Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   256
3)  Moliya  organlari  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi, 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahar  hokimliklarining  moliya  boshqarmalari,  tuman  va  shahar 
hokimliklarining moliya bo‘limlari;  
4)  Boshqa  majburiy  to‘lovlarni  undirish  vazifasini  amalga 
oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari.  
Davlat soliq xizmati organlarining huquqiy maqomi. Davlat soliq 
xizmati  organlarining  huquqiy  maqomi  1997  yil  29  avgustda  qabul 
qilingan  “Davlat  soliq  xizmati  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi 
qonuni  bilan  belgilab  berilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra  davlat  soliq  xizmati 
organlari – soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning budjetga to‘liq va o‘z 
vaqtida tushishini ta’minlash maqsadlarida tashkil etilgan.  
Qonunga  binoan  davlat  soliq  xizmati  organlariga  -  O‘zbekiston 
Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi, 
viloyatlar  va  Toshkent  shahar  davlat  soliq  boshqarmalari,  shuningdek 
tumanlar,  shaharlar  va  shahardagi  tumanlar  davlat  soliq  inspeksiyalari 
kiradi.  


58 
 
Davlat  soliq  xizmati  organlari  o‘z  faoliyatini  davlat  boshqaruv 
organlaridan,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlaridan  mustaqil  tarzda 
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.  
Davlat  soliq  xizmati  organlarining  o‘z  vakolatlari  doirasida  qabul 
qiladigan  qarorlari  barcha  soliq  to‘lovchilar  -  yuridik  shaxslar,  yakka 
tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.  
Davlat  soliq  xizmati  organlarining  asosiy  vazifalariga  quyidagilar 
kiradi:  davlat  soliq  siyosatini  amalga  oshirish  hamda  soliq  to‘g‘risidagi 
qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi,  soliqlarning  to‘g‘ri  hisoblab  chiqarilishi, 
to‘liq  va  o‘z  vaqtida  to‘lanishi  ustidan  nazoratni  ta’minlash;  soliqlarning 
soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi 
Davlat  budjetiga,  davlatning  maqsadli  jamg‘armalari  hamda  budjetdan 
tashqari  jamg‘armalarga  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  tushishini  ta’minlash; 
soliqlar yig‘ilishini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, ma’lumotlar 
kompyuter bazasining yagona tizimini yuritish asosida soliq to‘lovchilarni 
hisobga  qo‘yish  mexanizmlarini  takomillashtirish,  ularga  ko‘rsatiladigan 
axborot-maslahat  xizmatlari  sohasini  kengaytirish,  soliqlarga  oid 
huquqbuzarliklarning  oldini  olish,  ularni  aniqlash  va  bartaraf  etish 
bo‘yicha  kompleks  tadbirlarni  amalga  oshirish;  pul  mablag‘larining 
g‘ayriqonuniy  aylanishi  manbalariga  barham  berish,  aholi  bilan  pulli 
hisob-kitoblarni  amalga  oshiruvchi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 
tomonidan naqd pul tushumining to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi ustidan 
muntazam nazoratni ta’minlash; xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va 
jismoniy  shaxslarning  faoliyatini  rag‘batlantirishga,  ularga  zarur 
imtiyozlar 
va 
preferensiyalar 
berishga 
doir 
qonun 
hujjatlarini 
takomillashtirish 
bo‘yicha  takliflar  kiritish;  bozorlar  va  savdo 
komplekslarining  moliya-xo‘jalik  faoliyati,  ular  tomonidan  soliq 
to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan  nazoratni  amalga 
oshirish  hamda  ularning  hududida  aniqlangan  huquqbuzarliklar  bo‘yicha 
surishtiruv o‘tkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni 
muhofaza  qiluvchi  organlarga  topshirish;  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar 
faoliyatini  tekshirish  masalalari  bo‘yicha  nazorat  qiluvchi  organlar 
faoliyati  muvofiqlashtirilishini  ta’minlash,  ushbu  ishni  amalga  oshirishda 
bir-birini  takrorlash  va  suiiste’molliklarga  yo‘l  qo‘ymaslik;  yuridik  va 
jismoniy  shaxslar  tomonidan  valyuta  hamda  eksport-import  operatsiyalari 
amalga oshirilganda qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan o‘z vakolatlari 
doirasida nazoratni amalga oshirish; davlat soliq xizmati organlarini halol, 
yuqori  malakali  xodimlar  bilan  to‘ldirish,  korrupsiya  va  ishga 
rasmiyatchilik  bilan  yondashish  faktlariga  barham  berish  bo‘yicha  tizimli 


59 
 
ishni  amalga  oshirish,  kadrlarni  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini 
oshirishni doimiy asosda ta’minlash.  
 
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Ukrainada davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishda 
soliq  organlari  xodimlarining  kasbiy  malakasi,  etikasini  oshirish  asosiy  mezonlardan  biri  sifatida 
belgilangan  bo‘lsa,  Rossiyada  soliq  organlari  tomonidan  soliqqa  tortish,  o‘z  xodimlarining  kasbiy 
tayyorgarligini  oshirish  uslublarini  ishlab  chiqish  amaliyoti  qo‘llanmoqda.  Ayrim  davlatlarda  esa 
soliq  organlari  ishini  tashkil  qilishning  boshqacha  uslublari  mavjud.  Jumladan,  Daniyada  har  bir 
korxonaga  soliq  xizmati  xodimlari  guruhi  biriktirilib,  u  korxonaning  vujudga  kelishidan  to 
tugatilishiga qadar bo‘lgan davrda nazorat ishlarini amalga oshiradi.  
 
Davlat  soliq  xizmati  organlari  o‘z  zimmalariga  yuklatilgan 
vazifalarni  davlatning  boshqa  boshqaruv  organlari,  davlat  hokimiyati 
mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni 
muhofaza  qiluvchi,  statistika  va  moliya  organlari,  banklar  va  boshqa 
tashkilotlar  bilan  o‘zaro  hamkorlikda  bajaradilar.  Mazkur  organlar  va 
tashkilotlar  soliq  haqidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan  davlat 
nazoratini  amalga  oshirish  va  soliqlar  bo‘yicha  huquqbuzarliklarga  qarshi 
kurashda davlat soliq xizmati organlariga ko‘maklashishlari shart.  
 
Jumladan,  Davlat  soliq  xizmati  organlari,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar,  moliya 
organlari,  banklar  o‘zaro  kelishib  belgilangan  tartibda  soliqlar  bo‘yicha  huquqbuzarliklarga  oid 
mavjud  materiallar  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olish  yuzasidan  ko‘rilgan  chora-tadbirlar, 
o‘tkazilayotgan  tekshiruvlar  to‘g‘risida  bir-birlarini  xabardor  qiladilar,  shuningdek  zimmalariga 
yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotlarni almashib turadilar.  
 
Soliq  to‘lovchilarning  hisobga  olinishini  va  soliq  haqidagi  qonun 
hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan  nazoratni  ta’minlash  maqsadida  banklar 
bilan xamkorlikni amalga oshiradilar.  
 
Jumladan, banklar xo‘jalik  yurituvchi subyektlar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga 
olinganliklarini  tasdiqlovchi  hujjat  taqdim  etgan  taqdirdagina  ular  uchun  hisob-kitob  va  boshqa 
hisobvaraqlari  ochishlari  mumkin  va  bu  hisobvaraqlar  ochilganligi  haqida  ular  ochilgan  kunning 
ertasidan  kechiktirmay  mazkur  organga  xabar  beradilar;  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  budjet 
oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va 
boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar; davlat soliq xizmati organlarining soliq 
to‘lovchi  mijozlardan  belgilangan  muddatda  to‘lanmagan  soliqlar  va  jarimalarni  so‘zsiz  undirish 
to‘g‘risidagi farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib 
chiqadigan,  alimentlar  undirish  haqidagi,  mualliflik  shartnomalari  bo‘yicha  haq  to‘lashga  doir, 
shuningdek  hayot  va  sog‘liqqa  yetkazilgan  zararning  o‘rnini  qoplash  haqidagi  talablarni  qondirish 
uchun  hisobvaraqdan  pul  mablag‘lari  o‘tkazilishi  yoki  berilishini  nazarda  tutadigan  ijro  hujjatlari 
bo‘yicha mutanosib ravishda bajaradilar;soliq to‘lovchi mijozning mablag‘lari bo‘lsa, uning hisob-
kitob  yoki boshqa hisobvarag‘idan mablag‘larni  hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan 
kuni  soliqlar  va  jarima  summalarini  budjet  daromadiga  o‘tkazadilar;    soliq  to‘lovchi  — 
mijozlarning  hisob-kitob  yoki  boshqa  hisobvaraqlaridan  pul  mablag‘lari  berish,  o‘tkazish  yoki 
ularni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni sudning qaroriga binoan to‘xtatib qo‘yadi.  
 


60 
 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish