Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet117/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

7.4. YUZLASHTIRISH
(muallif – A.R.Matmurotov)


Yuzlashtirish –bu dalil to‘plash usullaridan biri bo‘lib, Jinoyat-protsessual kodeksining 122-moddasida belgilanganidek, ilgari so‘roq qilingan ikki shaxs ko‘rsatuvlari o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda, ushbu qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash va bartaraf etish uchun o‘tkaziladi.

Jiddiy qarama-qarshiliklar – bu isbot qilish predmetiga kiruvchi holatlar mazmuni yuzasidan ko‘rsatuvlarda mavjud bo‘ladigan nomutanosiblik, ma’lumotlarning bir-birini rad etishi hisoblanadi.

Bu qarama-qarshiliklarning sabablarini aniqlash uchun yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh so‘roq qilinishi mumkin. Yuzlashtirish tergov harakati ko‘rsatuvlarni, ya’ni dalillarni tekshirishga qaratilgan tergov harakati hisoblanadi.



Yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish ilgari so‘roq qilingan shaxslarning ko‘rsatuvlarni yana takrorlash emas, balki surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan shaxslar tomonidan berilgan ko‘rsatuvlardagi jiddiy qarama-qarshi­liklarning sababini aniqlash uchun o‘tkazilishi lozim.

Yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish uchun asoslari va tartibi Jinoyat-protsessual kodeksining 96 – 108, 122 – 124-moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan.


Jinoyat-protsessual qonunchiligi faqat ikki shaxs o‘rtasida yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazib, so‘roq qilishga ruxsat beradi.
Yuzlashtirish tergov harakati faqatgina so‘roq qilingan shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud yuzlashtirish tergov harakatini boshlamasdan oldin gumon qilinuvchiga Jinoyat-protsessual kodeksining 48-moddasida, ayblanuvchiga esa 46-moddasida bel­gilangan huquq va majburiyatlari tushuntiriladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun Jinoyat kodeksining 238–240-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilmaydi.
Yuzlashtirish o‘tkazayotgan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan yuzlashtirilayotgan guvoh va jabrlanuvchi yolg‘on ko‘rsatuv bersa, shuningdek ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlasa, Jinoyat kodeksining 238–240-moddalari bilan jinoiy javob­garlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantiriladi.
Yuzlashtirib so‘roq qilish oldidan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi har bir so‘roq qilinuvchidan navbat bilan ularning o‘zaro tanishligi yoki tanish emasligini, o‘zaro munosabatlari qanday ekanligini so‘raydi va javoblarini tinglaydi. Shundan so‘ng har bir so‘roq qilinuvchiga navbat bilan qarama-qarshilik kelib chiqqan holatlar to‘g‘risidagi savollarga javob berish taklif qilinadi. Agarda qarama-qarshilik bir nechta masalaga yoki holatga taalluqli bo‘lsa, yuzlashtirishda har ikki so‘roq qilinuvchi bir holat bo‘yicha ko‘rsatuv bergach, ularga keyingi masala yoki keyingi holat to‘g‘risidagi savollar berilishi mumkin.
Yuzlashtirish chog‘ida so‘roq qilinayotgan shaxs surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan boshqa so‘roq qilinuvchiga savol berishi mumkin. Sud majlisida so‘roq qilinuvchilarning har ikkalasiga xalq maslahatchilari, shuningdek taraflar savol berishlari mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi va sud majlisida raislik qiluvchi ish uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yoki yuzlashtirishda aniqlashtirilayotgan qarama-qarshilikka taalluqli bo‘lmagan savollarni chetlatishga haqlidir.
Amaliyotdan misol: Tilla buyumlarini uydan olib chiqib ketganlik holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilingan A.Qodirov va ishga jabrlanuvch sifatida e’tirof etilgan O.Jumayevning ko‘rsatmalarida jiddiy qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Ushbu holat bo‘yicha tergovchi ayblanuvchi A.Qodirovni o‘z xonasiga taklif qilib, ko‘rsatmalaridagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish maqsadida uni so‘roq qildi. Shundan so‘ng tergovchi jabrlanuvchi O.Jumayev bilan munozarali masalalar bo‘yicha telefon orqali suhbatlashdi va suhbat so‘ngida O.Jumayevga IIBga kelib so‘roq bayonnomasiga imzo chekib ketishini so‘radi. O.Jumayev bilan bo‘lgan suhbat mazmunini A.Qodirovga so‘zlab berdi. Suhbat mazmunini eshitgan ayblanuvchi A.Qodirov jinoyat sodir etganligiga iqror bo‘lib uni tan oldi. Ayblanuvchi A.Qodirov va jabrlanuvchi O.Jumayevning ko‘rsatmalari yuzlashtirish bayonnomasida rasmiylashtirildi.
Yuzlashtirish bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayon­nomada yuzlashtirish qachon, qayerda, kim tomonidan, kimlar o‘rtasida, soat nechadan boshlab, soat nechagacha davom ettiril­ganligi qayd etilishi shart. Shuningdek, yuzlashtirilayotgan shaxslarning kimlar ekanligi aniqlashtirilishi, ya’ni familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq yozilishi kerak. Shuningdek, taraflarning o‘zaro munosabatlari haqidagi ularning javob­lari, ko‘rsatuv berishdan avval ularning huquq va majbu­riyatlari tushuntirilishi, tegishli tartibda ogohlantirilishi lozim bo‘lgan shaxslar yolg‘on ko‘rsatuv berganligi yoki ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilganligi bayonnomada qayd etilishi lozim.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish