21
juzya - jon solig‘i, xiroj - yer solig‘i. Xiroj quyidagi shakllarda undirilgan: Misaha - ishlov
beriladigan maydon birligidan qat’iy stavkalarda; Muqota - qat’iy belgilangan summada;
Muqosama - hosilning muayyan ulushida (1/3 qismi).
Xiroj Navro‘z bayrami arafasida yig‘ib olingan. Juzyani musulmon bo‘lmagan fuqarolar
(ozod erkaklar) to‘laganlar. Xotin-qizlar, keksalar, kambag‘allar va qullar bu soliqni to‘lashdan
ozod qilingan. Juzyani hisoblashda o‘ziga to‘qlik darajasi hisobga olingan va soliq pul yoki natura
shaklida undirilgan. Yuqoridagi soliqlardan tashqari chorvadorlardan, hunarmandlardan va
savdogarlardan soliqlar olingan.
Movaraunnahrda IX-X asrlarda yerlarni soliqqa tortish ular kimga
tegishli ekanligiga bog‘liq edi. Yerlar uch toifaga bo‘lingan: Birinchi toifa
yerlar - sultonga tegishli bo‘lib (mulki sultoniy), bunday yer ustidan
nazorat keyinchalik
“Mulki devoniy” deb nomlangan devon (mahkama)
amaldorlari tomonidan amalga oshirilib, ushbu toifadagi yerlar haddan
tashqari ko‘p edi. Bunday yerlarga asosan dehqonlar yerlari kirgan.
Ikkinchi toifa yerlar - shaxsan hukmron sulolaning ayrim a’zolari, qadimiy
dehqon zodagonlar, shunchaki boy dehqonlarga, sayyidlar (Muhammad
(s.a.v.) payg‘ambar xonadoni avlodlari), ayrim ruhoniylar, turk
gvardiyasining ayrim rahbarlari, savdogarlarga tegishli bo‘lgan xususiy
mulk yerlar. Uchinchi toifa yerlar - musulmon diniy muassasalariga, ya’ni
masjid, madrasa, xonaqoh maqbaralarga vaqtincha yoki umrbod
foydalanish uchun berilgan vaqf yerlar. Xiroj uchala toifa yerlaridan ham
olingan bo‘lib, ular “mulki xiroj” deb atalgan, lekin bunda oliy musulmon
ruhoniylarga, avvalo sayyidlarga tegishli yerlar soliqqa tortishdan to‘liq
yoki qisman ozod qilingan. X asr boshlarida Movaraunnahrda “iqta’” soliq
yig‘ishning asosiy manbaiga aylangan. “Iqtadorlar” o‘z navbatida
dehqonlarning oddiy jamoatchiga aylanishiga zamin yaratdi. Yerlar
muayyan muddatga “Iqtadorlar” foydasiga muayyan daromadni to‘liq yoki
qisman olish huquqi bilan sovg‘a qilingan. “Iqta’” sohiblari dehqonlardan
maxsus qaror bilan belgilangan soliqlarnigina olishi mumkin edi. “Iqta’”ga
nafaqat yerdan, balki soliqqa tortishning boshqa obyektlaridan (tegirmon,
hammom, bozordagi do‘konlar) olinadigan soliqlar va daromadlar ham
berilishi lozim edi.
1221 yilda O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hokimiyati o‘rnatildi. Bu
hududlarda soliq siyosatini olib borish maqsadida ular tomonidan
qurultoyda taklif etilgan tadbirlar hayotga tatbiq etila boshlandi va
Mahmud Yalavoch boshchiligida o‘lkadagi xalqlardan turli xildagi
soliqlarni undirar edilar.
“Kalon” solig‘i dehqonlardan yig‘iladigan asosiy
soliq bo‘lib, u hosilning o‘ndan bir qismini tashkil etgan. Chorvadorlardan
Do'stlaringiz bilan baham: