Soliq huquqiy munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va
bekor bo‘lish asoslari:
Harakatlar – bu huquq subyektlari tomonidan o‘z xohish-irodalarini
ifodalashning natijasidir.
Aksariyat soliq huquqi munosabatlari harakatlardan vujudga kelib,
ular subyektning faol xulq-atvori bilan bog‘liq bo‘ladi. Harakatlar ikkiga
bo‘linadi:
a) qonuniy harakatlar – hamma vaqt soliq huquqi normalari talabiga
mos keladi. Bunda yuridik fakt sifatida munosabat ishtirokchilarining
qonunga muvofiq harakati namoyon bo‘ladi.
Qonuniy harakatlar o‘z navbatida ikki ko‘rinishga ega:
- davlat organlarining huquqiy aktlari. Huquqiy aktlar normativ yoki
yakka (individul, ma’muriy) aktlarga bo‘linadi. Huquqiy aktlarda qonunga
muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishini
nazarda tutib sodir etiladi. Bunday harakatlarda – huquq va
majburiyatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishiga
qaratilgan iroda ifodalanadi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosida soliq maslahati sohasidagi munosabatlar yuzaga
keladi. Jumladan, soliq maslahatchilari tashkilotining yuridik va jismoniy shaxslarga mijozga
shartnoma asosida soliq maslahati bo'yicha xizmatlar ko'rsatish borasidagi munosabatlari.
“O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat
budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori asosida mazkur
yil uchun tasdiqlangan stavkalar asosida soliq va boshqa majburiy to’lovlar undirib olish yuzasidan
munosabatlar yuzaga keladi.
50
- yuridik xatti-harakatlar
;
Masalan, soliq to‘lovchida u hisobga qo‘yilganidan keyin yer solig‘i yoki suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq (jismoniy shaxslar uchun esa mol-mulk solig‘i ham) to‘lash bo‘yicha
soliq majburiyati hisobga qo‘yilgan joydan tashqarida vujudga kelgan taqdirda, soliq to‘lovchi soliq
solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida obyekt bo‘yicha hisobga qo‘yilishi;
b) qonunga xilof harakatlar – soliq huquqi normalari talablariga mos
kelmaydigan, ularni buzadigan harakatlardir.
Masalan,soliq sohasida sodir etiladigan huquqbuzaliklari yoki jinoyatdir. Jumladan, soliqlar
va boshqa to‘lovlar to‘lashdan bo‘yin tovlash; soliq solinadigan obyektlarning hisobini olib
bormaslik yoki kassa operatsiyalarini yuritish tartibini, shuningdek to‘lov intizomini buzish;
buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibni buzish; soliq to‘lovchilarning identifikatsiya
raqamlarini qo‘llanish tartibini buzish. Shaxsning harakatsizligi ham aynan mana shu guruhga
kiradi.
Soliq huquqi munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor
bo‘lishiga asos bo‘ladigan ikkinchi yuridik fakt – bu hodisalardir.
Hodisalar odamlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda sodir
bo‘ladigan faktlardir.
Masalan, insonning tug‘ilishi bilan biron bir mol-mulkka egalik qilish huquqini o‘tishi,
ma’lum bir yoshga yetganda daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lishi bilan soliq to‘lash
majburiyatini yuzaga kelishi, shuningdek insonning o‘lishi bilan uni soliq to‘lash majburiyatini
tugatilishi yoki bohqa shaxsga o‘tishi kabilar bo‘lishi mumkin.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |