Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish



Download 0,94 Mb.
bet121/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

7.6. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish
(Muallif yuridik fanlar doktori, dotsent D.M.Mirazov)



Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish mustaqil tergov harakati bo‘lib, surishtiruvchi, tergovchi va sud, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh hamda jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda muayyan holatlarni qayta tiklash yo‘li bilan tekshirib ko‘rishdan iboratdir.

Jinoyat-protsessual kodeksining 15-bobi ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatiga oid qoidalarni protsessual tartibga soladi. Bu tergov harakatining asosiy vazifasi tergovda to‘plangan material va faktlar inobatga olingani holda ayblanuvchi, gumon qilinuvchi, guvoh va jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari qanchalik to‘g‘riligini, ularning ishga daxldor ayrim holatlarini yodiga tushirib, ko‘rsatuvlarni to‘ldirish, ishga daxldor moddiy ashyolarni qayerga yashirilganligini yoki joylashganligini aniq ko‘rsatishlariga erishish, jinoyat sodir qilishda jinoyat joyiga qayerdan kirgan va chiqqan yo‘nalishini (sxemasi, trayektoriyasini) aniqlashdan iboratdir.


Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishdan maqsad esa, ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma’lum, ammo surishtiruvchi, tergovchi va sudga noma’lum bo‘lgan, jinoyat hodisasini aniqlash uchun ahamiyatga ega narsalar, hujjatlar, izlar va belgilarni topish, shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, izlar qayerda bo‘lganligini ko‘rsatib berishi, bir necha shaxsning ayni bir hodisa to‘g‘risida bergan ko‘rsatuvlaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash uchun muhim bo‘lgan joy yoki yo‘nalishni shaxs ko‘rsatib berishi, holatlarni qayta tiklash voqea-hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali ko‘rsatuvlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashdan iboratdir. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish natijalari, bu shaxslarning muayyan hodisalar haqida bilganlari faqat ularning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina, dalil kuchiga ega bo‘ladi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish yordamida hal qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
– ko‘rsatuvlar berilgan joyning haqiqatdan mavjudligi;
– ehtimol qilinayotgan jinoyatchining hodisa sodir bo‘lgan joyga kelish va undan chiqib ketish yo‘li;
– tekshirilayotgan joy haqida bir qancha guvoh yoki ayblanuvchining ko‘rsatuvlarida qarama-qarshiliklar mavjudligi;
– ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning voqea va barcha vaziyatlar haqiqatdan yuz berganidan xabardorligi;
– ishga oid daliliy ahamiyatga ega yangi ashyolarni aniqlab topish;
– jinoyat ishiga daxldor shaxslarni aniqlab topish;
– ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs xotirasini yanada faollashtirish;
– jinoyat sodir bo‘lishiga imkon yaratgan vaziyatlarni aniqlash;
– ekspertiza uchun batafsil axborot izlash;
– tergov va qidiruv uchun ahamiyatli holatlarni batafsil bilish.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilarning ko‘rsatuvlaridagi dalillarni tekshirishning samarali usullaridan biridir. Uni o‘tkazish so‘roq qilingan shaxsning ko‘rsatuvlari qanchalik voqelikka to‘g‘riligini tekshirishga, daliliy ashyolarni aniqlashga, jinoyat yuz bergani, uni muayyan shaxslar sodir etganini aniqlashga imkon beradi.
JPKning 94-moddasiga binoan, tekshiruv deganda qo‘shimcha dalillarni to‘plash tushunilib, ular tekshirilayotgan dalillarni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.
Demak, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish ilgari so‘roq qilingan shaxsdan tekshirilayotgan voqeaga oid tushuntirishlar olish, shu voqea bilan bog‘liq bo‘lgan joy va obyektni ko‘rsatish hamda olingan daliliy ashyolarni tekshirish maqsadida ko‘rsatuvlar bilan solishtirishdan iborat bo‘lib, so‘roq qilingan shaxs tergovchining taklifiga binoan protsessual sharoitlarga rioya qilgan holda u oldin bergan ko‘rsatuvlarida nazarda tutgan joy, buyumlar va holatlarning bir-biriga bog‘liqligini bayon qiladi. Tergovchi esa ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning tushuntirishlarini eshitadi, uning harakatlarini kuzatadi. Shuningdek, shaxsning ko‘rsatuvlari va harakatlari hodisa sodir bo‘lgan joydagi vaziyatga mos yoki mos emasligini aniqlaydi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning protsessual tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi 133-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, unga binoan mazkur tergov harakatini o‘tkazishdan oldin surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida tekshirilayotgan ko‘rsatuvlarni e’lon qiladi. Ko‘rsatuv bergan shaxsdan ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga ehtiyoj bor yoki yo‘qligini so‘raydi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntiradi. Basharti guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan bo‘lsa, ular ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va atayin yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik haqida ogohlantiriladi.
Tergov harakatini o‘tkazish chog‘ida ko‘rsatuv bergan shaxs o‘ziga ma’lum bo‘lgan tekshirilayotgan hodisaning ayrim sharoiti, holatini tiklaydi, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalar, hujjatlar, izlar topilgan joylarni ko‘rsatadi, ayrim harakatlarni namoyish qiladi, hodisa sodir bo‘lgan joyda sharoitning o‘zgarganligiga e’tiborni qaratadi, o‘zining avvalgi ko‘rsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazishda tergovchi hozir bo‘lgan ishtirokchilarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi va bu haqida tergov harakatining bayonnomasida qayd etadi. Tergov harakatining ishtirokchilariga tekshiruv maqsadi, vazifalari tushuntiriladi, ularning ishtirok etishdagi vazifasi belgilanadi.
Hodisa sodir bo‘lgan joyga kelishda tergovchi ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga yo‘lning to‘g‘riligi, hodisa joyiga yo‘nalishni ko‘rsatishni taklif etadi va boshqa ishtirokchilarga bu harakatni diqqat bilan kuzatishni va ishga ahamiyatli bo‘lgan ayrim holatlarga e’tibor berishni tavsiya etadi.
Hodisa joyida ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxs hech qanday chetdan ta’sir, sha’ma yoki yordamchi tushuncha so‘zlar kiritilmasdan o‘zi erkin ravishda tushuncha berishi lozim. Umumiy so‘roq o‘tkazishda qo‘llaniladigan tartib-qoida bu holatda ham to‘liq tatbiq etilishi mumkin. Shundan so‘ng tergovchi bevosita ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga kirishadi.
Ko‘rsatuv bergan shaxs hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini tiklaydi, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni, izlarni qidirib topadi va ko‘rsatadi, ayrim harakatlarni namoyish qiladi, tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati bo‘lganligini tushuntiradi. Ko‘rsatuvlarni tekshirish paytida hodisa sodir bo‘lgan joy, atrof-muhit sharoitining o‘zgarganligiga e’tiborni qaratish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tushuncha va aniqlik kiritish uchun ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs o‘zining avvalgi ko‘rsatuvlarini aniqlashtiradi, ayrim holatlarni bir-biriga bog‘lanishlarni oydinlashtirib beradi. Mazkur holatlarda ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning harakatiga, tushuntirishiga aralashish, gap qo‘shish yoki o‘rgatish va ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tergovchi ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga hodisa joyiga borish uchun yo‘l marshrutini ko‘rsatishni taklif qiladi, shunda barcha tergov harakati ishtirokchilari birgalikda ko‘rsatilgan yo‘l bo‘yicha hodisa joyi tomon yo‘l oladi. Ushbu vaqtda tergovchi ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsning erkin, hech qanday tashqi ta’sirsiz, mustaqil va o‘z ixtiyori bilan yo‘lni ko‘rsatib, joyga borishi va u yerda qanday harakat yoki holatning bo‘lganligini aytishini kuzatib turadi.
Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa joyining umumiy chegarasini belgilab ko‘rsatadi, tergovchining tekshiruv, nazorat qiluvchi yoki qo‘shimcha savollariga tushuntirish beradi. Javob berishda so‘roq qilingan shaxs jinoyat sodir qilingan joyning ayrim holatlarini, tekshirilishi lozim bo‘lgan faktlarni dastavval so‘roq qilinganda qanday tartib va oldinma-ketinlikda so‘zlagan bo‘lsa, shunday tarzda ko‘rsatib, hodisa joyidagi o‘zgarishlarni, buyum va ashyoviy dalil hamda izlarning topilgan, yashirilgan joylarini ko‘rsatadi, tushuntirib beradi.
Hodisa joyida tergovchi ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxsga jinoiy harakatning ayrim vaziyatlarini takror ko‘rsatish, uni kerak bo‘lsa, qiyoslab ko‘rsatishni taklif qilishi, ayrim holatlarni jinoiy hodisa bilan bog‘liqligini tushuntirib berishi talab qilinadi. Tekshirilayotgan ko‘rsatuvdagi holatlar hodisa joyidagi vaziyatga to‘g‘ri kelmasa, ba’zida ziddiyatli vaziyatlar mavjud bo‘lib qolsa, tergovchi bular haqida savol javob qilib, ziddiyatli holatlarni bartaraf qilmog‘i lozim.
Ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga u erkin so‘zlab, tegishli harakatlarni namoyish qilganidan so‘ng, ko‘rsatuvdagi ayrim holatlarni oydinlashtiruvchi, shuningdek uning eslash qobiliyatini faollashtiruvchi savollar berilishi mumkin. Tergov harakatida ishtirok etuvchilar ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga tergovchining ruxsati bilan savol berishlari mumkin. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazish davomida ish uchun ahamiyatli bo‘lgan va tegishli holatlarni aniqlash uchun turli xil savollarni berish mumkin. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish jarayonida so‘roq qilingan shaxsning ilgari ko‘rsatuv bergan yoki tergov harakati davomida ko‘rsatgan tekshirilayotgan voqea joyi, narsalar va sharoitga oid savollar berilishi mumkin. Qonunda ishora qiluvchi savollar berish taqiqlanganligi sababli ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga biror ma’lumot berishi mumkin bo‘lgan imo-ishora, belgi, harakatlar qilishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Agarda ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning so‘roq davomida bergan oldingi ko‘rsatuvlari bilan hodisa sodir bo‘lgan joyda bergan ko‘rsatuvlari o‘rtasida tafovut yuzaga kelsa, bunday holatga oydinlik kiritish maqsadida tergovchi ishga taalluqli bo‘lgan savollarni berishi mumkin.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish xolislar ishtirokida o‘tkazilishi Jinoyat-protsessual kodeksida ko‘zda tutilgan. Mazkur tergov harakatining o‘ziga xos jihatlari tufayli tergovchi holislarga nafaqat ularning huquq va majburiyatlarini, balki ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishning maqsad va vazifalarini ham tushuntirib berishi, ularning e’tiborini ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsning o‘zini tutishiga, harakatlarning ixtiyoriy va mustaqil ekanligiga qaratish kerak.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatini o‘tkazish jarayonida tergovchiga yordam berish uchun mutaxassislar jalb etiladi. Tergov va sud amaliyotini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘rsatuvlarni keng hududlarda va ko‘p epizodlar bilan voqea joyidagi murakkab sharoitda kechadigan tekshiruvlarda mutaxassisning ishtiroki ijobiy natijalarni bermoqda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda mutaxassislarning ishtirok etishi tergovchiga kino-fotosuratga olish, videoyozuv, ovoz yozish ishlariga chalg‘imasdan, diqqatini ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxslarning hatti-harakatlarini izohlashga voqea-hodisa sodir bo‘lgan joydagi haqiqiy sharoitga qaratishiga imkon beradi. Shuningdek, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatiga mutaxassisni jalb etish tergovchiga mazkur tergov harakatini samaraliroq va kamroq vaqt sarflab o‘tkazishida yordam beradi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatining natijalarini rasmiylashtirish Jinoyat-protsessual kodeksining 134-moddasi asosida amalga oshiriladi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish jarayoni va uning natijalarini qayd qilish mazkur tergov harakatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Bunday qayd qilish, bayonnoma to‘ldirish, fototasvirga tushirish, video-tovush yozish uskunalarini ishlatish, reja va sxemalarni tuzishdan iborat.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish