Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Dalillarni tasniflanishi va ularning amaliy ahamiyati



Download 0,94 Mb.
bet84/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

5.5. Dalillarni tasniflanishi va ularning amaliy ahamiyati


Dalillarni tasniflash – bu ma’lum bir asoslarga, mezonlarga ko‘ra, ularni guruhlarga, toifalarga bo‘lish, ajratishdir. Dalillarning tasnifi ularning ayrimlariga tavsif berish hamda ulardan to‘g‘ri foydalanishda katta ahamiyatga ega. Dalillarni qaysi manbalardan olinganligi, ma’lumotlarning isbotlash predmetiga taalluqli bo‘lgan sharoitlarga aloqadorligi yoki bu sharoitlarni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi boshqa sohaga daxldor ekanligiga qarab tasniflash va turli guruhlarga ajratish mumkin. Har bir dalilni mazkur belgilariga ko‘ra turli guruhlarga mansubligi aniqlanadi. Dalillarni tekshirish chog‘ida ularning «birinchi manbadan» olinganligi yoki ma’lumotlarning boshlang‘ich manbasi, ularning aniqlanishi lozim bo‘lgan holat bilan aloqasi, mazkur ma’lumotlar ayblov yoxud oqlov xarakteriga ega ekanligi e’tiborga olinishi zarur.
Dalillarni tasniflash bir necha asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi hamda ko‘p tarmoqli tizim hisoblanadi. Tasniflashning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda ularning hisobga olinishi lozim bo‘lgan turli jihatlarini ochib beradi va jinoyat ishi bo‘yicha ishonchli xulosalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Dalillar quyidagicha tasniflanadi:
Dastlabki va hosila dalillar. Olinish manbasiga qarab dalillar dastlabki va hosila dalillarga bo‘linadi. Bunda tergovchi yoki sudning ma’lumotlarni boshlang‘ich yoki boshqa manbalardan olganligi nazarda tutiladi.
Dastlabki dalillar – bu aniqlanishi lozim bo‘lgan holat to‘g‘risidagi ma’lumot birinchi manbadan olingan dalillardir. Masalan, guvohning shaxsiy kuzatuvlari asosida bergan ko‘rsatuvlari hamda uni so‘roq qilish bayonnomasi dastlabki dalil hisoblanadi. Ekspertning xulosasi ham dastlabki dalil sifatida e’tirof etiladi.
Hosila dalillar esa isbot qilinishi lozim bo‘lgan holat to‘g‘risidagi ma’lumot birinchi manbadan emas, balki boshqa manbadan yoki oddiy til bilan aytganda “ikkinchi manbadan” olingan dalillardir.
Dastlabki va hosila dalillar bir-biridan manbasining shakllanishi bilan farqlanadi. Hosila dalillarning shakllanish jarayonida oraliq bo‘g‘in mavjud bo‘ladi. Agar hodisaga bir shaxs shohid bo‘lib, so‘ngra bu haqda boshqasiga xabar bergan bo‘lsa, shuningdek ushbu ikkinchi shaxs guvoh sifatida hodisa haqida ko‘rsatuvlar berayotgan bo‘lsa, bunday ko‘rsatuvlar hosila dalil hisoblanadi. Demak, hosila dalil olinishida jinoyat shohidi bo‘lgan guvohning axborotini qabul qilish bosqichi bilan bu axborotning tergovchi tomonidan olinishi o‘rtasida yana bir bo‘g‘in – uni eshitgan guvoh ishtirok etadi. Axborot bir manbadan ikkinchisiga o‘tganda o‘zgarishlarga uchrashi tabiiy. Oraliq manbalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, dalilning o‘zgarishlar va buzilishlari ehtimolligi ortadi. Shuning uchun oraliq manbalardan ma’lumotlar olinganda albatta ma’lumotning boshlang‘ich manbasi (masalan, guvoh) topilishi va so‘roq qilinishi kerak. Chunki hodisaning haqiqiy shohidi bu to‘g‘rida boshqalarga qaraganda to‘la, aniq, ishonchli ma’lumot berishi shubhasiz va uning ko‘rsatuvlarini tekshirish ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Hujjatlardan olingan nusxalar ham hosila dalil hisoblanadi. Bu holda hujjatning asl nusxasi axborotning boshlang‘ich manbai, undan nusxa olgan va tasdiqlagan shaxs esa axborotning ikkilamchi manbaidir.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish