Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar. Himoyachilar va vakillar



Download 0,94 Mb.
bet61/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

3.4. Jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar. Himoyachilar va vakillar.

Jinoyat protsessida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ayblovdan himoyalanish nuqtayi nazaridan o‘z manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega bo‘lgan asosiy ishtirokchilar hisoblanadi.


So‘nggi yillarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchining protsessual holatiga oid jinoyat-protsessual normalarga jiddiy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jinoyat-protsessual kodeksining 46-,48-,361-,
379-,397-,.467-moddalarida nazarda tutilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchining o‘zining nimada gumon qilinayotganligini (ayblanayotganligini) bilish huquqi davlat organlarining shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qarorida, ayblov xulosasida shaxsni nimada ayblanayotganligini ko‘rsatishi, ayblov hukmida esa shaxs qanday qilmishni sodir etishda aybli deb topilganligi va u jinoyat qonunining qaysi moddalarida belgilangan jinoyatga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatish majburiyati bilan ta’minlanadi. Jinoyat-protsessual kodeksining 362-moddasiga muvofiq esa, tergov jarayonida ayblov o‘zgartirilsa, to‘ldirilsa yoki tugatilsa, u haqda ayblanuvchi xabardor etiladi. Ayblanuvchining ushbu huquqi unga isbotlash jarayonida faol ishtirok etishi uchun zamin hozirlaydi.
Gumon qilinuvchining qaysi jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganini bilish huquqi shu bilan kafolatlanadiki, ushlab turish to‘g‘risidagi bayonnomada uning asoslari va sabablari ko‘rsatiladi, ushlanganning tushuntirishlari yoziladi, bayonnomaga ushlangan shaxs imzo chekadi; ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorda mazkur shaxs sodir etgan deb gumon qilingan jinoyat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; so‘roq oldidan gumon qilinuvchiga u qanday jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgani e’lon qilingani haqida so‘roq qilish bayonnomasiga qayd etiladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi o‘zining nimada ayblanayotganligini yoki gumon qilinayotganligini bilganlaridan so‘ng, ushbu gumon yoxud ayblovni rad etish yoki mohiyatini ochish uchun maqsadga yo‘naltirilgan tarzda harakat qilishlari, gumon (ayblov)ni keltirib chiqargan ma’lumotlarning noo‘rinligini asoslashlari, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan hodisadagi o‘z harakatlarini oydinlashtirishlari hamda tushuntirishlari mumkin bo‘ladi.
Mazkur huquq gumon qilinuvchi, ayblanuvchi e’tiboriga qaysi jinoyatni sodir qilishda aybdor deb taxmin qilinayotganligi to‘g‘risidagi axborotni havola etish vositasida amalga oshiriladi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 225-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, ushlab turish bayonnomasida ushlangan shaxs qanday jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganligi aks ettiriladi. Shu moddaning beshinchi qismiga binoan, ushlab turish, jinoyat ishini qo‘zg‘atish, ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorlar darhol gumon qilinuvchiga e’lon qilinadi. Jinoyat-protsessual qonunning bir necha moddalari orqali gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish huquqi amalga oshadi. Demak, tergovchi, prokuror va sud shaxslarga nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini tushuntirishda ularning individual xususiyatlarini (yoshi, ma’lumoti, hayotiy tajribasi) e’tiborga olishlari, ayblov yoki gumonning mohiyati, jinoyatning malakalanishi hamda taxminiy oqibatlarini tushunarli, ravon tarzda bayon etishlari muhim bo‘lib, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi huquqlarini kafolatlashda katta ahamiyatga ega.
Ayblanuvchi, gumon qilinuvchining Jinoyat-protsessual kodeksining 46, 48-moddalaridagi o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan (gumon xususida) hamda ishning boshqa har qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuv va tushuntirish berish huquqi ham jinoyat sudlov ishlarini yuritishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur huquqni amalga oshirish uchun tergovni olib boruvchi shaxs va sud ayblanuvchiga ayblovning mohiyatini tushuntirishi va uni qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda so‘roq qilishi lozim.
Ko‘rsatuv berish ayblanuvchi, gumon qilinuvchining huquqi, lekin majburiyati emas. Biroq, bu ayblanuvchining rost yoki yolg‘on javob berishiga qonun befarq qarashini bildirmaydi. Sodir etilgan jinoyat to‘g‘risida haqqoniy ko‘rsatuv berish, qilmishdan pushaymon bo‘lish javobgarlikni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi.
Ayblanuvchining iltimosnomalar berish huquqi – uning isbotlash jarayonidagi ishtirokining shakllaridan biri hisoblanadi. Ayblanuvchining iltimosnomalar berish huquqi deganda, uning mazkur ishni yuritayotgan organlarga ko‘rib chiqilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan rasmiy iltimoslar bilan qilgan murojaati tushuniladi. Iltimosnomalarni asossiz qondirilmasligi nafaqat ayblanuvchi manfaatlariga, balki jinoyat ishlari yurituvi manfaatlariga ham jiddiy putur yetkazadi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqi ayblanuvchi, gumon qilinuvchining kafolatlangan subyektiv huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish usullaridan biridir. O‘z navbatida, ushbu huquq ishtirokchilarga boshqa protsessual huquqlarini amalga oshirishni ta’minlaydi, chunki fuqarolarning huquq va erkinliklarining buzilishi yoki noqonuniy cheklanishi holatlari uni amalga oshirilishiga asos bo‘ladi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchining shikoyati deganda, unga nisbatan tergov organi yoki prokuror tomonidan yo‘l qo‘yilgan nohaqlikni bartaraf etishni iltimos qilib berilgan rasmiy ariza tushuniladi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish