Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet122/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

7.7. Ko‘zdan kechirish
(Muallif – Cho‘tboyev M.R.)
Jinoyat protsessida isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Mazkur jarayonni amalga oshirishda tergov harakatlari o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ko‘zdan kechirish esa ushbu tergov harakatlari tizimida o‘z o‘rniga ega.



Ko‘zdan kechirish deganda, biron bir moddiy obyektning o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish orqali inson ongida mazkur obyekt haqida tasavvur xosil qilishi tushuniladi.

Tergov harakati sifatida ko‘zdan kechirish esa ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlash uchun moddiy obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plashga yo‘naltirilgan harakat hisoblanadi.
Ko‘zdan kechirish tergov harakatini asosi sifatida jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir bo‘lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadi belgilab berilgan.
Ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirish vakolati surishtiruvchi, tergovchi va sudga berilgan. Ko‘zdan kechirish tergov harakati obyektlari sifatida hodisa sodir bo‘lgan joy, murda, hayvonlar, tevarak-atrof, binolar, narsalar va hujjatlar keltirib o‘tilgan. Bulardan tashqari ko‘zdan kechirish obyektlari sifatida tirik odam, pochta-telegraf jo‘natmalari ham hisoblanadi. Biroq tirik odamni ko‘zdan kechirish alohida mustaqil guvohlantirish tergov harakati talablari asosida amalga oshiriladi.
Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish esa tintuv va olib qo‘yish tergov harakatlari tarkibiga kiritilgan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash jarayonida belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Narsalarni olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish chog‘ida topilgan narsa va hujjatlar shu tergov harakatlarini o‘tkazish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda ko‘zdan kechirilishi lozimligi belgilangan.
Jinoyat-protsessual kodeksining 136-moddasida ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari mustahkamlangan. Unga ko‘ra surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ko‘zdan kechirish xolislar ishtirokida o‘tkaziladi.
Xolis sifatida yashash va ish joylari aniq bo‘lgan, aqli raso, eshitish va ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lgan shaxslarni jalb qilish zarur. Xolislikka savodsiz, jazo o‘tayotgan, tilni yaxshi bilmaydigan shaxslarni va huquqni muhofaza qilish idoralarida ishlaydigan xodimlarni jalb qilmaslik kerak.
Jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan vaqtda ko‘zdan kechirishga zarurat tug‘ilsa, sud bu haqda ajrim chiqarishi va ko‘zdan kechirishni taraflar ishtirokida o‘tkazishi lozimligi ham alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Agar ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari hisoblansa, ko‘zdan kechirish tergov harakati turlari sifatida hodisa sodir bo‘lgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalar va hujjatlarni ko‘zdan kechirishga ham taalluqli hisoblanadi. Demak, sudda ushbu turlardagi ko‘zdan kechirish lozim bo‘lgan barcha hollarda ajrim chiqarilishi lozim. Jinoyat-protsessual kodeksining 139-moddasi talablariga ko‘ra fuqaroning uyi yoki xizmat joylari tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirish obyekti sifatida o‘tayotgan bo‘lsa qaror yoki ajrim chiqarilishi belgilangan. Boshqa ko‘zdan kechirish turlarida bunday qoida keltirib o‘tilmagan. Demak, sud barcha hollarda ajrim chiqaradi, surishtiruvchi va tergovchi faqatgina tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirishda qaror chiqarishi lozim.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish