68
tadbirkorlik subyekti bo’lmagan yuridik shaxs bo‘lsa, uning muhri bilan
tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq
to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Yuridik shaxs –
soliq to‘lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir
qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to‘lovchiga soliq davri
boshlanganidan e’tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan
kunga qadar bo‘lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi,
taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq
hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash
balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan e’tiboran uch ish kuni
ichida taqdim etiladi. Ushbu qismning qoidalari o‘zgartirish, shuningdek
boshqa yuridik shaxsni qo‘shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan
yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tadbirkorlik subyekti –
yuridik
shaxs
ixtiyoriy
tugatilgan
taqdirda,
unga
soliq
davri
boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ
tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha
bo‘lgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi. Soliq hisobotida
ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik soliq
to‘lovchining zimmasiga yuklatiladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan
muddatlarda taqdim etiladi. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi hisobga
qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Ayrim
turdagi soliqlar bo‘yicha soliq hisoboti ham Soliq kodeksida nazarda
tutilgan hollarda obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joy bo‘yicha soliq
to‘lovchi tomonidan taqdim etiladi.
Tadbirkorlik sub'ekilari uchun qulaylik
tug'dirish maqsadida tadbirkorlik sub'ekilari uchun soliq hisobotlarini
faqat elektron shaklda taqdim etilish bo'yicha qoida joriy qilingan.
Masalan, Jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘yicha soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi
davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar, yuridik shaxslar yer solig‘i va mol-mulk solig‘i
bo‘yicha soliq hisobotini esa obyektlar joylashgan joyda hisobga qo‘yilgan joy bo‘yicha taqdim
etadilar.
Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‘lovchida
Soliq kodeksida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish
muddati mobaynida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: