu
sharoitda yashaydigan turlar o'zaro raqobat tarzida munosabatda bo'ladi. Masalan, o'simliklar
yorug‗lik. tuproqdagi suv va meniral moddalar uchun raqobatda bo'ladi. Shox-shabbasi yaxshi
rivojlangan o'simliklar yorug'lik nurini ko'proq oladi, suv va mineral moddalardan yaxshi
foydalanadi hamda tez o'sadi va rivoj- lanadi, natijada, yorug'lik va boshqa mineral
moddalardan kamroq foy- dalangan turlami o'zining shox-shabbasi ostida qoldirib, ularning
o'sishi va rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Bir xil o'lja bilan ovqatlanadigan yirtqich hayvonlaming liar xil turlari o'rtasida ham ana
shunday raqobat qiladigan o'zaro munosabatlar mavjud. Mikroorganizmlardagi antibioz
qarama-qarshi munosabatlaming o'ziga xos shaklidir, chunonchi, penitsill zamburug'i organik
oziq moddalar uchun o'zi bilan raqobat qiladigan talaygina bakteriyalarning o'sishi va
ko'payishini to'xtatib qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: