Soliq huquqiy munosabatlarining turlari. Soliq solish jarayonida
vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar turli-tuman bo‘lib, ularni bir
necha asoslarga ko‘ra tasniflash (guruhlash, turlarga bo‘lish) mumkin.
Soliq
huquqiy
munosabatlarining
vazifasi
va
funksional
belgilanishiga qarab, ularni ikkiga bo‘lish mumkin:
a) tartibga soluvchi munosabatlar, ya’ni huquq subyektlarining
mo‘tadil xulq-atvori, huquqqa muvofiq xatti-harakatlarining natijasida
vujudga keladigan munosabatlar;
b) muhofaza qiluvchi munosabatlar, ya’ni huquqbuzarlikni sodir
etish va bu uchun davlatning majburlov choralarini qo‘llash zaruriyati
asosida vujudga keladigan munosabatlar.
Soliq huquqi munosabatlarini shartli ravishda quyidagilarga bo‘lish
ham mumkin:
a) vertikal soliq huquqiy munosabatlari – soliq huquqi tartibga
solishning mohiyatini ifoda etib, boshqaruv subyekti va obyekti o‘rtasidagi
52
subordinatsiyaviy
aloqalarni
anglatadi.
Vertikal
soliq
huquqi
munosabatlari aynan hokimiyat munosabatlaridir. Mazkur munosabatlar
bo‘ysunuv mavjud bo‘lgan tomonlar o‘rtasida vujudga keladi hamda
fuqarolik-huquqiy munosabatlardan farq qilgan holda, ularda tomonlarning
tengligi mavjud emas. Vertikallik deganda – bir tomonda yuridik-
hokimiyat vakolatlari mavjudligini, ikkinchi tomonda esa bunday
vakolatlarning mavjud emasligini yoki vakolat doirasi torroq ekanligi
tushunish lozim.
Soliq solish sohasida soliq huquqi munosabatlarining vertikalligini
anglatuvchi quyidagi xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
-
vertikal munosabatlarning asosiy ko‘rsatkichi hisoblangan –
“tomonlar tengsizligi”ning mavjudligi; boshqaruv subyektida yuridik-
hokimiyat vakolatlarining mavjudligi;
-
tomonlarning tengsizligi bir tomoning ikkinchi tomonga
bo‘ysinishi, ya’ni “hokimiyat - bo‘ysinuv”ga asoslanishi;
-
soliq huquqi munosabatlarida bo‘ysunuv hamma vaqt ham aniq
namoyon bo‘lmaydi;
-
vertikal xususiyatdagi aksariyat soliq huquqi munosabatlari
bo‘ysinuv mavjud bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida ham vujudga kelishi
mumkin. Lekin bu holda ham, bir tomon o‘z vakolati doirasida o‘ziga
bo‘ysunmagan ikkinchi tomon uchun majburiy bo‘lgan huquqiy aktni
qabul qilishi mumkin;
-
soliq solish sohasida kontrol-nazorat faoliyati keng doirada
amalga oshirilib, uning subyektlari sifatida davlat organlari (mansabdor
shaxslar)ning o‘zi namoyon bo‘ladi.
Demak, vertikal soliq huquqi munosabatlari turli ko‘rinishlarga ega
bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruv ta’sirini amalga oshirish hamda bir
tomon yuridik-hokimiyat irodasining ustunligi bilan ifodalanadi. (
Masalan,
soliq xizmati organi bilan soliq to‘lovchi o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar).
b) Gorizontal soliq huquqi munosabatlarida bir tomonning ikkinchi
tomonga nisbatan yuridik-hokimiyat irodasining ustunligi mavjud emas.
Ma’lum bir ma’noda, gorizontal soliq huquqi munosabatlarida tomonlar
teng hisoblanadi. Gorizontal soliq huquqi munosabatlari vertikal soliq
huquqi munosabatlari singari ko‘p tarqalgan emas. Chunki ular qaysidir
ma’noda soliq huquqi tartibga solish doirasidan chetga qolgan. Lekin soliq
solish sohasida bunday munosabatlarning vujudga kelishi mumkin.
Bu birinchidan, tomonlar o‘rtasida bo‘ysunuvning mavjud emasligi,
tomonlarning bir xildagi huquqiy darajaga ega ekanligi, yuridik
tenglikning formal emas, balki haqiqatda mavjud bo‘lishi;ikkinchidan,
53
boshqaruv munosabatlarida bu ikkala xususiyat (bo‘ysunuvning mavjud
emasligi va yuridik tenglik)ning bir vaqtda mavjud bo‘lishi;uchinchidan,
bir tomonning ikkinchi tomonga qaratilgan yuridik-hokimiyat irodasining
bo‘lmasligi.
Masalan, Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi o‘rtasida yuzaga keladigan
munosabatlar, ya’ni soliqlarni yg‘ib olish yuzasidan ma’lum bir ko‘rsatma, nizom va boshqa qonun
osti hujjtalarini birga qabul qilishi.
Ko‘pgina yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlarning moddiy
va protsessual turlarga bo‘linishi ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Moddiy huquqiy munosabatlar – bu moddiy soliq huquqi normalari
asosida vujudga keladigan hamda huquq subyektlari tomonidan huquq va
majburiyatlarning
amalga
oshirilishi
bilan
bog‘liq
bo‘lgan
munosabatlardir.
Protsessual huquqiy munosabatlar – davlat-hokimiyat xususiyatiga
ega bo‘lib, huquqiy munosabat subyektlarining protsessual huquqlari va
majburiyatlarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladi.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |