Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet57/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Surishtiruv organlari deyilganda jinoyat ishini qo‘zg‘atish, tugatish, tamomlash, ehtiyot choralarini tanlash (bundan qamoqqa olish va uy qamog‘i mustasno) vakolatlari yuklatilgan surishtiruvchi, surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari tushuniladi.

Surishtiruv organining boshlig‘i, uning o‘rinbosari va surishtiruvchi jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va shaxslari qatoridan o‘rin olgan. Ularning protsessual vakolatlari va huquqiy maqomi Jinoyat-protsessual kodeksining 381-moddasi hamda 39-moddasida belgilab qo‘yilgan. JPK 381-moddasiga binoan surishtiruvchi jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlash va so‘roq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaxsni ishda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga; shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish haqida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga, bundan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i mustasno; o‘z yurituviga qabul qilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini bajarish haqida yozma topshiriqlar berishga; boshqa surishtiruvchilarga ayrim tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga; tergovga qadar tekshiruv yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga shaxslarni ushlab turish, majburiy keltirish, qidirish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosini topshirishga, ulardan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko‘maklashishni talab qilishga; qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga; ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur protsessual majburlov choralarini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash haqida iltimosnomalar berishga, shuningdek mazkur choralarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bekor qilishga; amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritishga haqlidir.


Surishtiruvchi surishtiruvning yo‘nalishiga oid barcha qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi, bundan qonunda prokuror ruxsatini olish nazarda tutilgan hollar mustasno.
Surishtiruvchi prokurorning shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi, jinoyatni tavsif qilish va ayblov hajmi haqidagi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida yoki jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish haqida prokurorga taqdimnoma kiritish to‘g‘risidagi, ishni sudga yuborish yoki ishni tugatish haqidagi, tugallangan ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalariga rozi bo‘lmasa, o‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqlidir. Bunday hollarda yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorning ko‘rsatmasini o‘z qarori bilan yo bekor qiladi yoki ish bo‘yicha surishtiruv yuritishni boshqa surishtiruvchiga topshiradi. Uning o‘z yuritishidagi ish yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va chiqargan qarorlari barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir
Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari vakolatlari esa JPK 39-moddasida sanab o‘tilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: ular o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan surishtiruvchilarning o‘z vaqtida harakat qilishini nazorat etadilar, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruvni to‘la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko‘radilar; ishlarni tekshirib ko‘rishga, surishtiruvchiga surishtiruv yuritish, shaxsni ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi, ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida ko‘rsatmalar berishga, ishni bir surishtiruvchidan ikkinchi surishtiruvchiga olib berishga, ishni tergov qilishni bir necha surishtiruvchiga topshirishga, shuningdek surishtiruvchi vakolatlaridan foydalanib, surishtiruv yuritishda qatnashishga va surishtiruvni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir.
Surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘ining va uning o‘rinbosarining ish yuzasidan ko‘rsatmalari surishtiruvchiga yozma tarzda beriladi va ularning ijro etilishi majburiydir.
Prokurordan olingan ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilinishi, ushbu Kodeks 381-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, ularning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Xorijiy davlatlarda surishtiruvning yuritilishi borasida to‘xtalsak, aytish kerakki, yevropa davlatlarning aksariyatida surishtiruv faoliyati analogik tarzda tashkil etilgan.
Masalan, Germaniyada surishtiruvning differentsiatsiyaviy ajratilgan ikki shakli mavjud: 1) jamoat xavfsizligi politsiyasi (Schutzpolizei) tomonidan surishtiruv (aniq jinoyatlar, murakkab bo‘lmagan jinoyatlar); 2) jinoiy politsiya (Kriminalpolizei) tomonidan surishtiruv (qolgan barcha jinoyat ishlari yuzasidan)8.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish