Gaz almashinish funksiyasi fotosintez va nafas olish jarayonlariga bog‗liq. Avtotrof
organizmlarning organik moddalarni sintezlash jarayonida qadimgi atmosfera tarkibidagi
korbonat angidrid ko‗p miqdorda sarflanadi. YAshil o‗simliklar toboro ko‗payib borishi bilan
atmosferaning gaz tarkibi xam o‗zgara boshlaydi. Korbonat angidrid miqdori kamayib,
kislorod orta boshlaydi. Atmosfera tarkibidagi kislorodning xammasi tirik organizmlar
faoliyati natijasida xosil bo‗ladi. Nafas olish jarayonida kislorod sarflanib, karbonat angidrid
xosil bo‗ladi va yana atmosferaga chiqariladi. SHunday qilib tirik organizmlarning faoliyati
natijasida xosil bo‗lgan atmosfera xozirgi davrda xam ularning faoliyati tufayli saqlanib
turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |