Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/256
Sana10.09.2021
Hajmi3,56 Mb.
#170359
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   256
Soliq huquqining tizimi. Soliq solish jarayonida vujudga keladigan 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalariga ham ularning 
o‘zaro uzviy bog‘liqligi xos bo‘lib, bu bog‘liqlik nafaqat ularni chiqargan 
hokimiyat  va  boshqaruv  organlarining  holati  hamda  ushbu  normalarni 
qo‘llash  sohasi  bilan,  balki  huquqiy  tartibga  solish  predmetining  ichki 
tuzilmasi qonuniyatlari bilan ham belgilanadi.  
Demak,  soliq  huquqi  o‘zining  ichki  tuzilmasi  yoki  tizimiga,  ya’ni 
ko‘plab bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan elementlarga ega bo‘lib, 
ularda  soliq  huquqi  normalari  muayyan  izchillikda  birlashadi  va 
joylashadi.  
Soliq huquqi – huquqiy normalarning bir butun (yaxlit) tizimi bo‘lib, 
predmet,  maqsad,  prinsiplar,  tartibga  solish  usulini  birlashtiradi.  Huquqiy 
normalar  bir-biriga  mos  kelishi,  Yagona  prinsiplarga  asoslanishi,  yagona 
atamalarni qo‘llashi lozim. Huquq tarmog‘i ichida turli yuridik kuchga ega 
bo‘lgan,  umumiy  va  maxsus  huquqiy  normalarning  subordinatsiyasi 
(bo‘ysunuvi) mavjud bo‘ladi.  
Soliq huquqi tizimi deganda – uning soliq solish jarayonida vujudga 
keladigan  munosabatlar  bilan  obyektiv  belgilangan  ichki  tuzilishi,  soliq 
huquqi  normalarining  muayyan  izchillikda  birlashishi  va  joylashishini 
tushunish lozim.  
Soliq  huquqi  tizimi  –  soliq  huquqi  normalari  va  institutlarini 
birlashtiradi.  
                                                           
13
 
Финансовое право. Учебник/ под ред. проф.О.Н.Горбунова - M.: Юристъ',1996. - 105-стр.;  
Финансовое право. Учебник. /под ред. проф.Н.И.Химичева. - M.: БЕК, 1996. - 114-стр. 
 


42 
 
-  soliq  huquqi  normalari  –  soliq  huquqining  boshlang‘ich  elementi 
bo‘lib, davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki tasdiqlanadigan hamda soliq 
huquqi  munosabatlari  ishtirokchilarining  xulq-atvorini  (xatti-harakatini) 
belgilab beradigan qoidalardir;  
-  soliq huquqi institutlari – soliq huquqining alohida guruhi bo‘lib, 
u ijtimoiy  munosabatlarning  muayyan turini tartibga soladi. Odatda, soliq 
huquqi  institutlari  –  soliq  huquqi  normalarining  uncha  katta  bo‘lmagan 
barqaror  guruhi  bo‘lib,  ijtimoiy  munosabatlarning  ma’lum  bir  turini 
tartibga  solishga  qaratiladi.  Soliq  huquqi  o‘z  ichiga  bir  qator  institutlarni 
oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ayni  paytda  ular  muayyan  mustaqillik  xususiyatiga  ega.  Zero,  soliq 
huquqi  institutlari  ma’lum  darajada  mustaqil  ijtimoiy  munosabatlarni 
tartibga soladi.  
Soliq  huquqi  tizimi  ham  umumiy  va  maxsus  qismlardan  iborat. 
Umumiy  qism  soliqlar  tushunchasi,  soliq  huquqi  tushunchasi,  predmeti, 
manbalari;  soliq  huquqiy  munosabatlari,  subyektlari;  soliq  tizimi, 
prinsiplari;  soliq  majburiyati  va  soliq  nazorati;  soliq  sohasidagi 
huquqbuzarlik  va  javobgarlik  hamda  boshqa  umumiy  xususiyatlarga  ega 
bo‘lgan soliq huquqiy me’yorlarini birlashtiradi.  
Maxsus  qism  esa,  alohida  soliq  va  boshqa  majburiy  to‘lov  va 
ularning  elementlarini  o‘z  ichiga  olgan  soliq  huquqiy  me’yorlarini 
birlashtiradi.  

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   256




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish