Тошкент фармацевтика институти


Serial va Klimaks jamoalar. Mono va poliklimaks nazariyalar



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/176
Sana13.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#109838
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   176
Bog'liq
Ekologiya

Serial va Klimaks jamoalar. Mono va poliklimaks nazariyalar 
Shakllangan  nisbatan  dominant  tizimli,  o'z-o'zini  oqlay  oladigan  va  tashqi  muhit  bilan 
tenglikda bo'luvchi jamoani klimaks jamoa deyiladi. 


Klimaks  jamoalarda  ko'pincha  bitta  dominant  yoki  bir  ncchta  kodominant  turlar  bo'ladi. 
Dominantlik  ko'pincha  subycktiv  tushuncha  bo'lib,  odatda,  ko'p  biomassa  va  hosil  benivchi 
turlarni  dominantlar  deyiladi.  Klimaks  jamoalarga  O'zbekistonning  gil  tuproqli  cho'l 
mintaqasi- dagi shuvoq barra o'tli yaylovlarni misol qilib olish mumkin. Bu jamoada shuvoq 
individlar  soni  liamda  biomassa  hosil  qilishi  bo'yicha  boshqa  (yan-  toq,  chitir,  qo'ng'irbosh, 
qorabosh  va  hokazolar)  o'simliklarga  nisbatan  us-  tun  turadi.  Dcmak,  u  dominant  tur 
hisoblanadi. 
Sukscssiya nazariyasini  birinchi  bo'lib asoslab bcrgan kishi Klementsdir (1916). U Shimoliy 
Amerika  hududidagi  jamolarni  o'rganib  klimaks  jamoalar  tarkibining  o‗zgarishiga  asosiy 
sabab  iqlim  ekanligiga  ishonch  hosil  qildi.  Uning  tasawuricha  ma‘lum  bir  iqlim  sharoitida 
faqatgina bitta klimaks jamoa shakllanishi mumkin. Buni monoklimaks konsepsiya deyiladi. 
Hozirgi  kunda  esa  poliklimaks  konscpsiyasi  ko'proq  ishlatilmoqda.  Bu  nazariyaga  ko'ra 
klimaks  jamoalari  birgina  iqlim  omillari  asosida  emas,  balki  bir  qancha  fizik  omillar 
(drenajlar, tuproq, topografiya, yong'inlar) ta‘sirida ham shakllanishi mumkin. 
Poliklimaks  konsepsiyasining  haqiqatga  naqadar  yaqin  ekanligi  Markaziy  Osiyoning  cho‗1 
zonasida shakllangan klimaks jamoalaridan ko'rinib turibdi. Ma‘lumki, bu mintaqaning iqlimi 
deyarli  bir  xil  keskin  kontinental  hisoblanadi.  Qishi  sovuq,  yozi  esa  issiq  keladi. 
Yog'ingarchilik  miqdori  ham  chegaralangan  bo'lib,  uning  o'rtacha  yillik  miqdori  80—  120 
mm  ni  tashkil  etadi.  Yog'inlar  ham  asosan  kech  kuzda  va  qishda  hamda  bahor  oylarida 
yog'adi.  lyundan  oktabr  oyigacha  olti  oy  mobaynida  yog'ingarchilik  kuzatilmaydi.  Biroq  bu 
mintaqaning tuproq sharoiti turli xilda bo'lib, gil tuproqli, qum tuproqli, gips tuproqli va sho'r 
tuproqli  hududlarga  bo'linadi.  Ana  shunday  tuproq  sharoitlari  cho‗1  mintaqada  bir-  biridan 
o'simlik va hayvon turlari jihatidan farq qiladigan klimaks jamoa- larning shakllanishiga olib 
kelgan.  Chunouchi,  gil  tuproqli  cho'llarda  asosan  chala  buta  va  ko'p  yillik  o't  osimliklar 
hamda efemer va efeme- roidlardan tashkil topgan yuqorida bayon etilgan shuvoq barra o'tli 
klimaks jamoalari shakllangan bo'lsa, qumli cho'llarda buta, chala buta ko'p yillik o't, efemer 
va efemeroidlardan tashkil topgan saksovul, shuvoq barra o'tli klimaks jamoalar hosil qilgan. 
Bu jamoalarda dominant oq saksovul bo'lib, subdominantlarga shuvoq yoki singrenlar kiradi. 
Xuddi shunday tur va biomassasi  jihatidan bir-biridan farq qiluvchi  klimaks jamoalari  gipsli 
tuproqli va sho'r tuproqli hududlarda ham shakllangan. 
Uzoq  muddat  davomida  yashab  turadigan  jamoalarga  chin  klimaks  jamoa  deyiladi,  chunki 
ularda vaqtli klimaks jamoalarga qaraganda o'zga- rishlar nisbatan sekinlik bilan bo'lib turadi. 
Quruqlikdagi  tipik  klimaks  jamoalarga  misol  qilib,  barglari  to'kiluvchi  o'rmonlarni,  dasht, 
cho‗1 va tog' zonasi o'simliklarmi misol qilib olish mumkin. Bu o'rmonlar turlarga juda boy 
bo'lishadi. Masalan, Oksford (Angliya) o'rmonlarida 4 mingga yaqin hayvon turlari uchraydi. 
Shunday  ko'p  hayvon  turlarining  uchrashishiga  asosiy  sabab  ko'p  miqdorda  mik-  roiqlim 
sharoitining  mavjudligidir.  O'rmon  zonasining  muhim  xususiyat-  laridan  biri  bu 
o'simliklaming  yaruslar bo'ylab ko'p uchrashidir. Dastlabki mahsulotning ko'p qismi birinchi 
yarusdagi o'simliklar tamonidan yara- tiladi. Yerga yaqin joylashgan yarusda esa eng intensiv 
ravishda  organik  moddalarning  parchalanishi  bo'lib  turadi.  Hayvonlar  esa  hamma  yarusdagi 
burchaklarda uchraydi. 
Suksessiyalar  natijasida  jamoalar  mahsuldorligining  oshib  borishi  to'g'rLsidagi  dastlabki 
tushunchasini  1942-yilda  Lindeman  aytgan  edi.  Ke-  yingi  kuzatishlar  shuni  ko'rsatadiki, 
suksessiyaning  oxirgi  davrlarida  jamoalar  mahsuldorligi  chindan  ham  orta  boradi.  Biroq 
klimaks jamoaga o'tgandan so‗ng uning umumiy mahsuldorligi pasaya boradi. Shunday qilib, 
keksaygan o'rmonlarda mahsuldorlik yosli o'rmonlaiga qaraganda anclia past bo‗ladi, shunga 
o‗xshash mahsuldorlikning pasayishini ba‘zi bir suv ekosistemalarida ham kuzatish mumkin. 
O'rmonlardagi  mahsuldorlikning  kamayishini  daraxt-  larning  eskirganligi,  qariganligi  bilan 
tushuntirish mumkin.  Shakllangan kli- maks jamoalarda biomassaning to'planishi suksessiya 
davrlariga  qaraganda  ko'proq  bo'ladi.  Oiganizmlaraing  faoliyati  natijasida  tashqi  muhit  vaqt 
o'tishi  bilan  o‗zgarib  boradi.  Bunga  misol  qilib  qumliklarda  suksessiyalarning  hosil  bo'lish 
jarayonini  olish  mumkin.  Masalan,  Shimoliy  Amerikadagi  Michigan  ko‗U  atrofidagi 


suksessiyalarning  shakllanishi  yaxshi  o'rganilgan.  Bu  yerlarda  qumlikning  stabbillanishi 
natijasida  oziq  moddalarga  talabi  ko'p  bo‗lmagan  daraxt  o'simliklarining  (terak,  qarag'ay) 
o'sishiga  imkon  tug'ilgan.  Kcyinchalik  ulaming  faoliyati  natijasida  uzoq  vaqt  davomida 
organik  mod-  dani  o'zida  to‗plovchi  tuproq  qatlami  hosil  bo‗la  boshlagan  va  azot  to'plovchi 
bakteriyalar ko'payib ular tuproqni azot birikmalari bilan bo- yitganlar va natijada bu yerlarda 
dominant turga aylangan dub doimiy o'sa boshlagan. Bu yerda suksessiyaning shakllanishida 
tuproq omili asosiy rol egallagan. Biroq suksessiyaning to'la shakllanib tamom bo'lishi uchun 
yana ming yillar talab etiladiki, ana shu davrda tuproq to'la shakllanadi hamda shu sharoitga 
moslashgan  o'simliklar  kcyinchalik  doimiy  o'sa  boshlaydi  va  klimaks  jamoa  hosil  bo'ladi. 
Suksessiyaning  keyingi  davrlarda  jamoaning  shakllanishida  biotik  omillaming  o'zaro  ta‘siri 
kuchayib,  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Oiganizmlaming  turli-tumanligi  ortadi  va  so'zsiz 
ulaming bir- biriga ta‘siri murakkablashib boradi. 
To'liq suksessiya ba‘zan seriya deb ataladi. Seriyalar seriya jamoa qa- torlarini hosil qiladilar. 
O'xshash  yashash  sharoitlarida  bir-biriariga  yaqin  (o'xshash)  suksessiyalar  bo'ladi.  Ana 
shunga  qarab  suksessiyalami  yashash  sharoitlariga  ko'ra  klassifikatsiyalash  mumkin. 
Chunonchi,  suv  sharoitida  rivojlangan  suksessiyalami  gidroseriya,  sho'rlangan  joylanda 
rivojlangan suksessiyalami galoseriya deyiladi. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish