1.4. Soliq huquqiy munosabatlar
Soliq huquqiy munosabatlari tushunchasi. Soliq solish jarayonida
vujudga keladigan huquqiy munosabatlarga boshqa barcha huquqiy
munosabatlar singari umumiy xususiyatlar xosdir.
Soliq solish jarayonida turli-tuman munosabatlar vujudga kelib, turli
huquq tarmoqlari bilan tartibga solinadi. Jumladan soliq solish sohasidagi
aksariyat huquqiy munosabatlar konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliya, bank
va boshqa huquq tarmoqlarining normalari asosida vujudga keladi. Mazkur
munosabatlar o‘rtasida soliq huquqiy munosabatlari alohida ahamiyat kasb
etadi.
15
“Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni rivojlantirish
yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 20-son, 251-modda.
47
Soliq huquqiy munosabatlari – bu soliq huquqiy normalari asosida
vujudga keladigan munosabatlardir.
Soliq huquqiy munosabatlari o‘zining tuzilishiga ko‘ra, munosabat
subyekti, obyekti va mazmuniga ega.
Soliq huquqiy munosabatlarining subyekti bo‘lib, unda ishtirok
etuvchi tomonlar, ya’ni soliq solish jarayonida ma’lum bir vakolatga ega
bo‘lgan (davlat organlari, mansabdor shaxslar) yoki boshqacha soliq-
huquqiy maqomiga ega bo‘lgan shaxslar (jismoniy shaxslar, yuridik
shaxslar) hisoblanadi.
Soliq huquqiy munosabatlarining obyekti bo‘lib esa, soliq huquqi
munosabatlari subyektlarining harakatlari (qarorlari), ularning ijobiy yoki
salbiy xulq-atvori hisoblanadi.
Soliq huquqiy munosabatlarining mazmunini – soliq huquqi
munosabatlari subyektlarining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi,
taqiqlar, cheklovlar tashkil etadi.
Soliq huquqiy munosabatlarining mazmuniga yuqoridagilardan
tashqari, ularni amalga oshirish, ijro etish, ularga rioya etish va himoya
qilishning protsessual-huquqiy tartibini ham kiritish mumkin.
Demak, soliq huquqiy munosabatlari huquqiy munosabatlarning bir
turi bo‘lib, o‘zining mazmuni, xususiyatlari va ishtirokchilari bilan boshqa
huquqiy munosabatlardan ajralib turadi.
Soliq huquqiy munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari (yana bir
konsepsiyaga binoan) quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
a) bu munosabatlar – soliq solish sohasida vujudga keladi;
b) bu munosabatlarning majburiy subyekti bo‘lib davlat nomidan
ommaviy-huquqiy manfaatlarni ko‘zlab harakat qiluvchi davlat organlari
hisoblanadi;
v) bu munosabatlar - hokimiyat-bo‘ysinuvining mavjudligi hamda
tomonlarning yuridik teng emasligi bilan tavsiflanadi;
g) bu munosabatlar - ommaviy manfaatlarni qondirish maqsadida
boshqaruv vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha vujudga
keladi;
d) bu munosabatlar - qonuniylikni ta’minlashning alohida huquqiy
tartibi va o‘zining huquqiy himoyasi bilan ajralib turadi.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |