Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet130/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

7.11. Olib qo‘yish va tintuv
(Muallif – U.T.Turg‘unov)

Tintuv – shaxsni, xonalarni, tintuv qilinayotgan shaxs va uning oila a’zolari yoki tashkilot ixtiyorida bo’lgan xona va turar joylarni, ochiq joylarni majburiy tekshirishdan iborat.

Tintuv o‘tkazishning maqsadi (tor ma’noda) – jinoyatdan qolgan qurollar, predmetlar, jinoyat yo‘li bilan topilgan qimmatbaho narsalar, ish bo‘yicha ahamiyatga ega boshqa predmet va hujjatlar, jinoyat yo‘li bilan topilgan qimmatbaho narsalar, ish bo‘yicha ahamiyatga ega boshqa predmet va hujjatlar, shuningdek qidiruvda bo‘lgan shaxslar, murda yoki uning qismlarini, garovga olingan va olib qochilgan shaxsni topishdan iboratdir.


Tintuvning maqsadi (keng ma’noda) 1) ish yuzasidan ashyoviy dalil ahamiyatiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlarni topish va olib qo‘yish; 2) jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi va ayblanuvchi shaxslarni topish va ushlash; 3) berkitilgan murda yoki uning bo‘laklarini topish va ularni topilgan joydan olib qo‘yish; 4) jinoiy yo‘l bilan orttirilgan yoki xatlanishi lozim bo‘lgan mol-mulk va qimmatbaho narsalarni topish va olib qo‘yish, jinoyat tufayli yetkazilgan zararning qoplanishini taminlash.

Olib qo’yish – bu mustaqil tergov harakati bo’lib, ish uchun ahamiyatli bo’lgan ashyo va hujjatlarning aynan kimda va qayerda ekanligi ma’lum holatdagina surishtiruvchi, tergovchi, sudya va sud tomonidan o’tkazilishi mumkin.

Jinoyat-protsessual kodeksining 157-moddasiga muvofiq olib qo‘yish ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyo va hujjatlarning aniq saqlanish joyi va aynan qaysi shaxsnikida ushbu ashyo va hujjatlar saqlayotganligi aniqlangandan so‘ng o‘tkaziladi.


Olib qo‘yish tergov harakatini jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan oldin ham keyin ham amalga oshirish mumkin. Odatda olib qo‘yish ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladi, lekin agar zarur bo‘lib qolsa bu tergov harakati majburiy ravishda ham o‘tkazilishi mumkin.
Olib qo‘yish ko‘pincha muassasalar va tashkilotlarda ashyo va hujjatlarni olib qo‘yishda o‘tkaziladi. Olib qo‘yiladigan hujjatni olishdan avval aynan shu hujjat bilan bo‘lgan boshqa hujjatlar ham ko‘zdan kechirilib olib qo‘yilishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksining 158-moddasiga muvofiq jinoyat ish bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan jinoyat qurollari, jinoiy yo‘l bilan topilgan predmetlar va hujjatlar, qimmatbaho narsalar biron shaxsda yoki biron joyda saqlanishi ma’lum bo‘lsa yoki bu to‘g‘rida biror gumon paydo bo‘lsa, bu tintuv harakatini o‘tkazish uchun asos bo‘la oladi.
Tintuv asosan ish bo‘yicha daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan predmetlarni, hujjatlarni aniqlash (topish) va olish; qidiruvda bo‘lgan shaxslarning topib ularni ushlab olish yoki shu shaxslarni qayerda yashirinib yurishini ko‘rsatuvchi materiallarni aniqlab topish va olish; ahamiyatli bo‘lgan moddiy mablag‘larni (pullar, qimmatbaho narsalar, aksiyalar, qimmatbaho metallar va toshlarni) aniqlab topish va olish; kelgusida musodarani ta’minlovchi yoki jinoyatdan ko‘rilgan zararni qoplovchi mulkni topish va uni xatlab qo‘yish maqsadida o‘tkaziladi.
Tintuv o‘tkazish uchun qidiriladigan obyektning aniq saqlanayotgan joyini bilish talab qilinmaydi va bu holat uni olib qo‘yishdan ajratadi. Tintuv o‘tkazishdan avval, u haqda qaror qabul qilishdan avval, ish bo‘yicha yig‘ilgan faktik ma’lumotlar baholanishi va tahlil etilishi lozim. Tintuv murdani qidirishda ham o‘tkazilishi mumkin.
Tintuv o‘tkazish uchun surishtiruvchi, tergovchi tintuv to‘g‘risida qaror chiqaradi va bu qarorga prokuror o‘z ruxsatini qayd etadi, yoki prokuror muovini uning o‘rniga ruxsat berishi mumkin.
Tintuv kechiktirib bo‘lmas tergov harakati bo‘lib jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng tegishli tergov holati taqozo etadigan bo‘lsa, vaqtning har qanday jarayonida o‘tkazilishi mumkin.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish