Тошкент фармацевтика институти



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/176
Sana13.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#109838
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   176
Bog'liq
Ekologiya

 
Turlararo raqobatlilik 
Populatsiyalar va ularning individlari orasida ozuqa (ovqat), yorug'lik, issiqlik, maydon  yoki 
yotoq joylari uchun doimo kurash bo'lib turadi. U yoki bu joyda yashaydigan ikkita tur bir xil 
trofik  (ozuqa)  darajada  bo'lsa  (bir  xil  ovqatlansa),  ular  orasidagi  oziqlanish  uchun  kurash 
(konkurensiya)  kuchli  bo'ladi,  natijada,  bir  tur  ikkinchi  tumi  asta-sekin  siqib  chiqarishi 
mumkin.  Masalan,  o'zimizda  ekilgan  bedazorlarda  bir  necha  yil  begona  o'tlarga  qarshi 
kurashilmasa, sekin-asta begona o'tlar bedani siqib chiqaradi, uning o'sishiga to'sqinlik qiladi. 
Yoki ekilgan g'o'za begona o'tlardan tozalanmasa, ular orasida yomg'lik, namlik, ozuqa uchun 
kurash  bo'lib,  g'o'zaning  o'sishi,  rivojlanishi  va  hosildorligini  keskin  kamaytirib  yuboradi. 
Got/zening  1934-yilda  infuzoriyalar  bilan  olib  boFgan  tajribalarga  murojaat  qilsak,  ya‘ni 
ikkita  infuzoriya  turi  bir  xil  sharoitda  parvarish  qilin-  ganda  bir  turi  (Paramecium  auretia) 
raqobatbardosh  bo'lib,  ikkinchi  turdan  (Paramecium  Saudadum)  asta-sekin  ustun  kela 
boshlagan va oxirgi turning soni kamayib 20 kundan keyin mutlaqo yo'qolib ketgan. 
Gauze  asoslagan  bu  prinsip,  ya‘ni  konkurent  (raqobatlik)  yo'qolish  prinsipi  keyinchalik 
hayvonlarda  o'tkazilgan  boshqa  xil  tajribalarda  ham  o'z  isbotini  topdi.  Xuddi  shunday 
konkurentlik  bclgilari  yuqorida  keltiril-  gan  misolimizdagidek  o'simliklar  populatsiyalarida 
ham uchraydi. 
Raqobatlik  oqibatlari  turli  xil  bo'ladi.  Turlararo  raqobatlilik  shu  ikki  tur  o'rtasidagi 
muvofiqlikni  tiklaydi  yoki  ular  orasidagi  kurash  keskin  borsa,  unda  bir  populatsiya  turlarini 
ikkinchi  bir  popopulatsiya  turlari  bilan  almashtirishga  olib  kelishi  mumkin  yoki  bir  tur 
yo'qolib  uning  o'mini  ik-  kinchisi  egallaydi  yoki  bo'lmasa  raqobatda  bo'lgan  turlarning  biri 
boshqa  yashash  joyiga  ko'chishi  yoki  boshqa  xil  ozuqa  bilan  oziqlanishiga  o'tishi  mumkin. 
O'simliklar  o'rtasidagi  raqobatlilik  darajasini  Dj.L.Xarper  (1961,  1962,  1963)  Sebarganing 
ikki turi misolida o'rganib isbotlab berdi. 
Trifolium  repens  tez  o'sib  maksimal  barg  hosil  kiluvchi  tur,  ikkinchisi  trifolium 
fragiferumning  barg  dastasi  uzun  bo'lib,  uning  barglari  asosan  poyaning  uchida  joylashadi. 


Shu sababli ham bu tur tez o'suvchi T.repens ga nisbatan yuqori yarusni oson egallab oladi va 
quyoshdan to'liq foydala- nadi. 
Ikki  tur  aralashtirib  ekilganda  har  biri  ikkinchisining  o'sishiga  to'sqinlik  qiladi,  biroq  ikkala 
tur ham hayot siklini tugallab urug‗ hosil qi- lishga ulguradilar. Lekin maydonda har ikkala 
turning zichligi past dara- jada bo'ladi. 
Ko'rinib turibdiki, ikki tur orasida raqobatlik kurash keskin bo'lib tursa ham ular morfologik 
belgilari  va  maksimal  o'sish  davrlaridagi  farq  qiluvchi  xususiyatlari  bilan  bemalol  birga 
yashash  imkoniyatiga  egadirlar.  Xarper  1961-yilda  ana  shu  tajribalarga  asoslanib  ushbu 
xulosaga keladi: 
Ikki  tur  orasida  quyidagi  mexanizmlar  mavjud  bo‗lgan  taqdirda  ular  birga  yashash 
imkoniyatiga ega bo‗ ladiIan 
1. 
har xil ozuqa bilan oziqlansalar (misol, dukkaklilar va dukkakli bo'lmagan turlar); 
2. 
hayvonlaming yeyishiga turlarning har xil sezgirlik darajasi mavjud bo'lganda; 
3. 
har xil toksik moddalarga turlarning turlicha ta‘sirchanligi ku- zatilganda; 
4. 
yorug'lik, suv va shu kabi omillapga turlarning ijobiy ta‘siri mavjud bo'lganda. 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish