Ispaniyada esa surishtiruv politsiya tomonidan amalga oshiriladi, yuritiladigan ishlar yuzasidan bildirgi tayyorlanib, navbatchi tergov sudyasiga yuboriladi. Tergov sudyasi zarur hollarda 72 soat davomida tergovni tamomlaydi. Tergov sudyasi tergovni tamomlangan deb hisoblasa, shundan kelib chiqib, tezlashtirilgan tartibda ish ko‘rish tartibini qo‘llash masalasini hal etadi.
Milliy jinoyat protsessi nuqtayi nazaridan surishtiruvning АQSh analogi politsiya bo‘lib, unga jamoat tartibi va jinoyatlarni tergov qilish funktsiyasi yuklatilgan, sudga qadar bosqichni amalga oshiruvchi asosiy organ sifatida namoyon bo‘ladi. АQSh qonunchiligida tergovchi kabi protsessual ishtirokchi umuman mavjud bo‘lmay,9 dalillarni to‘plash hamda mustahkamlash tergovchining yordamisiz ham amalga oshiriladi. Shu bois ham, sudga qadar bosqichlarda jinoyat ishi yurituvida haqiqiy “boshliq” - politsiya noziri hisoblanadi10.
Fransiyada11 surishtiruv bir qator o‘ziga xos jihatlariga ega. Fransuz jinoyat protsessida ham АQSh singari surishtiruv politsiya tomonidan olib borilsa-da, Fransiyada prokurorning yanada faolligi kuzatiladi. Jinoyat haqida xabar kelib tushgandan so‘ng, prokuror nazorati ostida politsiya surishtiruvi boshlanadi. Surishtiruv prokurorga daliliy materiallarni taqdim qilish bilan yakunlanib, prokuror ularga jinoiy ta’qibni qo‘zg‘atishga oid vakolatlari doirasida yuridik baho beradi.
Bugungi kunda ham jinoyat ishlari yurituvining sudga qadar bosqichlarni, jumladan surishtiruv institutini yanada takomillashtirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 7-fevralidagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida jinoyat protsessiga ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudgacha va sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish masalasi muhim vazifa sifatida belgilangan edi. Shunga muvofiq 2017-yil 6-sentabr kuni “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ – 442-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Sudgacha va sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilinishi birinchi navbatda, ishlarga differensial yondashuvni ta’minlab, shaxslarning jinoyat protsessidagi huquqlarini kengaytirish evaziga dastlabki tergov va sudda ishlarni ko‘rib chiqilishi tezkorligi va
samarasiga erishiladi. Ya’ni ishlarni soddalashtirgan tartibda ko‘rilishi natijasida protsess ishtirokchilarining vaqti tejaladi, sud sansalorligining oldi olinadi, dastlabki tergov va sudlarda ish xajmi jiddiy kamayadi, bu esa bevosita tergov organlari va sudlar faoliyati sifatini ta’minlaydi12.
Do'stlaringiz bilan baham: |