Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet54/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Prokuror sudda taraf sifatida ishtirok etib, uning vazifasi – davlat ayblovni qo‘llab-quvvatlash va sud oldida sudlanuvchining aybini tasdiqlovchi dalillarni to’plash, o’zining ayblov xulosa yoki ayblov dalolatnomalarini sud oldida isbotlab berish, sudlanuvchiga nisbatan tegishli jazo tayinlash so’rash. Ayblovni quvvatlash yoki sud muhokamasida aybi isbotlanmagan bo‘lsa, ayblovdan voz kechish – bu prokurorning suddagi ishtirokining asosiy mazmunini tashkil etib, uning sud muhokamasining qatnashchisi sifatidagi protsessual holatini aniqlab beradi.

Prokurorning suddagi ishtiroki sudga dalillarni har tomonlama, to‘la va xolisona tahlil etishga, jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning aybli yoki aybsiz ekanligini isbotlashga, sodir etilgan jinoyatning to‘g‘ri malakalanishiga, shaxsga nisbatan adolatli jazo tayinlanishi yoki uni jazodan ozod qilinishiga yordam beradi.


Prokuror jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda ishtirok etib, o‘z vakolatlari doirasida: sudyaning jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi qarorining qonuniyligiga e’tibor beradi; sudda davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlaydi; sud muhokamasi davrida yuzaga kelgan masalalar yuzasidan o‘z fikr va xulosalarini beradi; agar davlat, jamiyat va fuqarolarning manfaatlarini himoyalash talab etilsa, da’volar keltiradi va ularni sudda himoya qiladi; sudning asoslanmagan va noqonuniy qarorlari, ajrimlari ustidan protest keltiradi; protest yoki shikoyatlar bo‘yicha ko‘rilayotgan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibidagi sudlarga o‘z xulosalarini taqdim etadi; sudlarning hukm, qaror va ajrimlarining qonuniyligi va muddatlarini tekshiradi; sudlarning hukm, ajrim va qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi; hukm, ajrim va qarorlar qonun tomonidan nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqiladigan holatlarda, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qayta tiklanadigan hollarda kerakli choralarni ko‘radi.
Prokurorning sud muhokamasidagi ayblov nutqi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: jinoyatga ijtimoiy-siyosiy, huquqiy-psixologik baho berish; ishning haqiqiy holatlarini bayon qilish; dalillarni tahlil qilish va ularga baho berish; qilmishga berilgan yuridik kvalifikatsiyani asoslash; sudlanuvchini shaxsini tavsiflash; aybdorning aybini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni tahlil qilish va ularga baho berish; jinoyatlarni sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni tahlil qilish va ularni bartaraf qilish choralarini taklif qilish tayinlanishi lozim bo‘lgan jazoga, undirilishi lozim bo‘lgan fuqarolik da’vosiga, jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni undirishga va shunga o‘xshash masalalar yuzasidan o‘z fikrini bildirish.
Prokuror, albatta, har qanday jinoyat ishi bo‘yicha shu ko‘rsatilgan tartibda ayblov nutqini tuzishi shart emas. Jinoyat ishining o‘ziga xos xususiyatlariga, jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan materiallarning tuzilishiga qarab ayblov nutqining qayd etilgan elementlari mazmuni va butun hajmi aniq voqea holatlari ta’sirida o‘zgarishi mumkin.
Lekin prokurorning davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash faoliyati asosan sud jarayonida namoyon bo‘ladi. Apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida sud qarorlarining qonuniyligi va asoslanganligini tekshirish bosqichida ish yuritilishida prokuror markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Zero, u jinoyat protsessining ishtirokchisi sifatida o‘z vakolatlari doirasida birinchi instansiya sudlarining qarorlari, ajrimlari ustidan keltirgan protestlari ishning yuqori instansiya sudlarida ko‘rilishiga sabab bo‘ladi. Yuqori instansiya sudlarida ham prokuror asosan davlat ayblovini va o‘zi keltirgan protestning qonuniyligini asoslab berishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, prokuror jinoyat protsessining eng faol ishtirokchilaridan biri bo‘lib, faqat u jinoyat ish yurituvining barcha bosqichlarida, ya’ni jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichidan to sud hukmi kuchga ijroga qaratilgunga qadar ishtirok etadi. Shu bilan birga uning protsessual holati ham turli bosqichlarda turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega organlar prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari (ayrim hollarda prokuror) hisoblanadi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish