Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   256
Soliqlarning  tasnifi.  Yuridik  mohiyatiga  ko‘ra  soliqlar  o‘zlarining 
bir-biriga  o‘xshash  va  o‘zaro  farq  qiladigan  umumiy  (muhim)  belgilariga 
qarab  bir  qancha  mezonlar  bo‘yicha  tasniflanishi  mumkin.  Iqtisodiy  va 
yuridik  adabiyotlarda  soliqlarni  tasniflash  bo‘yicha  eng  ko‘p  tarqalgan 
mezonlar  ularni  undirib  olish  uslubi,  qo‘llaniladigan  stavkalar  xususiyati, 
soliqlarni  belgilash,  bekor  qilish  va  joriy  etish  bo‘yicha  davlat  organlari 
vakolatlarining hajmi, subyektlar (soliq to‘lovchilar) turlari va h.k. belgilar 
bo‘yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi.  
                                                           
10
I.Karimov. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida.-T.O'zbekiston, 1995.-188-b. 
11
 Л.Ходов. Функции налоговю Учебник. М. БЕК, 1994 г. – 309 – стр.  


31 
 
Soliqlarni  undirib  olish  uslubi  mezoni  bo‘yicha  ular  to‘g‘ri  va  egri 
soliqlarga ajratiladi.  
To‘g‘ri soliqlar soliq to‘lovchining daromadi yoki mulkidan bevosita 
undirib  olinadigan  soliqlar  bo‘lib,  bu  soliq  solishning  boshlang‘ich 
shakllaridan hisoblanadi. To‘g‘ri soliqlardan dastlab yer solig‘i, uy solig‘i 
kabi  soliqlar  paydo  bo‘lgan.  Hozirgi  vaqtda  bizning  mamlakatimizda 
to‘g‘ri  soliqlarga  yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda  solig‘i,  jismoniy 
shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i  va  yuridik  shaxslarga  ham, 
jismoniy  shaxslarga  ham  solinadigan  yer  solig‘i  va  mol-mulk  solig‘i 
kiradi.  
 
 
O‘z  navbatida,  to‘g‘ri  soliqlar  shaxsiy  soliqlar  va  aniq  (real) 
soliqlarga  bo‘linadi.  Bu  soliqlar  o‘rtasidagi  asosiy  farq  shundaki,  birinchi 
holda  amalda  olingan  daromad  yoki  mulk,  ikkinchi  holda  esa  muayyan 
iqtisodiy, ba’zan esa, tabiiy sharoitlarga qarab tahminiy o‘rtacha daromad 
soliqqa tortiladi. 
 
Jahon amaliyotida shaxsiy  soliqlarga daromad solig‘i, korporasiyalar foydasiga solinadigan 
soliq, pul kapitallaridan tushgan daromadlardan olinadigan soliq, meros va hadyalardan olinadigan 
soliq  va  h.k.  misol  bo‘la  oladi.  Bizning  respublikamizda  to‘g‘ri  soliq  obyekti,  masalan,  yuridik 
shaxslardan  olindigan  foydasi  va  jismoniy  shaxslarning  daromadlari  (ularga  berilgan  imtiyozlar 
hisobga olingan holda), amaldagi daromad hisoblanadi.  
Masalan, aniq (real) soliqlargamol-mulk solig‘i va yer solig‘i kiradi. Bunda aniq (real) soliq 
belgilari  yer  uchastkalariga  soliq  solishda  yaqqol  namoyon  bo‘ladi.  Yer  solig‘i  stavkalari  soliq 
solish obyekti (1 ga  yer)dan olinadigan taxminiy o‘rtacha daromad hisoblanib, tuproqning sinfi va 
tabiiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.  
 
Egri  soliqlar  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlarga  narx  yoki  tarifga 
qo‘shimcha  shaklida  belgilanadigan  soliqlardir.  Ular  to‘g‘ri  soliqlardan 
shunisi  bilan  farqlanadiki,  soliq  to‘lovchining  daromadi  yoki  mulki  bilan 


32 
 
bevosita  bog‘lanmagan.  Egri  soliq  solinishi  kerak  bo‘lgan  tovarlar  ishlab 
chiqaruvchi,  ish  bajaruvchi  yoki  xizmat  ko‘rsatuvchi  korxona  va 
tashkilotlar  soliq  summasini  sotiladigan  tovarlar,  ko‘rsatiladigan  ishlar, 
xizmatlar  qiymatiga  kiritadi,  ya’ni  o‘z  mohiyati  bilan  ular  soliq 
yig‘uvchilar  bo‘ladi.  So‘nggi  soliq  to‘lovchi  yoki  soliq  egasi  bo‘lib 
tovarlarni yoki xizmatlarni u yoki bu turdagi egri soliqni o‘z ichiga olgan, 
oshirilgan narxlar yoki tariflar bo‘yicha oluvchi iste’molchi qatnashadi.  
Ko‘pgina  davlatlarning  hozirgi  zamon  soliq  tizimlarida  egri 
soliqlarning  aksizlar,  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i,  bojxona  boji  kabi  turlari 
qo‘llanadi.  
Masalan,  uyali  aloqa  kompaniyalari  iste’molchilarga  xizmat  ko‘rsatayotganda  xizmat 
haqqini  ichiga  o‘zlari  to‘laydigan  qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini  ham  qo‘shib  undirib  oladilar.  Bu 
yerda soliq egasi iste’molchi bo‘ladi.  
 
 
Soliq  stavkasi  va  soliq  solish  obyekti  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqaga 
qarab mutanosib va o‘zgaruvchan soliqlar ajratiladi. Mutanosib soliqlarda 
soliq  stavkasi  daromad  miqdoridan  qat’i  nazar  o‘zgarmasdan  qoladi. 
O‘zgaruvchan  soliqlarda  daromad  ortishi  bilan  soliq  stavkasi  ham  o‘sib 
boradi:  daromad  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  undan  ushlab  qolish  foizi  ham 
shuncha  ko‘p  bo‘ladi.  O‘zgaruvchan  soliqlarni  qo‘llash  uchun  murakkab 
progressiyadan  foydalaniladi,  unga  asosan  soliq  to‘lovchining  daromadi 
qismlarga  bo‘linadi  va  ularning  har  biri  uchun  soliqning  o‘z  stavkasi 
belgilanadi.  
 
Soliq  to‘lovchilar  doirasidan  kelib  chiqqan  holda  soliqlar  uch 
guruhga bo‘linishi mumkin: 


33 
 
-yuridik  shaxslardan  olinadigan  soliqlar. 
(Masalan,  obodonlashtirish  va 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i);
 
-jismoniy  shaxslardan  olinadigan  soliqlar. 
(Masalan,  jismoniy  shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i);
 
-yuridik va jismoniy shaxslarga umumiy bo‘lgan soliqlar. 
(Masalan,  yer 
solig‘i, mol-mulk solig‘i va h.k.lar). 
 
 
 
Soliqlarni boshqa asoslarga ko‘ra ham tasniflash mumkin: 
-soliqlarning kelib tushish manbasiga ko‘ra: 
a) davlat budjetiga o‘tkaziladigan davlat soliqlari;  
b) mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan mahalliy soliqlar; 
-foydalanish xususiyatiga ko‘ra:  
a) umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan soliqlar;  
b) maqsadli soliqlar;  
-budjet darajasiga ko‘ra:  
a) mustahkamlangan soliqlar;  
b) tartibga solinadigan soliqlar. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish