Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet113/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

So‘roq qilinuvchining ilgarigi so‘roqlarda bergan ko‘rsatuvlarini o‘qib eshittirish. Jinoyat protsessining va dalillarga baho berishning prinsiplaridan biri dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish hisoblanadi. Unga ko‘ra, ilgari so‘roq qilinganligidan qat’iy nazar dalil sifatida ma’lumotni qabul qilish yoki tekshirish uchun mazkur ma’lumotga ega shaxs (uni ma’lum qilgan shaxs) bevosita (og‘zaki) so‘roq qilinishi lozim. Biroq shaxs ko‘rsatuv berishdan bosh tortgan hollarda, shuningdek hozirgi va ilgarigi so‘roqlarda berilgan ko‘rsatuvlar o‘rtasida jiddiy qarama-qarshiliklar bo‘lganda yoki tergov va suddan yashiringan vaziyatlarda ish yuritilayotganda, uning ilgari bergan ko‘rsatuvlari bayonnnomalashtirilgan bo‘lsa, u o‘qib eshittirilishi mumkin.
Bundan tashqari, so‘roq qilinuvchi shaxs takroriy yoki qo‘shimcha so‘roqda biri boshqasini inkor qiladigan ma’lumotlarni bayon qilgan hollarda so‘roq qilish yakuniga yetkazilib, rasmiylashtirilgandan so‘ng ilgari bergan ko‘rsatuvlarini tekshirish yoki aniqlik ko‘rsatish maqsadida o‘qib eshittirilishi mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksi 104-modda).
Shuningdek, ish so‘roq qilinuvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan so‘roq qilinuvchining ilgari bergan ko‘rsatuvlar o‘qib eshittirilishi mumkin.
So‘roq qilinuvchiga narsalar va hujjatlarni ko‘rsatish. So‘roq jarayonida surishtiruvchi, tergovchi va sud, shuningdek sud muhokamasida taraflar ishga qo‘shib qo‘yilgan yoki taraflar ixtiyorida bo‘lgan narsalar va hujjatlarni so‘roq qilinuvchiga ko‘rsatishlari, shuningdek bu hujjatlarni o‘qib eshittirishlari mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksi 105-moddasi 1-qismi).
Bu vaziyatda ko‘rsatuvlarning haqqoniyligiga erishish, unutilayotgan muayyan holatlarni esga solish, boshqalarga noma’lum noaniq bo‘lgan ma’lumotlarga oydinlik kiritish maqsadida so‘roq qilinuvchiga narsalar va hujjatlarni ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘rsatiladigan bunday ashyolar so‘roq qiluvchilarda yoki sudda taraflar ixtiyorida bo‘lib, ularning tashabbusi bilan ham ko‘rsatilishi mumkin.
So‘roq bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qaysi narsa yoki hujjat ko‘rsatilganligi, hujjat matnining qaysi qismi va uning kim tomonidan o‘qib eshittirilganligi, narsa yoki hujjatni ko‘rsatish vaqtida qanday savollar berilganligi va bunga javoban so‘roq qilinuvchi qanday ko‘rsatuvlar berganligi aniq aks ettirilishi kerak (Jinoyat-protsessual kodeksi 105-moddasi 2-qismi).
So‘roq jarayoni va natijalarini qayd qilish. (Jinoyat-protsessual kodeksi 106-modda). Muayyan ma’lumotga dalil deb baho berishning muhim shartlaridan biri ularning rasmiylashtirishi hisoblanadi. Tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish mumkin. Boshqa ko‘plab davlatlardan farqli ravishda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessida suddan tashqarida so‘roq qilish amalga oshirilganda alohida bayonnoma tuziladi. Sudda esa, barcha sud harakatlari sud majlisining bayonnomasida rasmiylashtiriladi.
Har bir holatni to‘laligicha yozib bo‘lmasligi bois so‘roq jarayonida bayonnoma yuritish bilan bir qatorda ovozni yozib olish, videoyozuv va kinotasvirga olish ham qo‘llanilishi mumkin. Ulardan foydalanish ko‘rsatuvlarning yanada ishonchliligini ta’minlaydi.
Ko‘rsatuvlar bayonnomaga birinchi shaxs nomidan, imkoni boricha so‘zma-so‘z yozib boriladi. Savol-javob so‘roq jarayonida qanday olib borilgan bo‘lsa, shunday izchillikda qayd qilinadi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisiga raislik qiluvchi tomonidan chetlatilgan, shuningdek so‘roq qilinuvchi javob berishdan bosh tortgan savollar ham bayonnomaga kiritilishi kerak.
Bayonnomada, bundan tashqari, so‘roq qilinuvchi tomonidan avvalgi so‘roqlarda berilgan ko‘rsatuvlarning o‘qib eshittirilgani, ko‘rsatuv berish jarayonida so‘roq qilinuvchining hujjat yoki boshqa yozuvlardan foydalangani, so‘roq qilinuvchiga so‘roq davomida narsa va hujjatlar ko‘rsatilgani, so‘roq paytida ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish o‘tkazilgani qayd qilinadi, fonogramma, videoyozuv, kinotasma bayonnomaga ilova qilinadi.
Agar so‘roq qilishda texnik vositalaridan foydalanilgan bo‘lsa, bayonnomada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
fotosurat, videoyozuvlar va ovozli yozuvlardan foydalanganligi haqidagi ma’lumotlar;
– texnik vositalar to‘g‘risida ma’lumotlar;
– agar uzilishlar bo‘lsa, ularning sabablari va muddatlari;
– so‘roq qilinuvchi tomonidan texnik vositalardan foydalanish borasida berilgan ariza va shikoyatlar;
– so‘roq qilinuvchining imzosi.
So‘roq tugaganidan keyin bayonnoma o‘qib chiqish uchun so‘roq qilinuvchiga ko‘rsatiladi yoxud uning iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi tomonidan unga o‘qib beriladi.
So‘roq qilinuvchi ko‘rsatuvni o‘z qo‘li bilan yozma ravishda bayon qilishga haqli, o‘z qo‘li bilan yozilgan ko‘rsatuv bayonnomaga ilova qilinib, bu haqida bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
So‘roq qilinuvchi yoki taraflarning iltimosiga ko‘ra sud majlisida bayonnomaga imzo qo‘yilguniga qadar yozilgan ovoz, videoyozuv va kinotasvir namoyish qilinishi mumkin. Ular bilan bayonnoma o‘rtasida tafovut bo‘lgan hollarda, tafovut sababini aniqlash uchun qayta so‘roq qilinishi mumkin.
So‘roq qilinuvchi bayonnomani o‘qib bo‘lgach, ko‘rsatuvlari to‘g‘ri yozilganligi va u bilan tanishganligini imzo chekib tasdiqlaydi. Imzo bayonnomaning oxiriga qo‘yiladi, basharti ko‘rsatuvlar bir necha sahifaga yozilgan bo‘lsa, har qaysi sahifaga alohida imzo chekiladi.
So‘roq qilishda tarjimon qatnashayotgan bo‘lsa, u so‘roq qilinayotgan shaxsning bayonnomadagi ko‘rsatuvlarini unga og‘zaki tarjima qiladi, so‘roq qilinuvchining o‘z qo‘li bilan yozib bergan ko‘rsatuvlarini esa, yozma ravishda tarjima qiladi. Tarjimon ko‘rsatuvlar yozilgan bayonnomaning oxiriga va har bir sahifasiga alohida, shuningdek so‘roq qilinuvchining o‘z qo‘li bilan yozib bergan ko‘rsatuvlarining tarjimasiga imzo chekadi.
So‘roqning davom etish vaqti. So‘roqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmaydi (Jinoyat-protsessual kodeksi 107-modda).
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, olti soatdan oshmasligi kerak (Jinoyat-protsessual kodeksi 553-moddasi 4-qismi).
Tergov amaliyoti so‘roq qilinuvchini so‘roq qilishning davom etish vaqtini belgilashda mutaxassis-shifokor fikri olinishi maqsadga muvofiq. Lekin ushbu muddat ham yuqorida ko‘rsatilgan maksimal muddatdan oshishi mumkin emas.
Qo‘shimcha so‘roq. Dastlabki tergovda va sudda qo‘shimcha so‘roq qilish zarurati tug‘ilishi mumkin. Bunday so‘roq quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
1) so‘roq qilinuvchi ishning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuv bera olishi uchun qonunda nazarda tutilgan so‘roqning umumiy davom etish vaqti yetarli bo‘lmasa;
2) so‘roq qilingan shaxs ilgari bergan ko‘rsatuvlarini to‘ldirish yoki o‘zgartirish istagini bildirsa;
3) ayblanuvchiga yangi yoki o‘zgartirilgan yoxud qo‘shimcha ayblov e’lon qilinsa;
4) surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari so‘roq qilingan shaxsning ko‘rsatuvlari to‘g‘ri yozilganligini prokuror qo‘shimcha so‘roq qilish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishni lozim topsa;
5) surishtiruvchi yoki boshqa tergovchi tomonidan ilgari so‘roq qilingan shaxsning ko‘rsatuvlari to‘g‘ri yozilganligini ishni yuritish uchun qabul qilgan tergovchi qo‘shimcha so‘roq qilish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishni lozim topsa;
6) ilgari so‘roq qilingan shaxsga berilishi kerak bo‘lgan ish uchun muhim yangi savollar tug‘ilsa;
7) shaxs so‘roq qilinganidan keyin ishga kirishgan zaxiradagi xalq maslahatchisi ushbu shaxsni yangitdan so‘roq qilishni talab qilsa (Jinoyat-protsessual kodeksi 108-modda).
Ko‘rsatuv beradigan subyektlarga ko‘ra, so‘roq qilish quyidagi turlarga farqlanadi:
1) gumon qilinuvchini va ayblanuvchini (sudlanuvchi) so‘roq qilish;
2) jabrlanuvchi va guvohni so‘roq qilish.
Bulardan tashqari, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh maqomida bo‘lgan shaxslarning yoshi, jinoyat ishiga jalb qilinayotgan O‘zbekiston hududidan tashqarida ekanligi yoki diplomatik daxlsizlikka egaligi kabi xususiyatlarini inobatga olib, ularni so‘roq qilishga nisbatan qo‘shimcha qoidalarni qo‘llaniladi. Bunday xususiyatlarga ega shaxslar sifatida:
1) voyaga yetmagan gumon qilinuvchini va ayblanuvchini (sudlanuvchini);
2) voyaga yetmagan jabrlanuvchini va guvohni;
3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining va sudlanuvchining yaqin qarindoshlarini;
4) O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan va chaqirtirilgan guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni, fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini;
5) xorijiy yoki xalqaro diplomatik daxlsizlikka ega shaxslarni keltirib o‘tish mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan shaxslarni jinoyat protsessining har qanday bosqichida so‘roq qilishda ularga berilgan qo‘shimcha kafolatlar va o‘ziga xosliklarni inobatga olgan holda so‘roq qilishning umumiy qoidalariga rioya etiladi.
Sanab o‘tilgan shaxslardan voyaga yetmaganlar gumon qilinuvchini va ayblanuvchini (sudlanuvchi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan va chaqirtirilgan guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillarini so‘roq qilishga doir maxsus qoidalar alohida mavzularda (darslik boblarida) ko‘rib chiqiladi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish