Toshkent davlat yuridik universiteti


 Soliq majburiyati tushunchasi va amalga oshirish tartibi



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   256
 
2.1. Soliq majburiyati tushunchasi va amalga oshirish tartibi 
 
Amaldagi qonunchiligimizda soliq to‘lovchining majburiyati va soliq 
majburiyati kabi tushunchalar mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, soliq 
to‘lovchilar  o‘z  soliq  majburiyatlarini  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  hajmda 
bajarishi;  qonun  hujjatlariga  muvofiq  buxgalteriya  hisobini  yuritishi, 
moliyaviy  va  soliq  hisobotini  tuzishi;  davlat  soliq  xizmati  organlariga  va 
boshqa  vakolatli  organlarga  imtiyozlar  olish  huquqini  tasdiqlovchi 
hujjatlarni  taqdim  etishi;  soliq  tekshiruvlari  o‘tkazilayotgan  vaqtda  davlat 
soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab 


65 
 
chiqarish,  to‘lash  bilan  bog‘liq  hujjatlar  hamda  ma’lumotlarni  taqdim 
etishi; davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning 
hamda  ular  mansabdor  shaxslarining  qonuniy  talablarini  bajarishi, 
shuningdek  mazkur  organlarning,  ular  mansabdor  shaxslarining  qonuniy 
faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi shart.  
Yuqorida  ko‘rinib  turibdiki,  soliq  majburiyatlarini  o‘z  vaqtida  va 
to‘liq hajmda bajarish – bu soliq to‘lovchining majburiyati hisoblanadi.  
 
Soliq  majburiyati  –  soliq  to‘lovchining  soliq  to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyatidir. 
 
Soliq  majburiyatini  bajarish  uchun  soliq  to‘lovchi:  Soliq  kodeksida 
belgilangan hollarda davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi; soliq 
solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlashi hamda 
ularning hisobini yuritishi; moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni 
davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi; soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni  o‘z  vaqtida  hamda  to‘liq  miqdorda  to‘lashi  shart.  Soliq 
majburiyatini  bajarish  bevosita  soliq  to‘lovchi  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  Yuridik  shaxsning  alohida  bo‘linmalari  bo‘yicha  soliq 
majburiyati  mazkur  alohida  bo‘linmalar  tomonidan,  agar  ularga  alohida 
mol-mulk ajratilgan bo‘lsa va ular  mustaqil balansga ega bo‘lsa, mustaqil 
ravishda  bajariladi.  Mol-mulk  ishonchli  boshqaruvga  topshirilganda 
boshqaruv muassisi bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq majburiyati, agar bu 
majburiyat  unga  boshqaruv  muassisi  tomonidan  yuklatilgan  bo‘lsa, 
ishonchli  boshqaruvchi  tomonidan  bajarilishi  mumkin.  Soliq  majburiyati 
bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq to‘lovchiga 
nisbatan  Soliq  kodeksida  nazarda  tutilgan  tartibda  uning  bajarilishini 
ta’minlash  choralari  qo‘llaniladi.  Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni 
to‘lash  majburiyatlari  bajarilishini  ta’minlash  choralari  jumlasiga  davlat 
soliq  xizmati  organi  tomonidan  soliq  to‘lovchiga  soliqlar  va  boshqa 
majburiy  to‘lovlarni  to‘lash  muddati  tugaganidan  keyin  uch  ish  kunidan 
kechiktirmasdan,  jismoniy  shaxslarga,  shu  jumladan  yakka  tartibdagi 
tadbirkorlarga  esa,  o‘ttiz  kundan  kechiktirmasdan  yuboriladigan,  soliq 
to‘lovchi  majburiyatini  bajarishi  zarurligi  hamda  soliq  qarzini  majburiy 
undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risidagi talabnoma kiradi.  
Soliq  majburiyati  Soliq  kodeksida  belgilangan  muddatlarda  soliq 
to‘lovchi  tomonidan  bajarilishi  kerak.  Soliq  to‘lovchi  soliq  majburiyatini 
muddatidan ilgari bajarishga haqli. Soliq majburiyatini bajarish muddatlari 
kalendar  sana  yoki  vaqt  davri  (yil,  yil  choragi,  oy,  o‘n  kunlik  va  kun) 


66 
 
o‘tishi  bilan  belgilanadi.  Muddatning  o‘tishi  kalendar  sanadan  yoki 
muddatning  boshlanishi  belgilab  qo‘yilgan  voqea  yuz  berganidan  keyingi 
kundan  boshlanadi.  Soliq  majburiyati  bu  majburiyatni  bajarish 
muddatining  so‘nggi  kuni  soat  yigirma  to‘rtga  qadar  bajarilishi  kerak. 
Agar  soliq  majburiyatini  bajarish  muddatining  so‘nggi  kuni  dam  olish 
(ishlanmaydigan)  kuniga  to‘g‘ri  kelib  qolsa,  shundan  keyingi  birinchi  ish 
kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.  
Jismoniy shaxsning soliq  majburiyati uning vafot etishi bilan va uni 
vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi 
bilan  tugatiladi.  Yuridik  shaxsning  soliq  majburiyati  esa  u  tugatilganidan 
keyin  hamda  u  qo‘shib  olish  (qo‘shib  olingan  yuridik  shaxsga  nisbatan), 
qo‘shib  yuborish,  bo‘lish  va  o‘zgartirish  orqali  qayta  tashkil  etilganidan 
keyin tugatiladi.  
Davlat  soliq  xizmati  organi  soliq  davri  tugaganidan  keyin  besh  yil 
ichida  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  hisoblashi  yoki  ularning 
hisoblangan  summasini  qayta  ko‘rib  chiqishi  mumkin.  Soliq  to‘lovchi 
soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning  ortiqcha  to‘langan  summalarini  hisobga  olishni  yoki 
qaytarishni talab qilishga haqli.  
 
Masalan soliq to‘lovchi ayrim soliq turlarini, jumladan amalda ko‘p uchraydigan mol-mulk 
yoki yer solig‘ini ko‘p to‘lab yuborgan va bu haqda soliq davri tugagandan so‘ng oradan 4 yil o‘tib, 
ma’lum  bir  holat  tufayli  aniqlab  qolgan.  Shunday  holatda  soliq  to‘lovchi  shu  davr  mobaynida 
ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi mumkin. Yoki soliq organlariga ma’lum soliq to‘lovchi 
bir  necha  yildan  beri  soliq  to‘lamaganligi  aniqlanganda  soliq  organlari  soliq  davri  tugaganidan 
keyin besh yil ichidagi soliqlarni undirib olishi mumkin.  

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish