Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet86/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

To‘g‘ri va egri dalillar. Isbotlash predmetining bosh fakti bo‘lgan isbotlash tezisiga, ya’ni shaxsning aybdorligi yoki aybsizligiga nisbatan dalillar to‘g‘ri va egri dalillarga bo‘linadi.
Isbot qilinadigan holatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita belgilaydigan dalil to‘g‘ri dalil, “oraliq”, “yordamchi”, “isbotlovchi” faktlar orqali bu holatni belgilaydigan dalil esa egri dalil deb ataladi.
Jinoyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan guvohning ko‘rsatuvlari (masalan, ayblanuvchi jabrlanuvchiga qanday zarba berganligi to‘g‘risida), ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi va jinoyatni qachon, qaysi sabablar asosida sodir etganligi haqidagi tushuntirishlari to‘g‘ri dalil hisoblanadi. To‘g‘ri dalilda asosiy faktga qaratilgan faqat bitta xulosa bo‘lib, bunda asosiy vazifa olingan ma’lumotlar bevosita isbotlash predmetiga taalluqliligi sababli ularning ishonchli ekanligini (ya’ni, ayblanuvchi, guvoh haqiqatni gapirayotganligini) aniqlashdan iborat. Har bir to‘g‘ri dalilning ishonchliligini aniqlashda u barcha dalillar yig‘indisi bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Guvohlarning jinoyat sodir etilgan kunda gumon qilinuvchi o‘z uyida bo‘lmaganligi, u jinoyat sodir etilgan joyda ketayotganini ko‘rganligi, jinoyat sodir etilgan joyda gumon qilinuvchiga tegishli ashyo topilgani va hokazolar egri dalillar hisoblanadi. Ular shunchaki “ikkilamchi”, “ko‘makchi”, “oraliq” faktlar bo‘lib, tergov va sud organlari mazkur dalillar yordamida ushbu jinoyat aynan kim tomonidan sodir etilganligi haqida xulosa chiqarishlari mumkin. Masalan, egri dalillar asosida qotillik to‘g‘risidagi ishni yuritishda tergovchi va sudda ayblanuvchining mazkur jinoyatni sodir etganligi to‘g‘risidagi xulosa (qotillik sodir etilgan pichoqning ayblanuvchiga tegishliligi, jinoyat sodir etilgan joydan ayblanuvchining poyafzal izlarini topilishi, ayblanuvchi va jabrlanuvchi o‘rtasidagi salbiy munosabatlar va boshqalar) shakllanadi. Egri dalillar yordamida isbotlashda: birinchidan, sudga, tergovchiga berilgan ma’lumotlarning ishonchliligi (ayblanuvchi va jabrlanuvchi o‘rtasida salbiy munosabatlar bo‘lganligi to‘g‘risida guvoh bergan ko‘rsatuvlarining rostligi, haqiqatan ham pichoqda ayblanuvchining barmoq izlari borligi v.h.) tekshiriladi; ikkinchidan, jinoyat sodir etish haqidagi ma’lumotlarning ayblanuvchiga aloqadorligi (ayblanuvchining jabrlanuvchi bilan salbiy munosabatda bo‘lishi mumkinligi, lekin bu oqibatda jinoiy qilmish sodir etishga sabab bo‘la olmasligi; hodisa sodir bo‘lgan joydan ayblanuvchining poyafzal izlari topilgani, lekin bu poyafzalni boshqa shaxs kiygan bo‘lishi mumkinligi v.h.) aniqlanadi.
Tergov va sud amaliyotidagi ba’zi ishlarda ayblov faqat egri dalillarga asoslanadi. Egri dalillarga asoslangan sud hukmi to‘g‘ri dalillarga asoslangan sud hukmi qanday qonuniy kuchga ega bo‘lsa, xuddi shunday kuchga egadir.
Demak, egri dalillar – tarqoq faktlar va ular haqidagi ma’lumotlar emas, balki yagona, tarkibiy qismlari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda va bir-birini taqozo etuvchi yaxlit birlikdir. Ular aynan shunday ko‘rinishda isbotlashda daliliy ahamiyatga ega bo‘lib, muayyan shaxsning ma’lum jinoyat sodir etganlikda aybdorligi haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Keltirilgan egri dalillarning tasnifidan ulardan foydalanishning quyidagi qoidalari kelib chiqadi: egri dalillar ish bo‘yicha faqat umumiy birlikda ishonchli xulosalarga olib keladi; egri dalillar o‘zaro va isbotlanadigan holat bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim; egri dalillarning yig‘indisi ish bo‘yicha mavjud shubhalar istisno etilishiga haqidagi xulosaga olib kelishi kerak.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish