Soliq funksiyalari. Har qanday davlatda soliqlarning roli ular
bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi. Soliq funksiyasi deganda, uning
mohiyatining harakatda namoyon bo‘lishi, uning xususiyatlarini ifodalash
uslubi tushuniladi.
27
Funksiya ushbu iqtisodiy kategoriyaning qiymatni taqsimlash va
daromadlarni qayta taqsimlash vositasi sifatidagi ijtimoiy vazifasi qay
tarzda amalga oshirilishini ko‘rsatadi.
Soliqlarga fiskal, rag’batlantirish, tartibga solish va qayta
taqsimlash funksiyalari xosdir.
Soliqlarning fiskal funksiyasi ular tabiatining o‘zi bilan belgilanadi,
ular majburiy tartibda va beg‘araz davlat daromadiga kelib tushadi hamda
davlat tomonidan o‘z xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Fiskal
funksiya vositasida soliqlarning bosh ijtimoiy vazifasi amalgaoshiriladi -
budjet tizimi va budjetdan tashqari jamg‘armalarda to‘planadigan davlat
moliyaviy resurslari shakllantiriladi hamda ular davlat o‘z funksiyalarini
bajarishi uchun foydalaniladi. Soliqlarning fiskal funksiyasi davlatga
moliyaviy mablag‘larning asosiy qismini yo‘naltirish uchun imkon beradi.
Fiskal funksiya davlat budjetini shakllantirishda soliqlarni rolini
belgilaydi. Lekin soliq siyosatining vazifasi faqat budjetni to’ldirish
bo’lishi kerak emas. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Soliq
siyosatining vazivasi – bir tomondan, budjet daromadining barqaror
savarbarligini ta’minlashdan, ikkinchi tomondan – korxonalarni respublika
uchun zarur bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqrishni rag’batlantirishdan
iborat”.
9
Davlat ayrim sohalarni, tarmoqlarni qo’llab-quvvatlash, rivojlantirish
maqsadida ma’lum bir yengilliklar, soliq imtiyozlarini berish orqali
rag’batlantirish funksiyasini amalga oshiradi.
Masalan, Soliq kodeksining 158-moddasiga asosan yuridik shaxslarning quyidagi foydasi
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini to'lashdan ozod qilinadi: protez-ortopediya
buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik
protezlash xizmati ko'rsatishdan, nogironlar uchun mo'ljallangan protez-ortopediya buyumlari va
inventarlarni ta'mirlash hamda ularga xizmat ko'rsatishdan olingan foydasi; shahar yo'lovchilar
transportida (taksidan, shu jumladan yo'nalishli taksidan tashqari) yo'lovchilarni tashish bo'yicha
xizmatlar ko'rsatishdan olingan foydasi; tarix va madaniyat yodgorliklarini ta'mirlash hamda qayta
tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi. Shuningdek mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlar jarayonida tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida qator
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek oxirgi yillarda mamlakatimizda soliq to’lovchilarga yengillik berish maqsadida
soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirishga, soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni
liberallashtirishga hamda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2015 yil 15 maydagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash,ularni jadal rivojlantirish
yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga asosan Respublika
iqtisodiyotida xususiy mulkning o'rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi to'siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali
9
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.Ozbekiston.1998.B.65
28
ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni
bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Unda: xususiy mulkni himoya qilish
kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan ma'muriy va jinoyat
qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish; barcha turdagi ro'yxatdan o'tkazish, ruxsat
berish va litsenziyalash; xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur
shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish (soliq tekshiruvini kamaytirish) va boshqa masalalar inobatga
olingan.
Shundan kelib chiqib, 2015 yil 20 avgustda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni
yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan
o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan
mazkur subyektlarga bir qator yengilliklar berildi.
Soliqlarning tartibga solish funksiyasi shundan iboratki, ular ijtimoiy
ishlab chiqarish, uning tuzilmasi va dinamikasiga, fan-texnika
taraqqiyotini tezlashtirishga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim vosita
bo‘lib xizmat qiladi. Soliqlar vositasida ishchanlik faolligini
rag‘batlantirish yoki, aksincha, uni cheklash mumkin. Soliqlar
yordamida proteksionistik iqtisodiy siyosatni olib borish yoki tovar
bozoriga erkinlikni ta’minlash mumkin. Soliqlarni tartibga solish
funksiyasi orqali iqtisodiyot, ishlab chiqarish va aholining daromadlari
tartibga solinadi.
Masalan, aksiz solig’ini belgilash orqali ayrim iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish yoki
realizatsiya qilishni tartibga solish; iqtisodiyot tarmoqlarini tartibga solish maqsadida
soddalashtirilgan soliq tizizmini joriy qilsh; aholining daromadlarini tartibga solish maqsadida
jismoniy shaxslarning daromadiga o’sib boruvchi shkala asosida soliq solish (ya’ni eng kam ish
haqining bir baravarigacha miqdordagi daromad summasiga 0 foiz; eng kam ish haqining bir
baravaridan (+1 so’m) besh baravarigacha miqdordagi daromadiga eng kam ish haqi miqdorining
bir baravaridan oshadigan summaning 7,5 foizi; eng kam ish haqining besh baravaridan (+1
29
so’m) o’n baravarigacha miqdordagi daromadiga besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish
haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summaning 17 foizi; eng kam ish haqining o’n
baravaridan (+1 so’m) va undan yuqori miqdordagi daromadiga esa o’n baravar miqdordan soliq
+ eng kam ish haqi miqdorining o’n baravaridan oshadigan summaning 23 foizi soliq
stavkalarini belgilanishi)
Tub iqtisodiy islohotlar sharoitida soliqlarning tartibga soluvchilik
roli kuchayib boradi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining o‘z
modelini tashkil etishning eng muhim elementlaridan biri ishlab
chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqaruvidan chetga chiqish, tovar
ishlab chiqaruvchilarning o‘zlariga, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikdan
kelib chiqqan holda, qanday faoliyat bilan shug‘ullanish va qanday
mahsulot ishlab chiqarishni belgilashda erkinlik berish hisoblanadi. Shu
munosabat bilan tadbirkorlik faoliyatining tartibga soluvchi bosh
dastaklaridan biri soliqlar bo‘lib qoladi.
Shuni aytish kerakki, soliqlardan iqtisodiyotni tartibga soluvchi
vosita sifatida foydalanish konsepsiyasi dastlab 1936 yili ingliz
iqtisodchisi J.Keyns tomonidan ishlab chiqilgan edi. Ushbu konsepsiyaga
muvofiq soliqlar jamiyatda iqtisodiy munosabatlarni faqat tartibga solish
uchun mavjud. Biroq ushbu konsepsiya iqtisodiyotni ma’muriy-
buyruqbozlik uslublariga asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarish sharoitlarida
o‘z ifodasini topa olmas edi va tabiiyki, u fanga qarshi burjua nazariyasi
sifatida keskin tanqidga uchradi.
Soliqlardan tadbirkorlikni tartibga solishning samarali vositasi
sifatida foydalanish qayishqoq soliq siyosatini olib borishni talab qiladi,
uning mohiyati, bir tomondan, budjet daromadlari to‘ldirilishini
ta’minlash,
ikkinchi
tomondan
esa,
ishbilarmonlik
faoliyatini
rag‘batlantirish, korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish,
tadbirkorik va investitsion faoliyatni rivojlantirishdan iborat.
Soliqlarning
tartibga
soluvchilik
funksiyasi
iqtisodiyotni
rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatilishi uchun
muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda. Bu tadbirlar ijtimoiy ishlab chiqarish
tuzilmasiga va davlat budjeti daromadlari o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Soliq chora-tadbirlari investitsion faoliyatni rag‘batlantirish (masalan,
foydaning investitsiyalarga ajratiladigan qismiga soliq solinmaydi),
mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda keng qo‘llanadi.
Jumladan, soliqlar
yordamida ishlab chiqarish, masalan ma’lum bir ishlab chiqaruvchilarga nisbatan imtyozlarni
belgilash, iste’mol masalan, aksiz solig‘ini joriy qilish, aholining daromadlari esa jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga nisbatan o‘zgaruvchan stavkani, ya’ni jismoniy
shaxslarning daromadi oshib borishi bilan soliq stavkasini oshib borishi orqali tartibga solinadi.
Iste’mol masalan, aksiz solig‘ini joriy qilish orqali tartibga solinishi mumkin.
30
Soliqlarning qayta taqsimlash funksiyasi mavjudligi shu narsa bilan
belgilanadiki, “soliq tizimi yalpi milliy mahsulotni qayta taqsimlashni
amalga oshiradi va bu bilan u iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish,
aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashda bevosita ishtirok etadi”.
10
Soliqlar yordamida davlat yuridik va jismoniy shaxslarning foydasi
(daromadi)ni, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun
yo‘naltirib, qayta taqsimlaydi. Eng yuqori daromadlarga soliq solishning
o‘zgaruvchan shkalasini belgilab, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan
fuqarolarni soliqlardan qisman yoki to‘liq ozod qilish-soliqlarning ijtimoiy
yo‘naltirilganligini anglatadi. Soliq solish orqali “ayrim ijtimoiy guruhlar
daromadlari o‘rtasidagi farqlarni kamaytirib, yo‘qotib borish maqsadida
nisbatlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ijtimoiy tenglikni qo‘llab-quvvatlashga
erishiladi”.
11
Soliqlar funksiyalari doimiy ravishda rivojlanib boradi va bunda ular
bir-biriga juda bog‘liq bo‘lib, bir vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu holat
ular o‘rtasida muayyan qarama-qarshiliklarni ham yuzaga keltiradi.
Davlatning soliqlarni oshirish yo‘li bilan keyinchalik ularni budjet orqali
iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani rivojlantirishga ta’sir etish uchun o‘z
qo‘lida imkon qadar ko‘proq moliyaviy mablag‘larni to‘plashga bo‘lgan
intilishi ularning fiskal funksiyasini kuchaytirishga olib keladi. Shu bilan
birga, davlat tomonidan soliqlar yordamida qancha ko‘p mablag‘ olinsa,
foyda (daromad) olish maqsadidagi faol ish-faoliyatga bo‘lgan qiziqish
shunchalik kamayadi, ya’ni tartibga soluvchi funksiya samaradorligi
pasayadi. Demak, soliqlarning fiskal va rag‘batlatlantiruvchi mohiyati
o‘rtasida muvozanat bo‘lishiga rioya qilinishi shart. Bir tomondan, ular
budjetga moliyaviy mablag‘larning eng ko‘p darajada kelib tushishini
ta’minlashi, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga
yordam berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |