Тошкент фармацевтика институти


Ekologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/176
Sana13.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#109838
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   176
Bog'liq
Ekologiya

Ekologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi  
Rossiyada  ekologiyaning  rivojlanishida  K.F.Rule  asarlari  katta  rol  o‗ynagan.  Uning 
asarlarida  xayvonlarni  boshqa  ornanizmlar  va  obiotikmuxit  bilan  o‗zaro  bog‗liq  xolda 
o‗rganish zarurligi ta‘kidlangan. XIX asr o‗rtalarida agrokimyo fani katta yutiqlarga erishdi. 
Ekologiyaning  mustaqil  fan  sifatida  shkaillanishaga  CH.Darvinning  ―Turlarning  kelib 
chiqishi...‖ (1859) asari katta ta‘sir ko‗rsatdi.  
XX  asr  boshlarida  o‗simlik  va  xayvonlarning  abiotik  muxit  bilan  birgalikda  o‗zaro 
ta‘sirini  tekshirish  masalasi  qo‗yildi.  Bu  masala  xao  etilgach,  ichki  suv  xavzalarini 
o‗rganishda  katta  muvaffaqiyatlarga  erishildi.  Suvli  muxitdagi  xar  xil  formali  xayot 
to‗g‗risidagi  fan  gidrobiologiya  deb  ataldi.  Gidrobiologlar  tabiatdagi  moddalar  aylanishi  va 
energiya  trasfarmatsiyasida  organizmlarning  rolini  birinchi  bo‗lib  o‗rgana  boshladilar.  Ular 
ekologiyaning  rivojlanishi  uchun  muhim  bo‗lgan  biomassa  (nkmis  olimi  R.Demol)  va 
biotsenoz mahsuloti (R.Demol va nemis olimi A.Tineman) tushunchalarini ta‘riflab berdilar.  
Quruqlikda  moddalar  aylanishini  miqdoriy  jixatdan  o‗rganish  ishlari  keyinroq  (XX 
asrning 
30-50-yillaridan) 
boshlandi. 
Bu 
ishlarning 
rivoj 
topishiga 
Rossiyada 
tuproqshunoslikning  paydo  bo‗lishi,  xususan,  XIX  asr  oxirida  V.V.Dokuchaevning  tuproq 
muxitning abiotik va biotik tarkiblari o‗zaro ta‘siri natijasida vujudga kelgan maxsus jisimlar 
deb  talqin  etgan  tasavvuri  asos  bo‗ldi.  XX  asr  boshlarida  quruqlikdagi  ekologik  tadqiqot 
ishlarini  botaniklar  va  zoologlar  aolhida-aloxida  olib  bordilar.  O‗simlik  guruxlariga  katta 
e‘tibor  berildi.  O‗simlik  guruxlarining  tuzilish  qonuniyatlarini  o‗rganuvchi  fitosotsiologiya 
(keyinroq  fitotsenoloiya)  fani  paydo  bo‗ldi.  SHu  davrda  guruhlarning  almashinish  protsessi 
qonuniyati 
–  suksessiya  jadal  tadqiq  etildi.  O‗simlik  guruxlarini  o‗rganishda 
G.F.Morozovning  ―O‗rmon  to‗g‗risida  ta‘limot‖  (1912)  va  V.N.Sukachyovning  ―O‗simlik 
guruxlari  xaqidagi  ta‘limotiga  kirish‖  (1915)  asarlari  muhim  rol  o‗ynadi.  Nazariy 
ekologiyaning  rivojlanishiga  ingliz  olimi  CH.Eltonning  ―Xayvonlar  ekologiyasi‖  (1927) 
kitobi xam katta ta‘sir ko‗rsatdi.  
20-30-yillarda  akademik  V.I.Vernadskiy  biosfera  to‗g‗risidagi  ta‘limotini  yaratdi. 
V.I.Vernadskiyning  g‗oyalari  butun  jaxogna  ekologik  tafakkurga  katta  ta‘sir  ko‗rsatdi.  Rus 


olimi  G.F.Gauzening  eng  sodda  xayvonlar  va  mikroorganizmlar  to‗g‗risidagi  olib  borgan 
eksperimental ishlari butun jahonga mashhur bo‗ldi.  
Ekologik  g‗oyalarni  rivojlantirishda  va  kadr  tayyorlashda  D.N.Kashkarovning 
―O‗simliklar guruhi va muxit‖ (1933) hamda ―Xayvonlar ekologiyasi asoslari‖ (1938) asarlari 
muhim  rol  o‗ynadi  va  hozirgi  kungacha  o‗z  axamiyatini  yo‗qotmagan.  Rus  botaniklari 
V.N.Sukachyov boshlagan fitotsenologiyadagi eksperimental yo‗nalishni ishlab chiqdilar, bu 
yo‗nalishning asosiy vazifasi turlar ichidagi va turlar aro raqobatni tekshirishdir.  
Ekologiyani  rivojlantirish  uchun  ekosistema  va  biogeotsenoz  tushunchalarning 
shakillanishi katta axamiyatga ega bo‗ldi. Ingliz olimi A.Tensli (1935) birgalikda yashaydigan 
organizmlar (avtotroflar va geterotroflar)ning xar qanday to‗dasini va ular xayoti uchun zarur 
abiotik muxitni ekosistema deb tushunadi. Biogeotsenozaning V.N.Sukachyov asoslab bergan 
juda aniq tushunchasi er yuzining muayyan teritoriyasida yashaydigan o‗simliklar, xayvon va 
mikroorganizmlarning shu territoriya landshafti, iqlim, tuproq xamda gidrolik sharoitlari bilan 
birligini anglatadi. Bu tushunchalarning kiritilishi ekologiyaning xar xil bo‗limlarini bir-biriga 
yaqinlashtirish  imkonini  beradi  va  ekosistema  doirasida  moddalar  aylanishi  va  energiya 
oqimini o‗rganish singari umumekologik muammolarni qo‗yishga olib keladi.  
Undan  tashqari  rus  olimlaridan  B.A.Keller,  V.V.Alexin,  V.G.Ramenskiy,  chet  el 
olimlaridan  F.Klements,  K.Raunkier,  I.Baraun-Blake,  G.Odum,  YU.Odum  va  boshqalarning 
fitotsenologiya 
xamda 
umumiy 
ekologiya 
asoslari 
soxasidagi 
ishlari 
umumiy 
biotsenologiyaning rivojlanishiga katta xissa qo‗shdi.  
Xozirgi zamon ekologiyasining xarakterli xususiyati butun biosferani qamrab oluvchi 
protseslarni  tadqiq  etishdir.  Odam  va  biosfera  o‗rtasidagi  o‗zaro  ta‘sirlashuv  sinchiklab 
o‗rganilmoqda.  Xalqaro  biologik  pragramma  doirasida  o‗tkaziladigin  ishlar  1964  yilda 
boshlandi,  uning  asosiy  maqsadi  –  er  sharining  xar  xil  joylaridagi  ekosistemalarning 
maxsuldorligini  o‗rganish.  Ekologiyaning  asosiy  vazifasi  odam  yaratgan  va  tabiiy 
sistemalarning  strukturalari  xamda  funksiya  bajarish  asoslarini  miqdoriy  uslublar  yordamida 
batafsil  o‗rganishdan  iborat.  Individlarning  joylashishi,  populyasiyaning  yoshi,  jinsiy  va 
ekologik strukturasini o‗rganish xam ekologiyasiga kiradi. Asosiy turlar: qishloq xo‗jalik va 
o‗rmon  xo‗jaligi  zararkurandalari,  kasallik  qo‗zg‗atuvchi  va  tarqatuvchilar  populyasiyalari 
soning o‗zgarishiga alohida e‘tibor beriladi.  
Populyasion  ekologiya  genetika,  fiziologiya,  etologiya,  biogeografiya,  sistematika, 
demografiya 
bilan 
biogeotsenologiya 

biokimyo 
tuproqshunoslik, 
gidrologiya, 
gidrokimyoviy  iqlimshunoslik  va  boshqa  fanlar  bilan  bog‗liq.  Falsafa,  fizika,  matematika 
yutuqlari  ekologiyaga  katta  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Kishilik  jamiyatning  xozirgi  rvojlanish 
bosqichida  odamning  biosferaga  ta‘siri  ortdi.  Ekologiyaning  amaliy  axamiyati  o‗sdi. 
Ekologiya tabiat resurslarini qo‗riqlash va ulardan foydalanish bilan bog‗liq bo‗dgan hamma 
tadbirlar usun ilmiy baza bo‗lib xizmat qilishi kerak.  

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish