Quruqlik yuzasining asosiy qismini tuproq biogeotsenozlari egallaydi. Tuproqning hosil
bo‗lishi juda murakkab jarayon bo‗lib, uning tarkib topishida tog‗ jinslari birlamchi
axamiyatga ega. Tog‗ jinslariga mikroorganizmlar, o‗simlik va hayvonlarning taosirida
Erning tuproq qatlami asta-sekin shakllanadi. Organizmlar o‗zining tarkibida biogen
elementlarini to‗playdi. O‗simlik va hayvonlar o‗lganidan, parchalanganidan keyin ulardagi
elementlar tuproq tarkibiga o‗tib, biogen elementlar to‗planib boradi. SHuningdek oxirigacha
parchalanib ulgurmagan organik moddalar xam tuprokda tuplanadi. Tuprokda tirik
organizmlar xam zich joylashgan. Masalan, 1t qora tuproqda mikroorganizmlarning soni
25x108 ga etishi mumkin, 1 ga tuproqda 2,5 millionga yaqin yomg‗ir chuvalchangi yashashi
mumkinligi aniqlangan. Tuproqda gazlar almashinishi xam tinmasdan davom etib turadi.
Havo tarkibidagi kislorod o‗simliklarga yutiladi va kimyoviy birikmalar tarkibiga kiradi. Azot
esa ayrim bakteriyalar tomonidan o‗zlashtiriladi. Kunduzi tuproq qiziganda undan karbonat
angidrid, vodorod sulg‗fid, ammiak ajraladi. SHunday qilib, tuproq biogen usulida xosil
buladi. U anorganik va organik moddalardan xamda tirik organizmlardan tashkil topadi.
Biosferadan tashqarida tuproqning hosil bo‗lishi mumkin emas. Tuproq tirik organizmlarning
yashash muxiti bo‗lib, undan o‗simliklar o‗ziga oziq moddalar bilan suvni oladi. Tuproqda
kechadigan jarayonlar moddalarning biosferada aylanishining tarkibiy qismini tashkil etadi.
Odamning xo‗jalik faoliyati ko‗pincha tuproq tarkibining tobora o‗zgarishiga, undagi
mikroorganizmlarning nobud bo‗lishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun xam tuprqdan
oqilona foydalanish tadbirlari ishlab chiqilishi zarurdir.
Okean biomassasi. Suv biosferaning muxim tarkibiy qismlaridan bo‗lib, tirik
orgnizmlarning yashashi uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Suvning asosiy qismi
okean, dengizlardayu Okean va dengiz suvi tarkibiga 60 ga yaqin kimyoviy elementdan iborat
bo‗lgan mineral tuzlar kiradi. Organizmlar xayoti uchun juda zarur bo‗lgan kislorod va
karbonat angidrid gazlari suvda yaxshi eriydi. Suvdagi xayvonlar nafas olish jarayonida
karbonat angidrid ajratadi. O‗simliklar fotosintezi natijasida esa suv kislorod bilan boyiydi.
Okean suvlarining 200 m gacha bo‗lgan eqori qatlamida bir xo‗jayrali suv o‗tlari juda ko‗p
bo‗lib, ular mikroplanktonni (yunoncha «planktos» - sayyor, ko‗chib yuruvchi degan so‗zdan
olingan) xosil qiladi. Sayyoramizdagi fotosintez jarayonining 30 foizga yaqin suvda kechadi.
Suv o‗tlari quyosh energiyasini qabul qilib, uni kimyoviy reaksiyalar energiyasiga aylantiradi.
Suvda yashaydigan xayvonlarni oziqlanishida plankton asosiy axamiyatga egadir. Suvning
tupiga yopishib xayot kechiradigan organizmlar bentos deb ataladi ( yunoncha «bentos» -
chuqurdagi degan so‗zdan olingan). Okeanning tupida juda ko‗p bakteriyalar mavjud bo‗lib,
ular organik moddalarni onorganik moddalarga aylantiradi. Gidrosfera xam biosferaga kuchli
taosir ko‗rsatadi. Gidrosfera sayyorada issiqlik va namlikning taqsimlanishida, moddalar
aylanishida muxim rol o‗ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: