Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi



Download 0,94 Mb.
bet60/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi o‘z vazifalarini davlat ayblovchisi va himoyachisi qanday nuqtayi nazarda bo’lishidan qat’iy nazar amalga oshiradigan sud muhokamasining mustaqil va teng huquqli ishtirokchilaridir.

Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat ayblovchisi: ish materiallari bilan tanishishga; dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflar muzokaralarida so‘zga chiqib, ayblovning isbotlangani haqida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli. Shu bilan birga jamoat ayblovchisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ish holatlarini aniqlashga ko‘maklashishi shart (Jinoyat-protsessual kodeksining 43-moddasi).


Jamoat himoyachisi ham xuddi shunday huquq va majburiyatlarga egadir. Xususan, sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida so‘zga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir.
Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga ko‘maklashishi shart (Jinoyat-protsessual kodeksining 44-moddasi).
“Sud muhokamasida jinoyat ishi yuzasidan sudlanuvchi va jabrlanuvchining ish joyidan, yashash joyidan va boshqa jamoat tashkilotlaridan vakillar qatnashishi mumkin. Ular sud muhokamasida o‘z manfaatini himoya qiluvchi shaxslardan farq qilib, mehnat jamoasi yoki jamoat tashkiloti manfaatlarini himoya qiladilar. Albatta, bu manfaatlar sud muhokamasida bo‘lgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi. Bu vakillar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadilar. Ular korxona, muassasa, va tashkilotlarning umumiy yig‘ilishlari qarori bilan saylanadilar, shu yig‘ilish bayonnomalarining nusxasi sudga taqdim etilgan taqdirda sudning ajrimi asosida sud muhokamasida qatnashadilar”. Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi sud muhokamasida qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar. Jamoat ayblovchisiga sudlanuvchiga qo‘yilgan aybni isbotlash majburiyati yuklatilmaydi. Ular faqat guruh yoki jamoatchilik fikrini bayon qiladilar. Jamoat himoyachisi dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, iltimoslar qiladi, sud muzokaralarida ishtirok etadi, sudlanuvchining aybini yengillashtiruvchi, uni oqlovchi holatlar to‘g‘risida, sudlanuvchiga beriladigan jazoni yengillashtirish, uni jazodan ozod qilish, uni mehnat jamoasi kafilligiga berishni suddan iltimos qilishi mumkin. Jamoat himoyachisining sud muhokamasida tutgan pozitsiyasi sudlanuvchining va uning himoyachisining pozitsiyasiga bog‘liq emas. U jamoa yoki jamoat tashkilotining fikrini bayon etadi. Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi sud muhokamasida mustaqil bo‘lib, boshqa ishtirokchilar kabi ish yuzasidan dalillarni tekshirish, dalillar keltirish, iltimoslar qilishda teng huquqlardan foydalanadilar.
Bitta sudlanuvchiga nisbatan bir jamoat tashkiloti yoki mehnat jamoasidan ham jamoat ayblovchisi, ham jamoat himoyachisi qatnashishi mumkin emas.
Chunki bunda tashkilot yoki mehnat jamoasining fikri ifoda etilmay qoladi. Turli jamoat tashkiloti yoki mehnat jamoalaridan bitta sudlanuvchiga nisbatan ham jamoat ayblovchisi, ham jamoat himoyachisi sud muhokamasida qatnashishi mumkin. Jinoyat-protsessual kodeksi 412-moddasining talabiga ko‘ra, jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud ishni ular ishtirokisiz ko‘rish mumkinligi yoki muhokamani keyinga qoldirish masalasini hal etadi. Ularni kelmaganligi to‘g‘risida ularni yuborgan tashkilot yoki mehnat jamoasiga xabar beriladi.
Sud muhokamasida voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlari ko‘rilayotganida jamoat vakillari sifatida sud tomonidan uni ish, o‘qish joyi yoki yashash joyidan vakillar, shuningdek voyaga yetmaganlar bilan shug‘ullanuvchi komissiya xodimlari, ota-onalari, qonuniy vakillari, yaqin qarindoshlari hamda homiy va vasiylari chaqirilishi mumkin. Zarur hollarda bu vakillar guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksining 43-,44-moddalarida jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari bayon etilgan. Unga ko‘ra, sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga, iltimosnomalar berishga, taraflarning muzokaralarida so‘zga chiqib, jamoat ayblovchisi ayblovning isbotlanganligi haqida, jamoat himoyachisi sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat ayblovchisi ayblovdan voz kechishga haqli. Jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi sud muhokamasida ishtirok etish, jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilish va ishda sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarni aniqlashga ko‘maklashishi shart.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish