Toshkent davlat yuridik universiteti


 Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   256
 
2.3. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati 
 
Soliq  to‘lovchining  muayyan  soliq  yoki  boshqa  majburiy  to‘lovni 
to‘lash,  shuningdek  Soliq  kodeksida  nazarda  tutilgan  holatlar  bo‘lgan 


69 
 
taqdirda,  mavjud  soliq  qarzini  uzish  majburiyati  soliqlar  va  boshqa 
majburiy  to‘lovlarni  to‘lash  majburiyati  deb  hisoblanadi.  Soliqlar  va 
boshqa  majburiy  to‘lovlarni  to‘lash  majburiyati  soliq  to‘lovchining 
hisobvarag‘ida  yetarlicha  pul  mablag‘lari  bo‘lgan  taqdirda,  tegishli  soliq 
yoki 
boshqa 
majburiy 
to‘lovni  to‘lash  uchun  bankka  to‘lov 
topshiriqnomasi  taqdim  etilgan  paytdan  e’tiboran,  soliq  yoki  boshqa 
majburiy  to‘lov  naqd  pul  mablag‘lari  bilan  to‘langanda  esa  pul  summasi 
bankka  yoki  vakolatli  organ  kassasiga  topshirilgan  paytdan  e’tiboran 
bajarilgan deb hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash 
majburiyati qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
summasi  tegishli  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlarning  depozit 
hisobvaraqlariga 
o‘tkazilganligi  to‘g‘risidagi  to‘lov  hujjatlarining 
ko‘chirma  nusxalari  soliq  to‘lovchi  tomonidan  davlat  soliq  xizmati 
organlariga taqdim etilgan taqdirda ham bajarilgan deb hisoblanadi. Soliq 
yoki  boshqa  majburiy  to‘lov  summasini  o‘tkazish  uchun  to‘lov 
topshiriqnomasi  soliq  to‘lovchi  tomonidan  chaqirib  olingan  yoki  bank 
tomonidan  soliq  to‘lovchiga  qaytarilgan  taqdirda,  shuningdek  agar  soliq 
to‘lovchi  bankka  to‘lov  topshiriqnomasini  taqdim  etgan  paytda  bu  soliq 
to‘lovchining  hisobvarag‘iga  qo‘yilgan,  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
birinchi  navbatda  bajarilishi  lozim  bo‘lgan,  bajarilmagan  talablar  mavjud 
bo‘lsa  hamda  soliq  to‘lovchi  barcha  talablarni  qanoatlantirish  uchun 
hisobvaraqda yetarlicha pul mablag‘lariga ega bo‘lmasa, soliq yoki boshqa 
majburiy to‘lov to‘langan deb hisoblanmaydi.  
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  to‘lash  majburiyati 
belgilangan tartibda hisobga olish orqali ham bajarilishi mumkin.  
 
Masalan,  soliq  to‘lovchi  mol-mulk  solig‘ini  ortiqcha  to‘lab  yuborgan.  Ortiqcha  to‘langan 
summa  soliq  qarzini  quyidagi  ketma-ketlikda  uzish  hisobiga  hisobga  olinishi  kerak  bo‘ladi: 
soliqning  mazkur  turi  bo‘yicha  penya  va  jarimalarni  uzish  hisobiga;  boshqa  turdagi  soliqlar 
bo‘yicha,  masalan  foyda  solig‘i  bo‘yicha  qarzni  uzish  hisobiga;  boshqa  turdagi  soliqlar  bo‘yicha 
penya  va  jarimalarni  uzish  hisobiga;  mazkur  soliq  bo‘yicha  kelgusi  to‘lovlar  hisobiga;  boshqa 
turdagi soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga.  
 


70 
 
 
 
Ortiqcha  to‘langan  soliq  summasi  boshqa  soliq  to‘lovchining  soliq 
qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi mumkin emas.  
 
Masalan, soliq to‘lovchi A.Alimovning ortiqcha to‘lagan soliq summasini do‘sti I.Valiyevni 
aksiz yoki boshqa turdagi soliq qarzini to‘lashiga yo‘l qo‘yilmaydi.  
 
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  to‘lash  milliy  valyutada, 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida amalga 
oshiriladi.  
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar,  shuningdek  moliyaviy 
sanksiyalar budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagi tartibda 
o‘tkaziladi: asosiy summa; hisoblangan penya; jarimalar.  
Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  to‘lash  majburiyatlari 
bajarilishini ta’minlash choralari jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat soliq 
xizmati  organi  tomonidan  yuridik  shaxslar,  shuningdek  tadbirkorlik 
faoliyatiga doir qism bo’icha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati tugaganidan keyin uch ish 
kunidan  kechiktirmasdan  yuboriladigan  soliq  to‘lovchi  majburiyatini 
bajarishi  zarurligi  hamda  soliq  qarzini  to’lash  to‘g‘risidagi  talabnoma; 
jismoniy shaxslar uchun, bundan tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo’icha  
yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  mustasno,  –    soliq  majburiyatini  bajarish 
muddati  tugagandan  keyin  davlat  soliq  xizmati  organining  jismoniy 
shaxsdan  soliq  qarzini  undirish  to’g’risidagi  ariza  bilan  murojaat  qilishi, 


71 
 
bundan  soliq  qarzining  summasi  undiruvni  mol-mulkka  qaratish  uchun 
qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  miqdordan  oz  bo’lgan  hollar 
mustasno. 
 
Mazkur  miqdor  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  22 
dekabrdagi  “O’zbekiston  Respublikasining  2016  yilgi  asosiy  makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ 2455-sonli 
qaroriga  asosan    jismoniy  shaxslar  uchun  eng  kam  ish  haqqining  5  baravari  qilib 
belgilangan.
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish