o‗simlik o‗sishi uchun qulay, undan yuqorisi esa, noqulay xisoblanadi. G‗o‗za o‗simligi
uchun maksimum nuqta 46-47°S deb qarash mumkin.
Muxitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri-old
qo‗shimchasini qushib, tor doirada moslashganlarga steno-old qo‗shimchasini qo‗shib
nomlanadi. Temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid,
stenogidrid, sho‗rlanishga nisbatan evrigal, stenogal. Ekologik omillarniig ta‘sir etish kuchi
bilan organizmda bo‗ladigan o‗zgarishlarning o‗zaro ta‘siri bosimga nisbatan evribat, stenobat
ekologik guruxlar ajratiladi.
Tashqi muxitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‗indisi turning-
ekologiya spektrini tashkil etadi. Masalan, cho‗lda o‗suvchi sho‗raklar tuproqning sho‗rligiga,
kurg‗okchilik va yuqori tsmperaturaga yaxshi moslashgan. Ushbu omillarga moslanish
shuraklarning ekologik spektrini tashkil etadi. Boshqa turlar tuproq sho‗rlanishiga chidamsiz
ekanligini ko‗rish mumkin.
Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga tug‗ri kelmaydi. Xatto bir xil sharoitda
yashayotgan va moslashish xususiyati xam o‗xshash bo‗lgan turlar ozmi-ko‗pmi miqdorda
o‗zining ekologik imkoniyatiga ega bo‗ladi. Izen va teresken o‗simliklari kurg‗okchil va issiq
sharoitga moslashgan turlar xisoblanib, ulardan birinchisi nisbatan kurg‗okchilikka xam,
yuqori xaroratga xam biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi.
Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga xam turlicha ta‘sir etadi. Sovuq
qonli xayvonlar uchun xavo temperaturasiiing 40-45°S bo‗lishi modda almashinuvi jarayonini
tezlashtiradi, ammo ularning faolligi, ya‘ni xarakatlanishi susayadi. Bunda xayvonlar tinim
xolatiga o‗tadi.
Ayrim individlarning tashqi muxit omillariga chidamlilik darajasi, kritik nuqtalari,
optimal zonasi xam tug‗ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy, yosh yoki fiziologik
xususiyatlari bilan bog‗lik, bo‗lishi mumkin. Don maxsulotlari va unda yashovchi mita
kapalagining g‗umbagn uchun kritik temperatura - 7°S ni tashkil etsa, katta yoshdagilari
uchun 22°S, tuxumlari uchun esa - 27°S. -10°S, temperatura g‗umbakni nobud qiladi, ammo
ularning davri va tuxumlariga ta‘sir etmaydi.
Muxitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta‘sir etadi. Ushbu
omillarning ta‘siri boshqa omillarning mikdoriga bog‗liq bo‗ladi. Buni omillarning uzaro
ta‘sir etish qonuniyati deyiladi.
Organizmning normal xayoti uchun ma‘lum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha
shart-sharoitlar qulay bo‗lib, ulardan biri etarli miqdorda bo‗lmasa, uni cheklovchi omil deb
ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini
belgilab beradi.
Turlarning shimolga tomon siljishiga temperatura omilining etishmasligi ta‘sir etsa,
kurgokchil rayonlarda esa namlik yoki yukori temperaturaning ta‘siri cheklovchi xisoblanadi.
CHsklovchi omillar fakatgina abiotik omillar bulib kolmay, balki biotik omillar xdm bulishi
mumkin. Gulli usimliklar turlarini biror joyga iklimlashtirishda ularni changlatuvchn
xdsharotlar cheklovchi omil buladi. CHsklovchi omillarnn anikdash amaliy jixatdan muxim
axamiyatga ega.
Organizmning yaxshi o‗sishi, rivojlanishi abiotik omillarning optimal (zona) sharoiti
ta‘sirida bo‗lsa, ularning yomon xolati .... (nobud bo‗lishi) minimal sharoitda, ya‘ni abiotik
omillarning salbiy ta‘siri natijasida yuzaga keladi
Do'stlaringiz bilan baham: