Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet62/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Sudlanuvchi quyidagi huquqlarga ega: birinchi instansiya va yuqori instansiya sudi majlislarida ishtirok etish, rad qilish, sud harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish, iltimosnomalar qilish va dalillar taqdim etish, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish, ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish, oxirgi so‘z bilan chiqish huquqiga ega.


Sudlanuvchining majburiyatlari quyidagicha: sud chaqiruviga binoan hozir bo‘lish; sud muhokamasida ishtirok etishdan bosh tortmaslik; haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmaslik; tanlangan ehtiyot choralari talablarini bajarish; sud ajrimlarining ijro etilishiga to‘sqinlik qilmaslik; sud majlisida tartibga rioya etishi shart. Agar sudlanuvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmasa, Jinoyat-protsessual kodeksining 262-264 moddalarda nazarda tutilgan asoslarda va tartibda majburiy ravishda keltirilishi mumkin.


Sudlanuvchining protsessual maqomi Jinoyat-protsessual kodeksining birinchi instansiya sudida ish yuritish tartibi belgilangan 10-bo‘limida belgilangan.
Sudlanuvchining ta’minlanishi lozim bo‘lgan eng muhim huquqlaridan biri sud muzokarasida ishtirok etish va oxirgi so‘z bilan chiqish huquqidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taminlashga oid qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2003-yil 19-dekabrdagi
17-sonli Qarori 21-bandiga muvofiq, sudlanuvchining advokati bo‘lmagan holda uni sud muzokarasida ishtirok etishiga imkoniyat yaratmaslik, shuningdek oxirgi so‘zdan mahrum etish jinoyat-protsessual qonunni jiddiy buzish hisoblanadi13.

Jinoyat, shuningdek aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi shaxsga ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazgan deb hisoblash uchun dalillar bo’lgan taqdirda, bunday shaxs jabrlanuvchi deb e’tirof etiladi.

Ishning barcha holatlarini to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirishda jabrlanuvchining ishtirokini inkor etish jinoyat sudlov ishlarining demokratiya va tortishuv prinsiplariga zid yuritilayotgani to‘g‘risida xulosa chiqarishga va ularning isbotlashda ishtirok etish huquqi cheklanishiga olib kelgan bo‘lar edi.


Jabrlanuvchi deb e’tirof etish haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi (Jinoyat-protsessual kodeksining 54-moddasi).
Jabrlanuvchi deb e’tirof etish shaxsning arizasiga ko‘ra yoki jinoyat ishi yurituviga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Bunda jinoyatning kim tomonidan sodir etilganligi aniqlangan yoki aniqlanmaganligi, uning ushlangan yoki ushlanmaganligi, jabrlanuvchi va jinoyatchining o‘zaro munosabatlari hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Shaxsni jabrlanuvchi deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qaror uning qonunda nazarda tutilgan harakat (yoki harakatsizlik) haqidagi fakt ayon bo‘lganidan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin chiqarilishi lozim. Shaxsni jabrlanuvchi deb e’tirof etish to‘g‘risidagi qarorning asossiz ravishda kechiktirilishi uni jinoyat protsessida faol ishtirok etishiga to‘siq bo‘ladi. Jabrlanuvchi deb e’tirof etish yakka tartibda amalga oshirilib, har bir jabrlanuvchi uchun alohida qaror chiqariladi.
Jinoyat protsessual qonunchiligiga ko‘ra jabrlanuvchi voyaga yetmagan shaxs bo‘lsa, yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb tan olingan bo‘lsa, ushbu ish bo‘yicha u bilan birga uning qonuniy vakili qatnashadi.
Jabrlanuvchining huquq va majburiyatlari Jinoyat-protsessual kodeksining 55-moddasida batafsil bayon etilgan.
Iltimosnoma va shikoyatlar jabrlanuvchi tomonidan yozma yoki og‘zaki holda berilishi mumkin, yozma holda berilgan murojaatlar ish jildiga tikib qo‘yiladi, og‘zaki murojaatlar esa bayonnomada qayd etilishi lozim.
Jinoyat-protsessual kodeksida jabrlanuvchining jinoyat ishidan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni yozib olishi huquqi ham belgilangan.
Jabrlanuvchining sud muhokamasida ayblovni quvvatlashi asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Jabrlanuvchi o‘zining sudda ayblovni quvvatlash huquqini qonuniy vakiliga berishi ham mumkin.
Jabrlanuvchiga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lish majburiyati yuklangan.
Jabrlanuvchi uzrli sabablarsiz kelmaganda, u Jinoyat-protsessual kodeksining 261-264-moddalariga muvofiq ravishda majburiy keltirilishi mumkin.
Shu maqsadda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jabrlanuvchini majburiy keltirish to‘g‘risida tegishli tartibda asoslangan qaror chiqaradi. Ammo bu qarorni chiqarishdan avval jabrlanuvchining ixtiyoriy tarzda kelmaganligining sabablari atroflicha o‘rganib chiqilishi, ma’lum shaxslardan kerakli tushuntirishlar olinishi, jabrlanuvchi taqdim etgan tegishli hujjatlar tekshirilishi lozim. Jabrlanuvchi faqat haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi shart. Yolg‘on ko‘rsatuv berganligi uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo‘ladi.
Fuqaroviy da’vogar sud majlisiga kelmasa, da’vo ko‘rilmay qoldiriladi. Agar da’voni uning ishtirokisiz ko‘rish haqida fuqaroviy da’vogarning iltimosi bo‘lsa, prokuror fuqarolik da’vosini qo‘llab-quvvatlasa yoki sud o‘z tashabbusi bilan da’voni ko‘rib hal qilishni lozim deb topsa, fuqaroviy da’vo ko‘rib chiqiladi. Agar fuqaroviy da’vo sud muhokamasida ko‘rilmasa, manfaatdor shaxs sudga fuqarolik tartibida murojaat qilib, da’voni qo‘zg‘atish huquqi saqlanib qoladi.

Sud muhokamasining mustaqil va teng huquqli ishtirokchisi bo’lgan fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgar ma’lum protsessual huquq va majburiyatlarga ega.
Fuqaroviy da’vogar fuqaroviy da’vo qo’zg’atish, dalillar taqdim qilish, iltimosnomalar kiritish, sud muhokamasida to’liq qatnashish, fuqaroviy da’voni qo’llab-quvvatlash va uni qanoatlantirishni talab qilish, ish materiallari bilan tanishish hamda ish yuzasidan o’z fikrlarini bayon qilish huquqiga ega hamda JPKning 57-moddasida ko’rsatib o’tilgan boshqa huquqlarga ham ega.

Fuqaroviy da’vogar sud majlisiga kelmasa, da’vo ko‘rilmay




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish