Toshkent davlat yuridik universiteti


majburiyligi, ularni joriy etish va undirib olish tartibi, soliqning aniq



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   256
majburiyligi, ularni joriy etish va undirib olish tartibi, soliqning aniq 
miqdorini 
hamda 
uni 
amalga 
kiritishning 
aniq 
muddatini 
belgilashdan iborat.
6
  
                                                           
4
 I.Karimov. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. Ma’ruza. “Soliq 
va bojxona xabarlari” gazetasi. 2010 yil 1 fevral 5 (809). 
5
A.Li O'zbekiston Respublikasining moliya huquqi. Darslik. / Mas'ul muharrir: M.H.Rustamboev.  
– T.: TDYUI, 2004. – 398 b. 
6
Химичева Н.И.Финансовое право: учебно-методический комплекс – М. Норма, 2007. 
 
 
 


24 
 
Soliq to‘lovlarining beg‘arazliligi shuni anglatadiki, soliqlar shaklida 
budjetga kiritiladigan pul mablag‘lari maqsadli yo‘nalishga ega emas. Ular 
yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  davlat  mulkiga  beg‘araz  o‘tkaziladi 
hamda  davlat  tomonidan  iqtisodiyot,  ijtimoiy-madaniy  tadbirlar, 
mudofaani moliyalashtirish, davlat apparatini saqlash uchun yo‘naltiriladi.  
Davlat  soliq  to‘lovchilarga  ular  tomonidan  budjetga  kiritilgan 
mablag‘lar  uchun  hech  qanday  bevosita  kompensatsiyalarni  bermaydi, 
ya’ni  soliq  to‘lovchi  davlatga  soliq  to‘laganda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  hech 
qanday manfaat kutmaydi.  
Ammo  soliq  to‘lovlarining  beg‘arazlilik  xususiyati  davlat  soliqlarni 
olib,  ularni  to‘lovchilarga  muayyan  moddiy  ne’matlarni  bermaydi,  degan 
ma’noni  anglatmaydi.  Soliqlar  boshqa  shaklda  insonlarni  o‘zlariga 
qaytariladi. 
 
Masalan,  bepul  ta’lim  olish,  tibbiy  xizmat  ko‘rsatish,  pensionerlar,  nogironlar,  ko‘p  bolali 
oilalarni ijtimoiy ta’minlash va h.k. uchun mablag‘lar  asosan davlat budjetining soliqlar hisobidan 
shakllantiriladigan daromad qismidan ajratiladi.  
 
Har  bir  soliq  to‘lovchi  uchun  davlatga  to‘lanadigan  soliqlar  hajmi 
bilan  undan  olinadigan  moddiy  ne’matlar  o‘rtasida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 
ko‘zga  ko‘rinadigan  aloqaning  yo‘qligi  uning  soliqqa  go‘yoki  zimmasiga 
tushadigan  bir  yuk  sifatida  qarashi  uchun  sabab  bo‘ladi,  zeroki  soliq 
to‘lovchilar ushbu mablag‘lar hisobidan moliyalanadigan davlat harajatlari 
yo‘nalishini  ma’qullashlari  ham  mumkin.  Ayrim  to‘lovchilarning  soliq 
to‘lashdan  qochishi,  o‘z  daromadlarini  kamaytirib  ko‘rsatishga  intilishi 
mana shundandir.  
Soliq  yuridik  mohiyatining  majburiylik  xususiyati  shundan  iboratki, 
soliq to‘lovchilar qonun kuchi bilan  muayyan shart-sharoitlarda soliqlarni 
to‘lashi shart. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga 
muvofiq soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyat konstitutsiyaviydir.  
Soliqlar  majburiyati  hokimiyat  vakolatlariga  ega  bo‘lgan  tegishli 
organlar  orqali  davlat  kuchi  bilan  ta’minlanadi  va  shu  sababli  soliqlarni 
to‘lash ixtiyoriy emas, balki majburiylik xususiyatiga ega.  
Pol Mari Godmening fikriga ko‘ra, “soliq tushunchasida majburiylik 
elementi  shunchalik  buyukki,  bu  majburiylik  xususiyatiga  ega  bo‘lmagan 
tushumlarning soliq sohasidan istisno etilishiga olib keladi”. 
Ayrim  mamlakatlarning  hozirgi  zamon  soliq  tizimida  qonun  kuchi 
bilan majburiy bo‘lmagan soliqlar ham mavjud bo‘lib, bu - cherkov solig‘i 
hisoblanadi. Ularni ijro etish diniy me’yorlar bilan ta’minlanadi.  
 


25 
 
Masalan,  musulmon  davlatlari  (Yaman,  Saudiya  Arabistoni,  Pokiston  va  boshqalar)  da 
davlat  dini  yetarlicha  rivojlangan  bo‘lib,  davlat  tomonidan  sanksiyalangan  diniy  soliq  me’yorlari 
umumdavlat  me’yorlari  bo‘lib  qolmoqda.  Xususan,  bunday  to‘lovlardan  bo‘lgan  islom  soliqlari 
(zakot,  zakot  al  fitr,  ushr)  Qur’onga  muvofiq  ravishda  undirib  olinadi  va  ular  chet  ellardagi 
musulmon  jamoalarini  qo‘llab-quvvatlash,  kam  ta’minlanganlarga  yordam  berish  va  boshqa 
maqsadlarga yo‘naltiriladi.
7
  
 
Soliqlarning  muhim  yuridik  belgisi  ularni  belgilash  va  joriy  etish 
tartibi  hisoblanadi.  Soliqlarni  belgilash  hamda  ularni  undirib  olish 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiriladi. 
Shu  munosabat  bilan  qonunchilikda  nazarda  tutilmagan  har  qanday 
majburiy to‘lovlar soliq hisoblanishi mumkin emas.  
Soliqlarning  yuridik  mohiyatini  tashkil  etuvchi  yana  bir  belgisi 
shundan iboratki, ularni to‘lash orqali oldindan qonunchilikda belgilangan 
tartibda  daromadning  bir  qismi  davlat  foydasiga  undirib  olinadi.  Davlat 
davlatning  budjet  tizimi  daromad  qismiga  o‘tkaziladigan  soliqlar  miqdori 
va  ularni  to‘lash  muddatlarini  belgilaydi,  qonunda  belgilangan 
ko‘rsatmalarni  buzgan  soliq  munosabatlari  subyektlariga  nisbatan 
javobgarlik choralarini qo‘llaydi.  
Ko‘pgina  mamlakatlar  qonunchiligida,  shu  jumladan  O‘zbekiston 
Respublikasi  qonunchiligida  ham,  soliqlarni  va  ularning  miqdorlarini 
belgilash  vakolati  faqat  yuqori  qonunchilik  hokimiyatiga  tegishli  ekanligi 
belgilangan.  Hech  kim  qonunda  belgilanmagan  tartibda  o‘z  xohishiga 
ko‘ra  soliqlarni  yoki  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  o‘rnatishi,  ularning 
miqdorini belgilashi mumkin emas.  
Mamalakatimizda  soliq  siyosatini  takomillashtirish  zarurligi  muhim 
ustuvor  vazivalardan  biri  sifatida  e’tirof  etiladi.Prezidentimiz  o’z 
ma’ruzalarida  soliq  to’lovchiga  soliqqqa  tortish  tizimida  qo’shimcha 
imtiyozlar  va  preverensiyalar  berish,  soliqlarni  unifikatsiya  qilish,  soliq 
yukini  yengillashtirish,  soliq  qonunchilugini  barqarorligini  ta’minlash 
hamda  ushbu  yo’nalishda  ilg’or  mamalakatlar  ijobiy  tajribalaridan 
foydalanish lozimligini ta’kidlab o’tdilar.
8
 
 
                                                           
7
 A.Козырин Налоговое право зарубежных стран: вопросы теория и практики.-M.: Манускрипт, 1993.-20- стр. 
8
 “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir”. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma 
majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi. 2005 yil 29 yanvar - №20 (3565) 


26 
 
 
Yuqoridagi  xususiyatlardan  kelib  chiqib,  soliq  tushunchasiga  2007 
yil 25 dekabrda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida 
quyidagicha ta’rif berilgan.  
 
Soliqlar  deganda  –  Soliq  kodeksida  belgilangan,  muayyan 
miqdorlarda  undiriladigan,  muntazam,  qaytarib  berilmaydigan  va 
beg‘araz  xususiyatga  ega  bo‘lgan,  budjetga  yo‘naltiriladigan 
majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. 
Shu bilan bir qatorda Soliq kodeksida boshqa majburiy to‘lovlarning 
tushunchasi ham mustahkamlab qo‘yildi:  
 
Boshqa  majburiy  to‘lovlar  deganda  esa  -  Soliq  kodeksida 
belgilangan  davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  majburiy  pul 
to‘lovlari,  bojxona  to‘lovlari,  shuningdek  vakolatli  organlar  hamda 
mansabdor 
shaxslar 
tomonidan 
yuridik 
ahamiyatga 
molik 
harakatlarni  to‘lovchilarga  nisbatan  amalga  oshirish  uchun,  shu 
jumladan  muayyan  huquqlarni  yoki  litsenziyalar  va  boshqa  ruxsat 
beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, 
davlat boji tushuniladi.  

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish