Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat protsessida isbotlash



Download 0,94 Mb.
bet92/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Jinoyat protsessida isbotlash – surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan ayblanuvchi, jabrlanuvchi, himoyachi va tegishli huquqlarga ega hamda zimmasida ma’lum majburiyatlar bo‘lgan boshqa shaxslar ishtirokida amalga oshiriladigan jinoyat ishi holatlarini bilishning protsessual shaklidir.
Albatta, jinoyat ishlari yurituvi uchun mas’ul organlar va mansabdor shaxslar isbot qilishda muhim rol o‘ynaydi, zero aynan isbotlash majburiyati yuklatilgan subyektlar tomonidan dalillarga baho berish ish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Isbotlash subyektlari o‘tmishda sodir bo‘lgan hodisani u haqidagi dalillar beradigan axborot orqali bilishi mumkin bo‘lib, dalillar isbotlash majburiyati yuklatilgan shaxs ongi hamda aniqlanayotgan jinoyat hodisasi o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘inga aylanadi.
Jinoyat hodisasini tashkil qilgan faktlar tizimi jinoyat ishi yurituvi paytiga kelib o‘tmishga aylanadi shu boisdan ham uni tergovchi, prokuror, sudya bevosita idrok eta olmaydi. Jinoyat hodisasini shartli ravishda yaxlit bir “zanjir” deb tasavvur etsak, u bir qancha qismlarga – faktlarga “parchalanib” uzuq-yuluq holatda bo‘ladiki, ularning ayrimlari mavjud bo‘lmaydi, ayrimlari esa birlamchi sifat xususiyatlarini yo‘qotgan bo‘ladi, mavjud bo‘lganlari esa jinoyat hodisasining to‘liq manzarasini bermaydi. Jinoyat hodisasini faqat mavjud faktlar asosida idrok etish va aniqlash isbotlash subyektidan ko‘p mehnat, kasbiy mahorat, xolislik va qat’iylik talab etadi.
Sodir etilgan jinoyat holatlarini bilish, pirovardida esa ish bo‘yicha xolisona haqiqatni aniqlash jinoyat protsessual isbotlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Albatta, bu narsa tadqiq etish asosida yuzaga keladi. Uning zamirida obyektiv voqelikni bilish yotadi.
Jinoyat protsessual isbotlashda bilish jarayonining ikki tomoni: o‘ziga mantiqiy va ruhiy xususiyatlarga monand fikrlash hamda qonunda nazarda tutilgan protsessual harakatlarga (Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasi.) asoslangan amaliy tomon hamohangdir.
Jinoyat protsessual isbotlash jarayoni quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi: dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash. Bunda ular, odatda, protsessual isbotlash bosqichlari deb ataladi. Lekin etimologik jihatdan “bosqich” so‘zi biror-bir jarayonning rivojlanishida ma’lum bir davrni anglatadi. Jinoyat protsessiga nisbatan biz uning har bir bosqichida – jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichida, u bo‘yicha dastlabki tergov yuritish bosqichida, sud muhokamasi bosqichida va hokazolarda protsessual isbotlash haqida fikr yuritishimiz mumkin.
“Isbotlash bosqichi” tushunchasi isbotlashning tashqi yo‘nalishini ta’riflash, uning ish bo‘yicha xolisona haqiqatni aniqlashda eng salmoqli chegaralarini ajratish bilan bog‘liqdir. Lekin har qanday bunday bosqichda protsessual faoliyat va tegishli protsessual munosabatlar mavjud bo‘lib, ular jinoyat protsessual isbotlashning ichki tuzilishini tashkil qiladigan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday tuzilishi jinoyat ishi harakatlanishining barcha bosqichlarida yagonadir (dalillar jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki bosqichda, misol uchun, sud muhokamasida ham to‘planadi, tekshiriladi va baholanadi). Shu bilan birga, u barcha jinoyat ishlari uchun ham yagonadir, chunki bunday faoliyat ijtimoiy xavflilik darajasi hamda boshqa tavsiflardan qat’iy nazar odam o‘ldirish va nomusga tegish, o‘g‘irlash va talonchilik, bezorilik va boshqa jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Lekin yuqorida ta’kidlanganlar bilan jinoyat protsessual isbotlashning mazmuni chegaralanib qolmaydi.
Ish bo‘yicha qarorlarni asoslash jinoyat protsessual isbotlashning mustaqil elementi bo‘lmasa-da, tuzilmaviy nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki protsessual isbot qilish pirovardida to‘plangan, tekshirilgan va baholangan dalillar (ular yig‘indisi) asosida qabul qilinadigan protsessual mazmundagi xulosa va qarorlardir. Masalan, Jinoyat kodeksining 17-moddasiga binoan tergovchi tergov qilinayotgan jinoyat jinoiy javobgarlik vujudga keladigan yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilganini ishdagi dalillar asosida aniqlasa, jinoyat ishi yuritilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur. To‘plangan dalillar majmui qilmishda muayyan jinoyat tarkibining barcha konstruktiv elementlari, shu jumladan, uni sodir etganlikda ma’lum bir shaxsning aybliligini tasdiqlasa, tergovchi bu shaxsni jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilish haqida qaror qabul qiladi va hokazo. Mazkur qoida jinoyat ishlari yurituvini amalga oshirish yuzasidan sud faoliyatiga ham taalluqlidir. Shunday qilib, xulosa qilish mumkinki, tergov (sud) taxminlarining tuzilishi va dinamik rivojlanishi, har bir taxmin bo‘yicha dalillar hamda ularning manbalarini to‘plash, to‘plangan dalillar va ularning manbalarini tadqiq etish (tekshirish), mavjudlarini (dalillarni va ularning manbalarini) baholash, ish bo‘yicha boshqa xulosa va qarorlarni shakllantirish jinoyat protsessual isbotlashning ehtimoliy elementlari sifatida xizmat qiladi.
Demak, jinoyat protsessual isbotlash tuzilishida muhim elementlardan biri – haqiqiy ma’lumotlarni baholash hisoblanib, ular asosida surishtiruvchi, tergovchi, sud qonunda belgilangan tartibda ijtimoiy xavfli qilmishning mavjud yoki yo‘qligini, bu qilmishni sodir etgan shaxsning aybdorligini, ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlaydi. Ularsiz biror-bir protsessual qarorni qabul qilish, shu qatorda, sud hukmini chiqarish mumkin emas.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish