62
to‘g‘risidagi arizalardan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi
arizalardan, xo‘jalik sudining qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan berilgan,
da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi apellyasiya va
kassatsiya shikoyatlaridan, hakamlik sudining qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, hakamlik
sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, xo‘jalik
sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal
qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi va ijro varaqasini
berishni rad etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari ustidan berilgan apellyasiya va kassatsiya
shikoyatlaridan; notariuslar va O‘zbekiston Respublikasining konsullari tomonidan notarial
harakatlarni amalga oshirganlik uchun;fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun,
shuningdek fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi to‘g‘risida takroriy
guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga o‘zgartishlar,
qo‘shimchalar, tuzatishlar kiritilishi va uning qayta tiklanishi munosabati bilan guvohnoma
berganlik uchun; chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqini beruvchi hujjatlarni,
O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risida hujjatlarni berganlik uchun; yashash
guvohnomasini berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun; respublika hududiga kelish va
respublika hududidan chet elga chiqish huquqini beradigan chet el pasportiga yoki uning o‘rnini
bosuvchi hujjatga viza berganlik uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul
qilish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida beriladigan arizalardan;
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi pasportini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni,
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjatlar berganlik uchun;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik va ro‘yxatdan chiqarganlik, turgan
joyi bo‘yicha hisobga olganlik uchun, shuningdek chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va ro‘yxatdan chiqarganlik uchun; yuridik
shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun; faoliyatning
ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun;ov qilish huquqiga ega ekanligi
to‘g‘risida ruxsatnoma berganlik uchun.
Umuman olganda, har qanday davlat iqtisodiyotini rivojlanishida
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘rni kattadir. Shuningdek, soliq va
boshqa majburiy to‘lovlarni o‘rnatish, undirish va budjetlarga kelib
tushishini ta’minlashning samarali mexanizmini tashkil qilish, vakolatli
davlat organlarining bu boradagi mas’uliyatini oshirish hozirigi kundagi
muhim bo‘lgan masalalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: